Shukurova Marhabo Eshoqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘ovak muhitlarda ikki fazali neft-gaz tizimi uchun filtratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2842
Ilmiy rahbar: Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodov Abdulxamid Erkinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Muxamadiev Abdivali Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zaro dinamik aloqaga ega g‘ovak muhitli qatlamlarda neft va gazlarning birgalikdagi nostatsionar filtratsiya jarayonini matematik modellashtirish, hisoblash algoritmlarini ishlab chiqish va tajriba natijalarini grafik ko‘rinishlarda vizuallashtiruvchi dasturiy majmuani yaratishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘ovak muhitda ikki fazali neft-gaz tizimining qatlam bosimi va o‘tkazuvchanlik koeffisientini hisobga olgan holda nostatsionar filtratsiya jarayonining bir va ikki o‘lchovli matematik modeli ishlab chiqilgan;
g‘ovak muhitda neft-gaz birgalikdagi filtratsiya masalasi o‘zgaruvchan yo‘nalishlar usulidan foydalangan holda sonli modellashtirilgan va echish algoritmi ishlab chiqilgan;
ko‘p qatlamli o‘zaro dinamik aloqadagi sust o‘tkazuvchan qatlam bilan bog‘langan g‘ovak muhitlarda ikki fazali neft-gaz tizimi uchun nostatsionar filtratsiya jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
o‘zaro dinamik bog‘langan g‘ovak muhitli qatlamlarda ikki fazali neft-gaz tizimi uchun qurilgan chegaraviy masalani echishning chekli ayirmalar usuli yordamida sonli model va algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: G‘ovak muhitlarda ikki fazali neft-gaz tizimi uchun filtratsiya jarayonlarini masalalarini echishning chekli-ayirmalar usuliga asoslangan holda aniq va samarali hisoblash algoritmlari hamda yaratilgan dasturiy majmua asosida:
g‘ovak muhitda neft va gazning ikki o‘lchamli chegaraviy masalalarini yechish va hisoblashning yangi «Gaz konlarini o‘zlashtirishda ikki fazali filtratsiya jarayoni asosiy ko‘rsatgichlarini hisoblash dasturiy majmui» «GISSARNEFTGAZ» MChJga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 25 maydagi 33-8/3508-sonli ma’lumotnomasi). Natijada asosiy ko‘rsatkichlarni hisoblashdagi o‘zgarishlarni real vaqtda 3D grafik ko‘rinishlarda kuzatish imkoniyati yaratildi, olingan natijalarning aniqligi va ishonchliligi oshdi va gaz konlarida joriy etishdan kutilyotgan samara 5-6% unumdorlikni tashkil etishi va quduqlarning tannarxi 8% gacha pasayishga erishish imkonini bergan;
G‘ovak muhitda neft va gazning ikki o‘lchamli chegaraviy masalalarini yechish va hisoblashning yangi «Gaz konlarini o‘zlashtirishda ikki fazali filtratsiya jarayoni asosiy ko‘rsatgichlarini hisoblash dasturiy majmui» ni «Koson neft gaz kidiruv ekspedisiyasi» MChJga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 25 maydagi 33-8/3508-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy ko‘rsatkichlarni hisoblashdagi o‘zgarishlarni real vaqtda 3D grafik ko‘rinishlarda kuzatish imkoniyati yaratildi, olingan natijalarning aniqligi va ishonchliligi oshdi va gaz konlarida joriy etishdan kutilyotgan samara 5-6% unumdorlikni tashkil etishi va quduqlarning tannarxi 8% gacha pasayishga erishish imkonini bergan.