Alimova Dilnoza Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I .Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «YuIK bor 2-tur qandli diabetli bemorlarda qand miqdorini pasaytiruvchi yangi guruh preparatlari qo‘llanilishining kardioprotektiv samaralari» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PHD/Tib2408.
Ilmiy rahbar: Trigulova Raisa Xusainovna tibbiyot fanlari doktori. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01 raqamli kengash.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: YuIK hamda 2-tur QD bilan og‘rigan bemorlarda, HbA1c traektoriyalarining noxush hodisalarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari bilan aloqadorligini, shuningdek, antigiperglikemik dori vositalarning kardioprotektiv xavfsizligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor YuIK, 2-tur QD bilan og‘rigan bemorlarda qabul qilingan antigiperglikemik terapiyaga qarab HbA1s darajalarining taqsimlanishni tuzilishi, uning tarektoriyasini dinamikada (24 oy) hamda postprandial glikemiya, gipertrigliseridemiya, NTproBNP va S reaktiv  ko‘rsatkichlarni  tahlil qilish bilan aniqlangan;
YuIK bor 2-tur QD bilan og‘rigan ChQ saqlangan qon otish fraksiyasiga ega bo‘lgan bemorlarda kasallikning nojo‘ya kechishi belgilari matematik tahlil qilish orqali baholangan va bu bemorlarda havf strafikatsiyasiga ta’sir qiluvchi xavf omillarining yuqori prognostik ahamiyati aniqlangan;
YuIK va 2-tur QD bilan og‘rigan ChQ qon otish fraksiyasi saqlangan bemorlarda HbA1c>8 darajasining miqdorining oshishi bilan nojo‘ya asoratlar sonining ko‘payishi aniqlangan, shuningdek, NT proBNR, S-reaktiv oqsil va KFT yuqori ko‘rsatkichga ega bemorlarda, bu asoratlarning yuqori ekanligi aniqlangan;   
ilk bor YuIK va 2-tur QD bilan og‘rigan  ChQ  qon otish fraksiyasi saqlangan HbA1c darajasi nazoratda bo‘lgan bemorlarda, DAB aniq korreksiyaga ega, lipid almashinuvi buzilishlari (TG va MI) hamda diastolik funksiyani tavsiflaydigan parametrlarda metformin guruhiga nisbatan, pozitiv dinamika inkretin guruhida (sitagliptin va liraglutid) metabolik va klinik samaradorligi o‘rtasida yaxshi natijaga erishilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2022 yil 24 oktyabrdagi 8p-z/573-son xulosasi asosida (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIKIATM 2022 yil 17 oktyabrdagi 151-sonli xati yuborilgan):
Birinchi ilmiy yangilik mohiyati: YuIK va 2 tur QD  bilan kechayotgan bemorlarida HbA1s traektoriyalarining taqsimlanish tuzilmasi tahlil qilindi, muayyan parametrlarning o‘tkazilayotgan antigiperglikemik terapiya fonida maqsadli darajalarga erishishda qo‘shadigan hissasi aniqlandi. Ilmiy yangilik ahamiyati: olingan ilmiy yangiliklarni amaliyotga tadbiq qilish, tayinlangan bazaviy terapiyaning samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy parametrlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda baholash maqsadli darajalarga turli antigiperglikemik terapiyadan kelib chiqib erishishda yordam beradi, bu esa bemorlar turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. ("YuIK, GK va qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda ikki yillik o‘lim xavfini prognoz qilish. DGU 18192” 2022y) uchun foydalaniladigan elektron dastur). Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 28.07.2023 yildagi № 42 xamda Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 30.12.2021 yildagi №219 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Shifokorlarning glikirlangan gemoglobin traektoriyalari va uning maqsadli darajalarga erishishga ta’sir ko‘rsatadigan turli xavf omillari bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish; shuningdek, bemorlarda parhezga amal qilish va glikemiyaning lipid profili, bemorlarning SRO va miya natriyuretik peptidi bilan bog‘liq postprandial daraja parametrlari ustidan o‘z vaqtida nazorat o‘rnatish bo‘yicha bilimlarini oshirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi: qon otish fraksiyasi saqlangan, QD 2 bilan kechadigan YuIK bemorlarida inkretinlar yordamida  glikirlangan gemoglobinning maqsadli darajalariga erishish kasallikning uzoq muddatli remissiyasi hamda yurak-qon tomir asoratlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa dori vositalari xarid qilish, laboratoriya-instrumental tadqiqot usullari va tekshiruvlar o‘tkazishda ishtirok etadigan tor doiradagi mutaxassislar konsul`tatsiyasiga sarflanadigan xarajatlarni iqtisod qiladi. O‘rtacha 700.000 so‘m tejaladi.  Xulosa: yangi davolash usulini amaliyotga kiritish har bir bemordan 700 ming so‘mdan byudjet mablag‘larini tejashga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “YuIK, GK va qandli diabetning 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda ikki yillik o‘lim xavfini prognoz qilish. DGU 18192 kal`kulyatoridan foydalanishni optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 17.10.2022 yilda 151-IK sonli  xat yuborilgan.
Ikkinchi ilmiy yangilik mohiyati: tadqiq qilingan belgilarning ma’lumotga boyligi masalasini matematik tahlil yordamida o‘rganish ularning ChQ OF saqlangan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlarida xavf-stratifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanini asoslab berdi. Ilmiy yangilik ahamiyati noxush hodisalar (miokard infarkti, takroran shifoxonaga yotqizish,  aorto-koronar shuntlash, o‘lim) rivojlanishining oldini olish, o‘tkazilayotgan bazaviy terapiya samaradorligini baholash imkoniyatida ifodalanadi. Qo‘yilgan asosiy tashxisning og‘ir oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha ekspert usulidan foydalanish tavsiya etildi (“YuIK, GK va qandli diabetning 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda ikki yillik o‘lim xavfini prognoz qilish” DGU 18192. Sana 26.07.2022). Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 28.07.2023 yildagi № 42 xamda Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 30.12.2021 yildagi №219 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi quyidagilarda ifodalanadi: yaratilgan kal`kulyatorni uning yuqori prognostik ahamiyatini inobatga olgan holda qo‘llashning muhimligi  va samaradorligi, undan OF saqlangan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlarida kuzatuvning turli davrlarida foydalanish natijalari bilan tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi: bemorlarda kardiologik asoratlar rivojlanishini prognozlash va aniqlash uchun  umumlashtirilgan yagona algoritmdan foydalanish ortiqcha harakat va harajatlarni qisqartiradi. Laboratoriya-instrumental tashxislash algoritmini qo‘llash dori vositalardan maqsadsiz foydalanishning bartaraf etilishi va statsionarda o‘tkaziladigan yotoq-kunlarning qisqarishiga olib keladi.  Bemorning shifoxonada yotadigan muddati qisqarishi ham dori vositalar narxining pasayishiga sabab bo‘ladi. Shifoxonada davolanish muddatining 10 kundan 8 kungacha qisqarishi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan har bir bemordan 1.260.000 so‘mdan tejash imkonini beradi. Xulosa: qon otish fraksiyasi saqlangan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlarida kal`kulyatordan  yurak-qon tomir asoratlari xavfini baholashda foydalanish, har bir bemordan 1.260.000 so‘mdan byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “YuIK, GK va qandli diabetning 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda ikki yillik o‘lim xavfini prognoz qilish. DGU 18192 kal`kulyatoridan foydalanishni optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 17.10.2022 yilda 151-IK sonli  xat yuborilgan.
Uchinchi ilmiy yangilik mohiyati: HbA1c>8 darajasining ko‘tarilishi natijasida noxush hodisalar rivojlanishi extimoli ham oshishi aniqlandi, bu esa OF saqlangan va NT proBNR, SRO va KFTh darajasining yuqoriligi hamda QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlarida chap qorincha diastolik disfunksiyasi va noxush prognozning kuchayib borishi hal qiluvchi va mustaqil prediktor sifatida ko‘riladi. Ilmiy innovatsiya ahamiyati: ilmiy innovatsiyaning amaliyotga tadbiq etilishi OF saqlangan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlariga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshiradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimining birinchi bo‘g‘iniga bemor holatining og‘irlashishi va ahvolining beqarorlashuvi oqibatida shifoxonaga yotqizilishi ehtimolini barvaqt aniqlashda ko‘maklashadi “YuIK, GK va qandli diabetning 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda ikki yillik o‘lim xavfini prognoz qilish. DGU 18192 kal`kulyatoridan foydalanishni optimallashtirish”. Sana: 26.07.2022). Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 28.07.2023 yildagi № 42 xamda Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 30.12.2021 yildagi №219 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy innovatsiyaning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi: YuIK, GK va qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik kechishi va o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasini inobatga olib, nafaqat metabolik profil`, balki diastolik funksiyalari buzilgan bemorlarni aniqlash uchun chegaraviy hisoblangan jihatlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratish lozim, zero, ular yurak etishmovchiligi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha namoyon bo‘ladi: fraksiya saqlangan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlariga inkretinlar tayinlanganda HbA1c ko‘rsatkichlarining maqsadli darajasiga erishish noxush prognostik yo‘l bilan aniqlangan metabolik markerlar ko‘lamining pasayishi, shuningdek, diastolik funksiyaning erta buzilishlari  bilan kechadi, bu esa shifokorlarning bemorlarni takroran yo‘qlashi hamda shifoxonaga yotqizishlar sonining kamayishiga olib keladi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi: yaratilgan usulni qo‘llash haydash fraksiyasi saqlanib qolgan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlarida yiliga o‘rtacha 3 mln 650 ming so‘m tejashga imkon beradi. Ilmiy innovatsiyalardan keng ko‘lamda foydalanish: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi RIKIATM direktori sog‘liqni saqlash Vazirligiga RIKIATM Toshkent mintaqaviy filiali tomonidan sog‘liqni saqlash tizimining boshqa muassasalarida “YuIK, GK va qandli diabetning 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda ikki yillik o‘lim xavfini prognoz qilish. DGU 18192 kal`kulyatoridan foydalanishni optimallashtirish” kal`kulyatoridan foydalanishni joriy qilish tadbirlari o‘tkazishni topshirdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “YuIK, GK va qandli diabetning 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda ikki yillik o‘lim xavfini prognoz qilish. DGU 18192 kal`kulyatoridan foydalanishni optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 17.10.2022 yilda 151-IK sonli  xat yuborilgan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik mohiyati: birinchi marta QD 2-turi bilan kechayotgan, OF saqlanib qolgan va HbA1c darajasi nazoratda bo‘lgan, DAB aniq nazoratgaga ega, lipid almashinuvi buzilishlari (TG va MI) hamda diastolik funksiyani tavsiflaydigan parametrlarda metforminga nisbatan olganda pozitiv dinamika kuzatilgan bemorlarda inkretinlarning (sitagliptin va liraglutid) metabolik va klinik samaradorligi o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlandi. Ilmiy innovatsiyaning ahamiyati: inkretinlar sinfiga kiradigan preparatlarni (DPP-4-i va GO‘P-a) oqilona tanlash maqsadida ChQ OF saqlangan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlarini kompleks tashxislash yordamida baholash, nafaqat bazaviy xususiyatlar, balki prognostik yondashuvlarning belgilangan chegaraviy jihatlarini inobatga olish tavsiya qilindi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 28.07.2023 yildagi № 42 xamda Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 30.12.2021 yildagi №219 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy innovatsiyaning ijtimoiy samaradorligi o‘tkazilgan tadqiqot va olingan natijalarning ilmiy ahamiyati, shuningdek, ChQ OF saqlangan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlarini boshqarish samaradorligi, dasturiy mahsulotdan foydalanish, inkretinlar sinfiga mansub yangi antigiperglikemik vositalar, xususan, sitagliptin/metformin va liraglutidning fiksatsiyalangan dozalarini qo‘llash orqali arterial bosim, lipid spektri ko‘rsatkichlari va diastolik disfunksiya parametlarining ijobiy dinamikasiga erishilganida namoyon bo‘ladi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi ChQ OF saqlangan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlariga inkretinlarni (sitagliptin yoki liraglutid) differensial tayinlashda ifodalanadi va bu HbA1c ko‘rsatkichlarining maqsadli darajalariga erishish va klinik holatning yaxshilanishi bilangina cheklanib qolmay, kasallikning noxush kechishidan darak beradigan muayyan metabolik va gemodinamik markerlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Yaratilgan kal`kulyator yordamida u yoki bu inkretinni oqilona tanlash bo‘yicha berilgan tavsiyalar o‘tkazilayotgan terapiyani optimallashtirish, pul mablag‘larini tejash, xususan, har bir bemorda 480.000 so‘mdan iqtisod qilish, ularning statsionarda davolanish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirish orqali 860.000 so‘mdan tejab qolishga imkon beradi. Rezyume: ChQ OF saqlangan, QD 2-turi bilan kechayotgan YuIK bemorlarida inkretin tanlashda tavsiya qilingan kal`kulyatordan foydalanishni optimallashtirish har bir bemordan o‘rtacha 1 340 000 so‘mdan tejab qolishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi “YuIK, GK va qandli diabetning 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda ikki yillik o‘lim xavfini prognoz qilish. DGU 18192 kal`kulyatoridan foydalanishni optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan 17.10.2022 yildagi №151 IK sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish