Kenjaev Suxrob Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « ST elevatsiyali o‘tkir koronar sindromda shifoxonagacha trombolizisning klinik va gemodinamik samaradorligi» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1159 Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lutfullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ST elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda shifoxonagacha trombolizisning kasallikning klinik kechishiga, chap qorinchaning funksional ko‘rsatkichlari, toj tomirlarining holatiga, remodellanish va diastolik faoliyatiga ta’sirini baholash orqali davolash strategiyalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba, respublikamizda ST segment elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan, miokard reperfuziyasi amalga oshirilgan bemorlarda shifoxonagacha trombolizisning chap qorincha miokardi holatiga ta’siri isbotlangan;
ST elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda shifoxonagacha trombolitik terapiyaning kasallik klinik kechishi va asoratlanishiga ta’siri aniqlangan;
klinik sharoitda ST elevatsiyali miokard infarktida ishemik postkondisionirlanishning shifoxonagacha trombolizis natijalariga ta’siri isbotlangan;
ilk bor, ST elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda shifoxonagacha trombolizis qo‘llash natijasida 3 oy davomida kasallik klinikasi va chap qorincha faoliyatida ijobiy dinamika isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Buxoro davlat tibbiyot instituti» ekspert kengashining 2023 yil 22 avgustdagi 23-Z/059 son xulosasiga ko‘ra («Buxoro davlat tibbiyot instituti» tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 05.03.2021y., №1239 sonli xat yuborilgan):
ilk marotaba, respublikamizda ST segment elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan, miokard reperfuziyasi amalga oshirilgan bemorlarda shifoxonagacha trombolizisning chap qorincha miokardi holatiga ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: erta shifoxonagacha trombolizis yordamida reperfuziya miokard shikastlanish darajasi og‘irligini pasaytirgan va shu bilan chap qorincha miokardining og‘ir sistolik disfunksiyasi rivojlanishiga yo‘l qo‘ymagan. Shifoxonagacha trombolitik terapiyani ST segment elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda qo‘llash miokardning qaytarilmas o‘zgarishlar (miokard nekrozi) rivojlanishini va ChQ sistolik disfunksiyasini oldini olgan. Qisqa vaqt oralig‘ida qayta tiklangan miokard perfuziyasi nekroz o‘choqlarni kichrayishiga olib kelgan. ST segment elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan, miokard reperfuziyasi amalga oshirilgan bemorlarda chap qorincha miokardi holatiga shifoxonagacha trombolizisning ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali buyicha buyruq (01.05.2021y.; №25), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (01.05.2021y.; №22) hamda Buxoro viloyat Romitan tuman sub filiali bo‘yicha buyrug‘i (25.05.2021y.; №12) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miokard infarktida erta shifoxonagacha trombolizisni qo‘llash orqali miokard asinergik va nekroz o‘choqlari kam kuzatildi. Shifoxonagacha trombolitik terapiyani qo‘llashda miokard infarktining abortiv shakllarining rivojlanishi ko‘proq kuzatildi (1 va 2-guruhlarda mos ravishda 5,5% ga nisbatan 4,6%). Shifoxonagcha trombolitik terapiyadan keyin miokard infarkti bilan og‘rgan bemorlarning jonlantirish bo‘limiga o‘rin kunlarini kamaytirdi. Shifoxonagacha trombolizisning ST segment elevatsiyali miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda klinik samaradorligi, davolash taktikasini tanlash va dinamikada baholash mezonlari ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “ST elevatsiyali o‘tkir koronar sindromda shifoxonagacha trombolizisning klinik va gemodinamik samaradorligi” mavzusidagi uslubiy qo‘llanmaning joriy kilinishini xisobiga 1 nafar bemor uchun 440 000 so‘m iqtisod kilingan. Xulosa: har bir bemor shifoxonada davolash kunlarini 2,0 kunga qisqartirgan. Shifoxonada bir kunlik davolash 220000 so‘mga to‘g‘ri kelishini xisobga olsak, har bir bemor uchun iqtisod o‘rtacha byudjet mablag‘larini 440000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “ST elevatsiyali o‘tkir koronar sindromda shifoxonagacha trombolizisning klinik va gemodinamik samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshka sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2021yil 05 martdagi 1239 -son xat yuborilgan.
ST elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda shifoxonagacha trombolitik terapiyaning kasallik klinik kechishi va asoratlanishiga ta’siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ST elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan, miokard reperfuziyasi amalga oshirilgan bemorlarda shifoxonagacha trombolizisning kasallikning klinik kechishiga ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali buyicha buyruq (01.05.2021y.; №25), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (01.05.2021y.; №22) hamda Buxoro viloyat Romitan tuman sub filiali bo‘yicha buyrug‘i (25.05.2021y.; №12) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ST elevatsiyali miokard infarkti bo‘lgan bemorlarni davolashning zamonaviy tendensiyalari kasallikni klinik kechishini, hyotga xavf soladigan miokard infarktining erta asoratlarini kuzatilishini kamaytiradi. Asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlarni o‘tkir miokard infarktidan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi. Bemorlarning xayot sifatini yaxshilanishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta reperfuziya hisobidan asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlarni o‘tkir miokard infarktidan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshishi hisobiga 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 12,2 kundan 8,2 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, 1 nafar bemor uchun 800000 so‘m iqtisod qilingan, shifoxonada 1 kun davolanish RShTYoIM Buxoro filiali preyskurantiga ko‘ra 200000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: Keyingi reabilitatsiya davrida har bir bemorlar shifoxonada davolash kunlarini 4,0 kunga qisqartirdi. Shifoxonada bir kunlik davolash 200000 so‘mga to‘g‘ri kelishini xisobga olsak, xar bir bemor uchun iqtisod o‘rtacha byudjet mablag‘larini 800000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “ST elevatsiyali o‘tkir koronar sindromda shifoxonagacha trombolizisning klinik va gemodinamik samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2021y 05 martdagi 1239 -son xat yuborilgan.
klinik sharoitda ST elevatsiyali miokard infarktida ishemik postkondisionirlanishning shifoxonagacha trombolizis natijalariga ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ST segment elevatsiyali miokard infarktida tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonagacha trombolizis vaqtida manjeta yordamida distant ishemik postkondisionirlanishning ta’sirini, samaradorligi taqqoslama ikkita guruhga bo‘lingan holda o‘rganish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali buyicha buyruq (01.05.2021y.; №25), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (01.05.2021y.; №22) hamda Buxoro viloyat Romitan tuman sub filiali bo‘yicha buyrug‘i (25.05.2021y.; №12) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonagacha trombolitik terapiyani vaqtida manjeta yordamida distant ishemik postkondisionirlanish mexanizmlarini faollashtirish xayotga xavf soladigan aritmiyalarni (qorinchalar fibrillyasiyasi va turg‘un qorinchalar taxikardiyasi) rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi. Reperfuziya davridagi miokardning reperfuzion shikastlanishni kamaytiradigan preparatlar sarfini kamaytiradi. Bemorlar axvolini tezrok stabillashuviga imkon yaratdi. Miokard infarkti residivi va shifoxonada o‘lim ko‘rsatkichi kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonagacha trombolitik terapiyani vaqtida manjeta yordamida distant ishemik postkondisionirlanish mexanizmlarini faollashtirish hisobida davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi, 1 nafar bemor uchun 220.000 so‘m iqtisod qilingan (tajribaga ko‘ra koyka kuni 1,0 kunga kamaygan) Tadqiqot natijalari 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 440.000 so‘mdan 220.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan, dori- darmonlar xarajati – 120.000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 nafar bemor uchun 340. 000 so‘m tashkil qildi). Tadqiqotda shifoxonadaa trombolitik terapiyani qo‘lanilgan guruhda 1 nafar bemorga residiv miokard infarkti kuzatildi, shifoxongacha reperfuziya qilingan guruhda esa qayd kuzatilmadi. Shu hisobdan 1 nafar bemor uchun (shifoxonada bir kunlik davolash 220.000 so‘mga to‘g‘ri kelishini xisobga olsak) 2.200.000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: har bir bemorlar shifoxonada davolash kunlarini 1,0 kunga qisqartirgan. Shifoxonada bir kunlik davolash 220.000 so‘mga, dori- darmonlar xarajati – 120. 000 so‘mga va residiv miokard infarkti uchun 2.200.000 so‘mga to‘g‘ri kelishini xisobga olsak, xar bir bemor uchun iqtisod o‘rtacha byudjet mablag‘larini 2.540.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “ST elevatsiyali o‘tkir kroronar sindromda shifoxonagacha trombolizisning klinik va gemodinamik samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshka sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2021y 05 martdagi 1239 -son xat yuborilgan.
ilk bor, ST segment elevatsiyali miokard infarkti bilan og‘rigan shifoxonagacha trombolizis qo‘llash natijasida kasallikning klinikasining va chap qorincha faoliyatini dinamikasi 3 oy davomida kuzatilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: shifoxonagacha trombolizisning klinik, prognostik o‘rni va davolash tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga keng foydalanish shifoxonagacha trombolitik terapiya miokard shikastlanishining og‘irligini pasaytiradi va chap qorincha sistolik disfunksiyasi rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. ST segment ko‘tarilgan miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda shifoxonagacha trombolizis qo‘llash natijasida kasallikning klinikasining va chap qorincha faoliyatini dinamikasi uch oy davomida yaxshilanishi kuzatilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali buyicha buyruq (01.05.2021y.; №25), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (01.05.2021y.; №22) hamda Buxoro viloyat Romitan tuman sub filiali bo‘yicha buyrug‘i (25.05.2021y.; №12) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta shifoxonagacha trombolitik terapiya chap qorinchaning global va regionar sistolik faoliyatining ko‘rsatkichlarining shifoxonada trombolitik terapiya olganlarga nisbatan saqlanganligi hisobidan, bemorlarda uch oy davomida qayta gospitalizatsiya kam kuzatildi. Turg‘un zo‘riqish stenokardiyasi va qayta miokard infarkti kuzatilishi kamaydi. Uch oy kuzatuv davomida chap qorinchaning sistolik va diastolik faoliyatining yaxshilanishiga, xamda remodellanish ko‘rsatkilariga (chap qorincha oxirgi diastolik hajmi, chap qorincha mokard og‘irlik indeksi, sferiklik indeksi va boshqalarga) ijobiy ta’sir qilishi ortidan surunkali yurak etishmovchiligi og‘ir sniflari kamroq kuzatildi. Mehnatga layokatsizlik kunlari va nogironlik kamayishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “ST elevatsiyali o‘tkir kroronar sindromda shifoxonagacha trombolizisning klinik va gemodinamik samaradorligi” mavzusi joriy kilinishini xisobiga uch oy kuzatuv davomida shifoxonagacha trombolizis o‘tkazilgan bemorlarda qayta gospitalizatsiya – 1 nafar bemor , qayta miokard infarkti - 1 nafar bemorga kuzatildi. Shifoxonada trobolitik terapiya bajarilganlar guruhida esa uch oy mobaynida qayta gospitalizatsiya – 2 nafar bemorga, qayta miokard infarkti - 2 nafar bemorga kuzatildi. Shu hisobdan 1 nafar bemor uchun (shifoxonada bir kunlik davolash 220.000 so‘mga to‘g‘ri kelishini xisobga olsak) 4 400 000 so‘m iqtisod qilingan. Shifoxonagacha trobolitik terapiya o‘tkazilgan bemorlarda erta va kechki miokard infarktini asoratlari kam kuzatilishi xisobidan mehnatga layoqatsizlik kunlarining o‘rtacha 8 kunga kamayishiga olib keldi va 1 nafar bemor uchun minimal bazaviy oylik hisobidan 2 640 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: “ST elevatsiyali o‘tkir kroronar sindromda shifoxonagacha trombolizisning klinik va gemodinamik samaradorligi” mavzusi joriy kilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 7 040 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “ST elevatsiyali o‘tkir kroronar sindromda shifoxonagacha trombolizisning klinik va gemodinamik samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish buyicha Soqlikni saqlash vazirligiga Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2021y 05 martdagi 1239 -son xat yuborilgan.