Toshboeva Robiya Sobirovnaning
doktorlik dissertatsiya (DSc) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonda tabiiy resurslar to‘ g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini  shakllantirish va qo‘llashni huquqiy ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. DSc/Yu166.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolmo‘minov Jumanazar Toshtemirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Yuldosh Ochilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Usmonov Muxammadi Baxritdinovich, yuridik fanlar doktori, professor dotsent; Nurmatov Mirgolib Mirzaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy resurslar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash va saqlash mexanizmini takomillashtirishning ilmiy, amaliy va huquqiy muammolarini ochib berish, ushbu sohadagi qonunchilik bazasi sifatini yanada oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
tabiiy resurslar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirish va qo‘llashni huquqiy ta’minlash mexanizmi ekologik kadastr qonunchiligini qo‘llash standartlarida mustahkamlangan tartiblar, normalar, muassasalar, hodisalar, shartlar, qoidalar tizimi ekanligi asoslangan;
kadastr organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organga “neytral” idoraviy bog‘lanishi zarurligi asoslangan;
tabiiy resurslar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirishda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni sug‘urtalashni hisobga olgan holda, ekologik sun’iy intellektdan foydalanishni huquqiy tartibga solishning ob’ektiv zarurligi isbotlangan;
ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgandan keyin kadastr organlarining mansabdor shaxslari va kadastr muhandislari tomonidan kadastr ma’lumotlarini yolg‘on yoki buzib ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlikni qo‘llash zarurligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasining Axborotdan foydalanish, qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki va atrof-muhitga oid masalalar bo‘yicha odil sudlovdan foydalanish to‘g‘risidagi konventsiyaga (Orxus konventsiyasi) hamda Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va uzatish reestri to‘g‘risidagi bayonnomaga qo‘shilishining maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda tabiiy resurslar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini  shakllantirish va qo‘llashni huquqiy ta’minlash mexanizmini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tabiiy resurslar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirish va qo‘llashni huquqiy ta’minlash mexanizmi ekologik kadastr qonunchiligini qo‘llash standartlarida mustahkamlangan tartiblar, normalar, muassasalar, hodisalar, shartlar, qoidalar tizimi ekanligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-728-son qonunning 24-moddasida foidalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining agrar, suv xo‘jaligi masalalari  va ekologiya qo‘mitasining 2021-yil 17-dekabrdagi 10-11/7-sonli xati). Natijada erni yuqori likvidli aktivga aylantirish va uni yanada kapitallashtirish sharoitida er uchastkalarini iqtisodiy baholashni aniqlash mexanizmini yanada takomillashtirishga erishilgan;
kadastr organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organga “neytral” idoraviy bog‘lanishi zarurligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-728-son qonunning 28-moddasida foidalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining agrar, suv xo‘jaligi masalalari  va ekologiya qo‘mitasining 2021-yil 17-dekabrdagi 10-11/7-sonli xati). Natijada er kadastrining tarkibiiy qismi hisoblanmish- er uchastkalarini baxolashning jahon tajribasida mavjud mezoni- er uchastkalarini bozor qiymatidan kelib chiqilishini milliy qonunchilikka tadbiq etilishiga erishilgan;
tabiiy resurslar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirishda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni sug‘urtalashni hisobga olgan holda, ekologik sun’iy intellektdan foydalanishni huquqiy tartibga solishning ob’ektiv zarurligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-728-sonli qonunning 35-moddasida foidalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining agrar, suv xo‘jaligi masalalari  va ekologiya qo‘mitasining 2021-yil 17-dekabrdagi 10-11/7-sonli xati). Natijada yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki daxlsizligi hamda er uchastkasining aniqlangan qiymati yuzasidan sudga murojaat etish huquqi kafolatlanishiga  erishilgan;
ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgandan keyin kadastr organlarining mansabdor shaxslari va kadastr muhandislari tomonidan kadastr ma’lumotlarini yolg‘on yoki buzib ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlikni qo‘llash zarurligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-yanvardagi O‘RQ-745-sonli qonunning 3-moddasida foidalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari  va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 11-fevraldagi 5-sonli akti). Natijada gidrometeorologik hodisalar va iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini tizimli o‘rganish, mazkur ob’ektlar yuzasidan tegishli axborotlarni shakllantirish, tahlil qilish, foydalanish, tarqatish va saqlashga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Axborotdan foydalanish, qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki va atrof-muhitga oid masalalar bo‘yicha odil sudlovdan foydalanish to‘g‘risidagi konventsiyaga (Orxus konventsiyasi) hamda Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va uzatish reestri to‘g‘risidagi bayonnomaga qo‘shilishining maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-yanvardagi O‘RQ-745-sonli “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari  va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 11- fevraldagi  5-sonli akti) aks ettirilgan. Natijada iqlim kadastriga aylantirish maqsadida tabiiy resurslar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirish tamoyillari bo‘yicha gidrometeorologik ma’lumotlarni shakllantirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish