Pirnazarov Abdurashid Abdulxaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Jinoyat protsessida oqlov hukmi: nazariya va amaliyot”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu652.
Ilmiy rahbar: Bazarova Dildora Baxadirovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: To‘laganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat-protsessual qonunchiligida oqlov hukmini chiqarishning protsessual asoslarini takomillashtirish hamda oqlov hukmini chiqarishda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni tartibga solishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish materiallarini prokurorga yuborish lozimligi asoslantirilgan;
qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun qabul qilinganligi oqlov hukmini chiqarish asoslaridan biri sifatida iniobatga olinishi lozimligi asoslantirilgan;
birinchi instansiya sudlarining oqlov hukmlarini yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrimlarini prokuror protestiga ko‘ra yuqori sud instansiyalari tomonidan bekor qilinishi asoslantirilgan;
sud muhokamasi davomida jabrlanuvchining, guvohning yoki jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarining shaxsiga oid ma’lumotlar ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida eʼlon qilinmagan bo‘lsa, sud hukmda ushbu ma’lumotlarni ko‘rsatmasdan, mazkur shaxslarning taxalluslarini ko‘rsatish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Jinoyat protsessida oqlov hukmi: nazariya va amaliyot mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlanish masalasiga doir Jinoyat-protsessual kodeksining 470-moddasining ikkinchi qismi “Sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishi ko‘rsatiladi” deb shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 6-fevraldagi 06-13/4-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar sud muhokamasida aybsiz deb topilgan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilmaganligi aniqlanishi bilan reabilitatsiya qilinishi hamda mazkur ijtimoiy xavfli qilmishni amalda sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga xizmat qilgan;
qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun qabul qilinganligi oqlov hukmini chiqarish asoslaridan biri sifatida iniobatga olinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan Jinoyat-protsessual kodeksining 464-moddasining 1-qismini to‘ldirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023-yil 2-fevraldagi 27/2-22-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklif qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun qabul qilinganligi oqlov hukmini chiqarish asoslaridan biri sifatida inobatga olinishiga xizmat qilgan;
Birinchi instansiya sudlarining oqlov hukmlarini bekor qilishga doir Jinoyat-protsessual kodeksining 49729-moddasi uchinchi qismi “Birinchi instansiya sudining oqlov hukmi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining sudlanuvchining oqlanishi qonunga xilofligi va asossizligi borasida berilgan shikoyati bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan holda bekor qilinishi mumkin” deb bayon qilishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 06-13/4-sonli dalolatnomasi, 2023-yil 6-fevral). Mazkur holatda oqlov hukmini bekor qilingandan so‘ng, shaxsga nisbatan ayblov hukmi chiqarilishini nazarda tutishga hamda hamda ayb uchun javobgarlik prinsipini ta’minlashga xizmat qilgan;
shaxsga doir ma’lumotlar hamda protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan Jinoyat-protsessual kodeksining 465-moddasining 4-qismini quyidagicha to‘ldirishda, xususan: “Agar sud muhokamasi davomida jabrlanuvchining, guvohning yoki jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarining shaxsiga oid ma’lumotlar ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida eʼlon qilinmagan bo‘lsa, sud hukmda ushbu ma’lumotlarni ko‘rsatmasdan, mazkur shaxslarning taxalluslarini ko‘rsatadi” deb shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023-yil 2-fevraldagi 27/2-22-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklif shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga xizmat qilgan.