Mirzaraxmonova Shaxnoza Mirzaaxmadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab va oliy ta’limning o‘zaro hamkorligida o‘quvchilarni dual ta’lim asosida kasb-hunarga yo‘naltirib o‘qitish texnologiyasi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlaria).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4000.
 Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shahlo Isomiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasb-hunar maktablari va oliy ta’limning dual tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar maktablari va oliy ta’lim dual tizimida ta’lim oluvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari kasbiy tayyorgarlikning bilimga asoslangan tanlov, maqsadli amaliy tajriba  tamoyillarini shaxsiy monitoringga yo‘naltirilgan o‘quv muhitiga integrativlikda kiritish asosida aniqlashtirilgan;
 kasb-hunar maktablari va oliy ta’lim dual tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish modeli sinergetik ta’sirni ta’minlash, hamkorlikning davriy monitoring kabi ta’limiy funksiyalarga kasbiy o‘z-o‘zini anglash jarayonida individuallik xususiyatlariga ko‘ra ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kasb-hunar maktablari va oliy ta’lim dual tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyasi kasbiy harakatlarni mustaqil bajarishga motivatsiyalovchi tajriba mashqlarini o‘zaro ta’sir vositasida  akademik jarayonda shaxsiy yo‘nalgan variativlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
kasb-hunar maktablari o‘quvchilarida kasbiy kompitensiyalarning shakllanganligini baholash mezonlari kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirishning axborot bilan ishlash, kasbiy faoliyatni modellashtirishga o‘rgatuvchi ish turlarini dual o‘qitish jarayonida differensiallikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasb-hunar maktablari va oliy ta’limning dual tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kasb-hunar maktablari va oliy ta’limning dual tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy muammolarni hal qilish, kelajakdagi kasbni tanlashga oid qarorlarni qabul qilish, qiziqish va motivlarni shakllantirish hamda mobilli uslubiy ta’minotni takomillashtirish asosida ta’minlashga doir takliflar “Kasb-hunarga yo‘naltirish asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2023- yil 17-iyuldagi 314-192-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
kasb-hunar maktablari va oliy ta’lim dual tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish modeli sinergetik ta’sirni ta’minlash, hamkorlikning davriy monitoring kabi ta’limiy funksiyalarga kasbiy o‘z-o‘zini anglash jarayonida individuallik xususiyatlariga ko‘ra ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 03-1755-1752-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan texnologik model kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kasb-hunar maktablari va oliy ta’limning o‘zaro hamkorligida o‘quvchilarni dual ta’lim asosida kasbiy kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishning asosiy komponentlari mazmuniga muvofiq, motivatsion-qadriyatli, hissiy-emotsional, axborotli-kognitiv, muvofiqlik, jarayoniy-faoliyatli mezonlarini takomillashtirishga oid takliflardan “Kasb-hunarga yo‘naltirish asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2023- yil 17-iyuldagi 314-192-son ma’lumotnomasi).  Natijada ishlab chiqilgan texnologiya va baholash mezonlari o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyasini, ta’lim sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshirishiga xizmat qilgan;
kasb-hunar maktablari o‘quvchilarida kasbiy kompitensiyalarning shakllanganligini baholash mezonlari kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirishning axborot bilan ishlash, kasbiy faoliyatni modellashtirishga o‘rgatuvchi ish turlarini dual o‘qitish jarayonida differensiallikda qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 03-1755-1752-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab va oliy ta’limning o‘zaro hamkorligida o‘quvchilarni dual ta’lim asosida kasbga yo‘naltirib o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy muammolarni hal qilish, kelajakdagi kasbni tanlashga oid qarorlarni qabul qilish, qiziqish va motivlarni shakllantirish hamda mobilli uslubiy ta’minotni takomillashtirish asosida ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish