Alieva Anna Valer`evnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 ning o‘tkir va COVIDdan keyingi davrda giperglikemik holatlar va qandli diabet» 14.00.03 –Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib734.
Ilmiy rahbar: [Ismailov Saydiganihodja Ibragimovich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rahimova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 ning o‘tkir davrida va COVIDdan keyingi davrda giperglikemik holatlar va qandli diabetni tashhislash, oldini olish va davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID -19 infeksiyasidan keyin bemorlarni 7,94% da qandli diabetning paydo bo‘lishi, shuningdek, 2-tur diabetning 15,19% hamda 1-tur diabetning 4,24% aniqlanganligi va yangi olingan ma’lumotlar diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun koronavirus infeksiyasi yuqori xavf ekanligi aniqlangan;
ilk bor koronavirus infeksiyasidan keyin diabet aniqlangan bemorlarda kasallikning patogenezida rol` o‘ynaydigan glutamatdekarboksilazaga nisbatan antijismlar darajasining oshishi aniqlangan;
COVIDdan keyingi davrda QD bilan kasallangan bemorlarda asoratlar rivojlanishida qon-tomir adgeziya molekulalarining tutgan o‘rni asoslangan;
2-turdagi QD bilan kasallangan bemorlarda qand miqdorini tushiruvchi vositalarning qiyosiy samaradorligi va ularning COVID-19ning kechishi, prognozi va natijalariga ta’siri aniqlangan;
COVID-19 og‘ir kechgan bemorlarda autoimmun endokrinopatiyalar va qon-tomir asoratlarining rivojlanishi nuqtai nazaridan glyukokortikoidlarning himoya ta’siri aniqlangan;
COVID-19 pandemiyasi holatida qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni erta tashhislash, davolash, monitoring qilish va ko‘rikdan o‘tkazish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 18 iyuldagi 27-son xulosasiga ko‘ra:
COVID-19 infeksiyasidan keyin bemorlarni 7,94% da qandli diabetning paydo bo‘lishi, shuningdek, 2-tur diabetning 15,19% hamda 1-tur diabetning 4,24% aniqlanganligi va yangi olingan ma’lumotlar diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun koronavirus infeksiyasining yuqori xavfini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 30.12.2022 yildagi 84-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.01.2023 yildagi 5-Iª sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, koronavirus davrida qandli diabetni erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilash imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda qandli diabetning yangi xolatlari rivojlanishiga extiyot bo‘lish kasallikka erta tashxis qo‘yish imkonini beradi va koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda diabetni davolashni o‘z vaqtida boshlash uning asoratlarini davolash va mexnatga layoqatli yoshda erta o‘limni, shuningdek nogironlik ko‘rsatkichlarini bevosita pasayish shaklida uzoq muddatli iqtisodiy foyda keltiradi.  Xulosa: Qandli diabetni asoratsiz davolash uchun oyiga o‘rtacha 1 million 200 ming so‘m mablag‘ talab qilinsa, qandli diabet asoratlarini davolashda kasalxonaga yotqizishni xisobga olgan xolda 10 million so‘mga yaqin mablag‘ talab qilinadi, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilgan xolda qandli diabetni asoratlarini kamaytirish va oldini olish davlat mablag‘laridan 8-9 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 ning o‘tkir va COVIDdan keyingi davrida giperglikemik holat va qandli diabet» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining  2022 yil 22 sentyabrdagi  01-06/842-sonli xat yuborilgan.
Ilk bor koronavirus infeksiyasidan keyin diabet aniqlangan bemorlarda kasallikning patogenezida rol` o‘ynaydigan glutamatdekarboksilazaga nisbatan antijismlar darajasining oshishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 30.12.2022 yildagi 84-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.01.2023 yildagi 5-Iª sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: glutamatdekarboksilazaga antijismlarning darajasiga qarab taktikani tanlash bilan diabetni o‘z vaqtida patogenetik davolashni boshlash glikemiyaning maqsadli darajasiga tez erishishga yordam beradi, diabetning asoratlari rivojlanish xavfini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19dan keyin paydo bo‘lgan qandli diabetni patogenetik mexanizmini hisobga olib davolash bemorlarning kasalxonaga yotqizish va nogironlik muddatini qisqartish orqali iqtisodiy samaradorlikni keltirib chiqaradi. Xulosa: Qandli diabetni asoratsiz davolash uchun oyiga o‘rtacha 1 million 200 ming so‘m mablag‘ talab qilinsa, qandli diabet asoratlarini davolashda kasalxonaga yotqizishni xisobga olgan xolda 10 million so‘mga yaqin mablag‘ talab qilinadi, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilgan xolda qandli diabetni asoratlarini kamaytirish va oldini olish davlat mablag‘laridan 8-9 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 ning o‘tkir va COVIDdan keyingi davrida giperglikemik holat va qandli diabet» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining  2022 yil 22 sentyabrdagi  01-06/842 -sonli xat yuborilgan.
COVIDdan keyingi davrda QD bilan kasallangan bemorlarda asoratlar rivojlanishida qon tomir adgeziya molekulalarining tutgan o‘rni asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali 17.05.2023 yildagi 110-sonli buyruq hamda Toshkent viloyat endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 20.05.2023 yildagi 22/1 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 dan keyin asoratlar rivojlanishining oldini olish maqsadli nazorat ko‘rsatkichlarini tez erishishga yordam beradi, diabetning asoratlari rivojlanish xavfini kamaytiradi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qandli diabetga chalingan bemorlarda COVID-19dan keyin endotelial disfunksiyani davolash va asoratlar rivojlanishining oldini olish bemorlarning kasalxonaga yotqizish va nogironlik muddatini qisqartish orqali iqtisodiy samaradorlikga erishiladi. Xulosa: Qandli diabetni asoratsiz davolash uchun oyiga o‘rtacha 1 million 200 ming so‘m mablag‘ talab qilinsa, qandli diabet asoratlarini davolashda kasalxonaga yotqizishni xisobga olgan xolda 10 million so‘mga yaqin mablag‘ talab qilinadi, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilgan xolda qandli diabetni asoratlarini kamaytirish va oldini olish davlat mablag‘laridan 8-9 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «COVID-19 ning o‘tkir va COVIDdan keyingi davrida giperglikemik holat va qandli diabet» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining  2022 yil 22 sentyabrdagi  01-06/842 -sonli xat yuborilgan.
2-turdagi QD bilan kasallangan bemorlarda qand miqdorini tushiruvchi vositalarning qiyosiy samaradorligi va ularning COVID-19ning kechishi, prognozi va natijalariga ta’siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 30.12.2022 yildagi 84-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.01.2023 yildagi 5-Iª sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Insulinterapiyada bo‘lgan QD 2 tur bemorlarda tez-tez glikemiya nazorati o‘z vaqtida insulin korreksiyasi va peshob tarkibida keton tanachalari mavjudligini nazorat qilish samara bergan; peroral gipoglikemik preparat kabul kiluvchi bemorlarda, agar koronavirusning engil kechishi bo‘lsa terapiyani korreksiyasi talab etilmagan, ammo ich ketishi, kungil aynish, qayd qilishda 2-tur natriy-glyukoza kotransporter vositalaridan voz kechish, shuningdek gipoglikemiya xavfini oldini olish maksadida sulfonilmochevina xosilalari preparatlari dozasini nazorat qilish tavsiya etilgan; koronavirus infeksiyasining o‘rta og‘ir va og‘ir kechishida QD 2-tur bemorlar majburiy ravishda kasalxonaga yotqizishni va insulin terapiyasiga o‘tishni talab qilgan. Shu bilan birga tabletka ko‘rinishidagi gipoglikemik vositalar va 1-tur glyukagonga o‘xshagan peptidning reseptor agonistlarini vaqtinchalik tuxtatish tavsiya etilgani davolanish sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan. Metformin va 4-tur dipeptidil peptidaza ingibitorlarining COVID-19 tufayli bemorlarni kasalxonaga yotqizish xavfiga ehtimoliy himoya ta’siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: algoritmlarga amal qilish koronavirus infeksiyasi tufayli kelib chiqqan asoratlar va o‘lim rivojlanishining oldini oladi, bu esa mexnatga layoqatli davrdagi erta o‘lim xolatlarini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni keltirib chiqaradi. Xulosa: Qandli diabetni asoratsiz davolash uchun oyiga o‘rtacha 1 million 200 ming so‘m mablag‘ talab qilinsa, qandli diabet asoratlarini davolashda kasalxonaga yotqizishni xisobga olgan xolda 10 million so‘mga yaqin mablag‘ talab qilinadi, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilgan xolda qandli diabetni asoratlarini kamaytirish va oldini olish davlat mablag‘laridan 8-9 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 ning o‘tkir va COVIDdan keyingi davrida giperglikemik holat va qandli diabet» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining  2022 yil 22 sentyabrdagi  01-06/842 -sonli xat yuborilgan.
COVID-19 og‘ir kechgan bemorlarda autoimmun endokrinopatiyalar va qon tomir asoratlarining rivojlanishi nuqtai nazaridan glyukokortikoidlarning himoya ta’siri aniqlangan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 30.12.2022 yildagi 84-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.01.2023 yildagi 5-Iª sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  COVID-19 ning o‘tkir davrida va undan keyin 3-15 oy davomida glyukokortikoidlar bilan davolangan hamda qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda oshqozon osti bezi tarkibiy qismlariga nisbatan antijismlarning past darajasi (glutamatdekarboksilazaga antijismlar 70,45±316,83 Ed/ml vs 6,39±25,41 Ed/ml, p=0,02; oshqozon osti bezi orolchalariga antijismlar 3,67 ±7,56 ng/ml vs 1,56±5,12 ng/ml, p=0,04; insulinga antijismlar 5,75±11,46 Ed/ml vs 3,47±3,12 Ed/ml, p=0,04) gormon infeksiyaning o‘tkir davrida autoimmun kasalliklarga nisbatan qo‘llanilganda ularning ehtimoliy himoya ta’siri haqida faraz qilishga imkon beradi; COVID-19 ni davolashda deksametazon olgan bemorlarda 1-tur qon tomir hujayralari adgeziya molekulalarining nisbatan past darajasi (657,78±480,50 ng/ml vs 423,75±347,56 ng/ml, p<0,001) ularda uzoq kelajakda endotelial disfunksiya xavfi past bo‘ladi deb taxmin qilishga asos bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: algoritmlarga amal qilish koronavirus infeksiyasi tufayli kelib chiqqan asoratlar va o‘lim rivojlanishining oldini oladi, bu esa mexgatga layoqatli davrdagi erta o‘lim xolatlarini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni keltirib chiqaradi.  Xulosa: Qandli diabetni asoratsiz davolash uchun oyiga o‘rtacha 1 million 200 ming so‘m mablag‘ talab qilinsa, qandli diabet asoratlarini davolashda kasalxonaga yotqizishni xisobga olgan xolda 10 million so‘mga yaqin mablag‘ talab qilinadi, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilgan xolda qandli diabetni asoratlarini kamaytirish va oldini olish davlat mablag‘laridan 8-9 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 ning o‘tkir va COVIDdan keyingi davrida giperglikemik holat va qandli diabet» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining  2022 yil 22 sentyabrdagi  01-06/842 -sonli xat yuborilgan.
COVID-19 pandemiyasi holatida qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni erta tashhislash, davolash, monitoring qilish va ko‘rikdan o‘tkazish algoritmlari ishlab chiqilgan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali 17.05.2023 yildagi 110-sonli buyruq hamda Toshkent viloyat endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 20.05.2023 yildagi 22/1 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  COVID-19 davrida va COVID-19 dan keyin diabet bilan kasallangan bemorlarni davolash, hamda COVID-19 dan keyin diabet bo‘lmagan bemorlarni nazorat qilish va davolanish diabetning og‘ir asoratlari rivojlanishining oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: algoritmlarga amal qilish koronavirus infeksiyasi tufayli kelib chiqqan asoratlar va o‘lim rivojlanishining oldini oladi, bu esa mexgatga layoqatli davrdagi erta o‘lim xolatlarini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni keltirib chiqaradi. Xulosa: Qandli diabetni asoratsiz davolash uchun oyiga o‘rtacha 1 million 200 ming so‘m mablag‘ talab qilinsa, qandli diabet asoratlarini davolashda kasalxonaga yotqizishni xisobga olgan xolda 10 million so‘mga yaqin mablag‘ talab qilinadi, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilgan xolda qandli diabetni asoratlarini kamaytirish va oldini olish davlat mablag‘laridan 8-9 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 ning o‘tkir va COVIDdan keyingi davrida giperglikemik holat va qandli diabet» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining  2022 yil 22 sentyabrdagi  01-06/842 -sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish