Tulyaganov Babir Sabirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.) o‘simligini farmako-toksikologik baholash», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1210
Ilmiy rahbar: Tulyaganov Rustam Tursunovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Pulatova Nargiza Ixsanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aminov Saloxiddin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalar kimyosi instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.) o‘simligini er ustki qismidan olingan quruq ekstraktning adaptogenlik faolligini va farmako-toksikologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.) o‘simligi quruq ekstrakti tajribada eksperimental qo‘llanganda adaptogen xususiyatga ega ekanligi isbotlangan;
er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.) o‘simligi quruq ekstraktini og‘iz orqali tajribadagi xayvonlarga yuborilganda jismoniy yuklama ta’sirida charchoqning rivojlanish davrini qisqarishi aniqlangan;
eksperimental xayvonlar modellarida, ularni normobarik va gemik gipoksiya ta’sirlariga chidamliligini oshirishi isbotlangan;
immobilizatsiya stress modelida adaptogen faollik ta’sirini qiyosiy baholash natijasida er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.) o‘simligi quruq ekstraktining terapevtik ta’sir doirasining ustuvorligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent farmatsevtika institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 15sentyabrdagi 01/001-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.) o‘simligini quruq ekstraktni adaptogen xususiyatlari mavjudligi va samaradorlik darajasi baxolangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari tajribada “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi”ning 2023 yil 14 iyundagi 27-sonli buyrug‘i hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutning 23.06.2023 yildagi 17-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jismoniy va aqliy zo‘riqishlar asosli kasalliklarni maxalliy xom ashyodan ishlab chiqilgan preparat bilan samarali davolash imkoniyatini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) dorivor o‘simligidan olingan quruq ekstrakt kapsula ko‘rinishida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan va uning qiymati 1 ta qadoq (60 ta kapsula) uchun 90000 so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda bozordagi eng arzon tribestan narxi 259700 so‘m ekanligini inobatga olinsa, xar bir bemor uchun 169700 so‘mni, 100 ta bemor uchun 16970000 so‘m tejalishiga erishiladi. Bu esa bir paytning o‘zida antigipoksant ta’sirga ega bo‘lgan adaptogen dori vositalarini assortimentini kengaytirishga imkon yaratadi. Xulosa: 2021 yilda Respublikaga import bo‘lgan birgina tribestan dori vositasini xajmi 28434000 AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa, ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) o‘simligini farmako-toksikologik baholash» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent farmatsevtika institutining 2022 yil 16 fevraldagi 03/211-sonli xati yuborilgan.
Ikkinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.) o‘simligini quruq ekstraktini og‘iz orqali tajribadagi laboratoriya hayvonlariga yuborilganda jismoniy yuklama ta’sirida charchoqning rivojlanish davrini qisqarishi samarali ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari tajribada “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi”ning 2023 yil 14 iyundagi 27-sonli buyrug‘i hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutning 23.06.2023 yildagi 17-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) o‘simligini quruq ekstraktini og‘iz orqali yuborilganda, laboratoriya hayvonlarini basseynda suzish vaqti oshib, umumiy jismoniy chidamlilik samarasi, yuborilgan dozalarga mos ravishda nazorat guruhiga nisbatan 40% dan 72% gacha oshganligi kuzatilgan. Solishtirma tartibda olingan eleuterokokk preparatida, ish qobiliyatining o‘sishi, o‘rganilayotgan quruq ekstrakt kabi ekanligi aniqlanilgan. Er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) o‘simligini quruq ekstraktini profilaktika maqsadida 7 kun davomida takroriy qo‘llash bilan o‘tkazilgan tajribalar seriyasida, yuborilgan dozalar kesimida, nazorat guruh laboratoriya hayvonlariga nisbatan basseynda suzish davomiyligi 48% dan 80% gacha oshib, umumiy jismoniy chidamlilik sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan taktik samaradorligi amaldagi adaptogen vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Xulosa: 2021 yilda respublikaga import bo‘lgan adaptogen farmako-terapevtik guruxga kiruvchi eleuterokokk dori vositasining hajmi 14.535 .000 AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan) ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) o‘simligini farmako-toksikologik baholash» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent farmatsevtika institutining 2022 yil 16 fevraldagi 03/211-sonli xati yuborilgan.
Uchinchi ilmiy yangilik: organizmdagi to‘qimalarda kislorod etishmovchiligi natijasida o‘lim holati yuzaga kelishi mumkin. Er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) o‘simligini quruq ekstraktini og‘iz orqali tajribadagi laboratoriya hayvonlariga yuborilganda, ularni normobolik va gemik gipoksiya ta’sirlariga chidamliligini oshirishi bilan izohlab berilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari tajribada “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi”ning 2023 yil 14 iyundagi 27-sonli buyrug‘i hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutning 23.06.2023 yildagi 17-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) o‘simligini quruq ekstraktini oq sichqonlarga 100 mg/kg yoki 150 mg/kg dozada yuborish natijasida, ularning gipoksiya sharoitida hayot davomiyligini 1,3 barobariga oshirgan. Solishtirma tartibda olingan tribestan preparati esa tajribadagi laboratoriya hayvonlarini gipoksiya sharoitida hayot davomiyligini, o‘rganilayotgan quruq ekstrakt kabi oshirishligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ushbu er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) dorivor o‘simligidan olingan quruq ekstrakt kapsula ko‘rinishida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan va uning qiymati 1 ta qadoq (60 ta kapsula) uchun 90000 so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda bozordagi eng arzon tribestan narxi 259700 so‘m ekanligini inobatga olinsa, xar bir bemor uchun 169700 so‘mni, 100 ta bemor uchun 16970000 so‘m tejalishiga erishiladi. Bu esa bir paytning o‘zida antigipoksant ta’sirga ega bo‘lgan adaptogen dori vositalarini assortimentini kengaytirishga xizmat qiladi. Xulosa: 2021 yilda Respublikaga import bo‘lgan birgina tribestan dori vositasini xajmi 28434000 AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa, ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) o‘simligini farmako-toksikologik baholash» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent farmatsevtika institutining 2022 yil 16 fevraldagi 03/211-sonli xati yuborilgan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.) o‘simligidan olingan quruq ekstraktni immobilizatsiya stressi modelida klassik adaptogen dori vositasi bilan qiyosiy aniqlangan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari tajribada “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi”ning 2023 yil 14 iyundagi 27-sonli buyrug‘i hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutning 23.06.2023 yildagi 17-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jismoniy va aqliy zo‘riqishlar asosli kasalliklarni oldini olish va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ushbu er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) dorivor o‘simligidan olingan quruq ekstrakt kapsula ko‘rinishida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan va uning qiymati 1 ta qadoq (60 ta kapsula) uchun 90000 so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Xozirda bozordagi eng arzon tribestan narxi 259700 so‘m ekanligini inobatga olinsa, xar bir bemor uchun 169700 so‘mni, 100 ta bemor uchun 16970000 so‘m tejalishiga erishiladi. Taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan taktik samaradorligi amaldagi adaptogen vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Xulosa: 2021 yilda Respublikaga import bo‘lgan birgina tribestan dori vositasini xajmi 28434000 AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa, ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlovchi temirtikan (Tribulus terrestris L.,) o‘simligini farmako-toksikologik baholash» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent farmatsevtika institutining 2022 yil 16 fevraldagi 03/211-sonli xati yuborilgan.