Axrarova Azizaxon Nigmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston SSRda xotin-qizlarning qatag‘on qilinishi (1920–1950-yillar)”, 07.00.01.- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar847.
Ilmiy maslahatchi: Hasanov Baxtiyor Vahapovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ishanxodjaeva Zamira Rayimovna, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaev Muzrobjon Abdullaevich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1920-1950-yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning qatag‘on qilinishi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan ayollarni “ozodlikka chiqarish” va “erkaklar bilan teng huquqli qilish” shiori ostida ijtimoiy o‘zgartirishlar kiritilib, ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi e’lon qilinsa-da, amalda ularning tengsizligi saqlanib qolganligi, siyosiy va huquqiy ongini shakllantirmaslikka qaratilgan siyosat oqibatida mahalliy millat ayollari milliy o‘zlikni anglashda zarur bo‘lgan ehtiyojlarning uyg‘onishiga yo‘l qo‘yilmaganligi aniqlangan;
1937-yilda ziyoli ayollarga nisbatan aksilsho‘roviy millatchilik faoliyati, aksilinqilobiy millatchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va aksilinqilobiy targ‘ibot, ayg‘oqchilik kabi soxta ayblovlar qo‘yilib, qamoqqa olingan ayollarning aksariyati ushbu soxta ayblovlar bilan davlat ishlaridan chetlashtirilib, ichki va tashqi surgunda yurishga majbur bo‘lganligi asoslangan;
1938–1939-yillarda sobiq SSSRda ayollar va yosh bolalarni vatan xoinining oila a’zosi sifatida lagerlarga jo‘natilishi natijasida jamiyatda ijtimoiy sohahing og‘irlashishiga olib kelganligi dalillangan;
turmush o‘rtog‘ining “aksilinqilobiy” faoliyatini sovet hukumati organlaridan yashirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan ayollarning aksariyati oliy ma’lumotli, yuqori ilmiy salohiyatga ega, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari bo‘lganligi va bu esa keyinchalik ushbu sohalarda mahalliy ayol kadrlarning kamayib ketishiga olib kelganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston SSRda xotin-qizlarning qatag‘on qilinishi (1920–1950-yillar)” muammosini tadqiq etish davomida olingan natijalar asosida:
sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan ayollarni “ozodlikka chiqarish” va “erkaklar bilan teng huquqli qilish” shiori ostida ijtimoiy o‘zgartirishlar kiritilib, ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi e’lon qilinsa-da, amalda ularning tengsizligi saqlanib qolganligi, siyosiy va huquqiy ongini shakllantirmaslikka qaratilgan siyosat oqibatida mahalliy millat ayollari milliy o‘zlikni anglashda zarur bo‘lgan ehtiyojlarning uyg‘onishiga yo‘l qo‘yilmaganligi hamda 1937-yilda ziyoli ayollarga nisbatan aksilsho‘roviy millatchilik faoliyati, aksilinqilobiy millatchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va aksilinqilobiy targ‘ibot, ayg‘oqchilik kabi soxta ayblovlar qo‘yilib, qamoqqa olingan ayollarning aksariyati ushbu soxta ayblovlar bilan davlat ishlaridan chetlashtirilib, ichki va tashqi surgunda yurishga majbur bo‘lganligi asoslanganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining “Xotin-qizlarni qatag‘on qilinishi” nomli ekspozisiyasini shakllantirish va boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2023-yil 8-fevraldagi 56-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy natijalar muzey ekspozisiyalarini mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
1938–1939-yillarda sobiq SSSRda ayollar va yosh bolalarni vatan xoinining oila a’zosi sifatida lagerlarga jo‘natilishi natijasida jamiyatda ijtimoiy sohahing og‘irlashishiga olib kelganligi hamda turmush o‘rtog‘ining “aksilinqilobiy” faoliyatini sovet hukumati organlaridan yashirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan ayollarning aksariyati oliy ma’lumotli, yuqori ilmiy salohiyatga ega, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari bo‘lganligi va bu esa keyinchalik ushbu sohalarda mahalliy ayol kadrlarning kamayib ketishiga olib kelganligi asoslanganligi bo‘yicha natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Millatimiz fidoyilari” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-fevraldagi 02-28-226-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar teletomoshabinlarning 1937-yillarda ziyoli ayollarga nisbatan olib borilgan qatag‘onlik siyosati bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.