Surobova Rayhona Zokirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Jamiaytni demokratlashtirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari», 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss353.
Ilmiy rahbar Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Butaev Usmonjon Xayrullaevich, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Hikmatov Fatxullo Xabibullaevich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jamiyatni demokratlashtirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston demokratik taraqqiyotining 1991-2016 yilgacha bo‘lgan  davri rivojlangan huquqiy-institutsional asoslarni yaratishga qaratilgan - passiv evolyutsion bosqich  hamda 2017 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davr amaliy natijalarga yo‘nalgan strategik maqsadlar, demokratik jarayonlarni jadallashtirish va jamoatchilik nazoratini takomillashuviga qaratilgan aktiv evolyutsion bosqichga ajratish zarurati asoslab berilgan;
Siyosiy transformatsiyalashuv jarayonlarida jamoatchilik nazorati subyektlari faoliyatining muhim indikatorlari bo‘lib, davlat va jamiyatning siyosiy tizimi o‘zgarishlariga daxldor bo‘lgan xalq roziligi, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholi ehtiyojlariga qaratilgan zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish adolatli ijtimoiy tartibotga xizmat qilishi ochib berilgan;
Aholida jamoatchilik nazorati jarayonlarini amalga oshirishda faol qatlamga olib chiqish hamda siyosiy qadriyat darajasida madaniyatini shakllantirishning yetakchi mexanizmlari bo‘lib “ijtimoiy harakat”, “ijtimoiy birdamlik”, “ijtimoiy kelishuv”, “ijtimoiy jipslik” kabi normativ-qadriyatiy g‘oyalarga tayanilishi demokratik ijtimoiy plyuralizmning asosi ekanligi isbotlangan;
Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatida mustaqillikni to‘la kafolatlash, nazorat obyektiga bo‘lgan ta’sir mexanizmlarini soddalashtirish, aholining islohotlarga bo‘lgan manfaatli, ijtimoiy sheriklik asosidagi ishtiroki davlat hokimiyati organlari faoliyatining legitimligini oshishiga xizmat qilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyatni demokratlashtirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari mavzusidagi tadqiqot ishi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
O‘zbekiston demokratik taraqqiyotining 1991-2016 yilgacha bo‘lgan  davri rivojlangan huquqiy-institutsional asoslarni yaratishga qaratilgan - passiv evolyutsion bosqich hamda 2017 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davr amaliy natijalarga yo‘nalgan strategik maqsadlar, demokratik jarayonlarni jadallashtirish va jamoatchilik nazoratini takomillashuviga qaratilgan aktiv evolyutsion bosqichga ajratish zarurati asoslangan xulosalardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2020-2022 yillarda o‘tkazilgan O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlarini tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2022 yil 1 dekabrdagi 01-272-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlarini tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot samaradorligi oshgan;
siyosiy transformatsiyalashuv jarayonlarida jamoatchilik nazorati subyektlari faoliyatining muhim indikatorlari bo‘lib, davlat va jamiyatning siyosiy tizimi o‘zgarishlariga daxldor bo‘lgan xalq roziligi, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholi ehtiyojlariga qaratilgan zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish adolatli ijtimoiy tartibotga xizmat qilishga doir xulosalaridan O‘zbekiston respublikasi Ekologik partiyasi 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Ekologik partiyasi 2023 yil 5 yanvardagi 01/11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu “Jamiyatni demokratlashtirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusidagi tadqiqot ishida keltirilgan xulosalar, takliflardan partiya faoliyatida  foydalanishi respublikamizda kechayotgan tub islohotlar jarayonidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq jihatlarni keng qatlamiga chuqurroq tushuntirish  va bu boradagi olib borilayotgan ishlarni takomillashtirishga xizmat qiladi;
aholida jamoatchilik nazorati jarayonlarini amalga oshirishda faol qatlamga olib chiqish hamda siyosiy qadriyat darajasida madaniyatini shakllantirishning yetakchi mexanizmlari bo‘lib “ijtimoiy harakat”, “ijtimoiy birdamlik”, “ijtimoiy kelishuv”, “ijtimoiy jipslik” kabi normativ-qadriyatiy g‘oyalarga tayanilishi demokratik ijtimoiy plyuralizmning asosi ekanligi isbotlangan xulosalaridan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligini faoliyatidagi turli targ‘ibot va tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 7 dekabrdagi 3-13-23-4219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan xulosa va takliflar mamlakatimiz yoshlari ongida jamiyatda jamoatchilik nazoratini rivojlantirishda yoshlarning mas’uliyatini oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va siyosiy faolligini oshirish yuzasidan tushuncha hosil qilishga xizmat qilgan;
jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatida mustaqillikni to‘la kafolatlash, nazorat obyektiga bo‘lgan ta’sir mexanizmlarini soddalashtirish, aholining islohotlarga bo‘lgan manfaatli, ijtimoiy sheriklik asosidagi ishtiroki davlat hokimiyati organlari faoliyatining legitimligini oshishiga xizmat qilishi tavsiyalaridan tavsiyalardan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiya faoliyatining 2022-2024 yillarga mo‘ljallagan harakat dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (2022 yil 10 martdagi 3-13-23-4219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamoatchilik nazoratining rivojlanishi davlat hokimiyati organlari faoliyatini aholiga xizmat ko‘rsatishga samarali ixtisoslashuvi hamda davlat hokimiyati organlariga xalq ishonchini ortishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish