Mo‘minov Soxibjan Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Noravshan muhitda o‘zaro diffuziya masalalarini sonli modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3286.
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Muxamedieva Dildora Kabilovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Sobirjon Sattorovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Boltibaev Shuxratjon Komiljanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parabolik tipdagi nochiziqli xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasi bilan ifodalanuvchi o‘zaro diffuziya masalalarining chiziqsiz matematik modellarini sonli va analitik tarzda o‘rganish, hududlarda namlik va tuz-chang ko‘chishi holatlarini monitoring qilish va bashoratlash uchun matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuani ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
namlik va tuz-chang ko‘chishi diffuziyasi jarayonini ifodalovchi chiziqsiz matematik model ishlab chiqilgan;
o‘zaro diffuziya masalalarini ifodalovchi parabolik turdagi nochiziqli differensial tenglamalar sistemasi uchun avtomodel echimlar qurilgan;
o‘zaro diffuziya masalalarining echimlari uchun muhit parametrlari, fazoning o‘lchamlariga ko‘ra baholashlar olingan;
noravshan muhitdagi o‘zaro diffuziya masalalarining echimlari uchun muhit parametrlari, fazoning o‘lchamlariga ko‘ra baholashlar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zaro diffuziya masalalarini sonli modellashtirish-monitoring qilish va bashoratlashning matematik modellari, hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuasi asosida:
Muhit parametrlari berilgan holda o‘zaro diffuziya jarayonlarini, hususan namlikni hisobga olgan holda tuz va chang ko‘chishini, tuz va chang ko‘chishini hisobga olgan holda namlik o‘zgarishini jarayonlarini monitoring qilish va bashoratlash, o‘zaro diffuziya masalalarini ifodalovchi nochiziqli differensial tenglamalar sistemasi uchun qurilgan avtomodel echimlar va ularning xossalaridan, yaratilgan dasturiy ta’minot sonli natijalaridan Rossiya federatsiyasi Udmurtiya davlat universitetining Matematika, axborot texnologiyalari va fizika institutida Grant RFFI 20-01-00293 sonli loyiha doirasida foydalanilgan (Udmurtiya davlat universitetining 2023-yil 21-apreldagi №7873-3981/32 ma’lumotnomasi). O‘zaro diffuziya masalalarini ifodalovchi parabolik turdagi nochiziqli differensial tenglamalar sistemasi uchun qurilgan avtomodel echimlar asosida namlik va tuz-chang ko‘chishi diffuziyasi jarayonini ifodalovchi chiziqsiz matematik modelning boshlang‘ich echimlaridan, o‘zaro diffuziya masalalarining ikkinchi tartibli nochiziqli tenglamaga mos keladigan echim uchun taklif qilingan va asoslangan baholash metodlaridan, masalani sonli echishda dastlabki yaqinlashtirish masalasini iteratsion hal qilish algoritmlaridan 2017-2020 yillarda bajarilgan BV-Atex-2018(399+487) raqamli “Ikki komponentli muhitda diffuzion jarayonlarni sonli modellashtirish uchun amaliy dasturlar paketini yaratish (Sozdanie trexmernoy modeli gidrologicheskix protsessov i paketa prelojeniy dlya chislennogo modelirovaniya diffuzionnix protsessov v dvuxkomponentnix sredax)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining 2023-yil 29-avgustdagi № 01-338/23 ma’lumotnomasi).