Turdiev Uyg‘un Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyo mintaqasida kiberxavfsizlikni ta’minlashning ijtimoiy-siyosiy jihatlari», 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss373.
Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Ilyasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; G‘oyibnazarov Shuxrat G‘oyibnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo mintaqasida kiberxavfsizlikning ijtimoiy-siyosiy ta’minoti bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xavfsizlik tizimining sub’ektiv (inson, jamiyat, davlat) va ob’ektiv (xalqaro munosabatlar) institutsional tuzilmasini ichki va tashqi tahdidlardan samarali muhofaza qilish va barqaror taraqqiyotini ta’minlashning muhim asosini davlat organlari, tashkilotlar faoliyatiga hamda yoshlar ma’naviy kamolatiga tahdid qiluvchi ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, xarbiy, diniy ko‘rinishdagi kiberxuruj hamda kiberxujumlardan samarali himoya qilishga bog‘liqligi asoslangan;
ijtimoiy hayotning barcha sohalariga qaratilgan milliy rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda axborot resurslari barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash, davlat hokimiyati organlarining fuqarolar bilan samarali elektron muloqotida xushyorlik va ogoh bo‘lishga qaratilgan kiberxavfsizlikni priventiv vosita sifatida ta’minlash davlat va jamiyat o‘rtasidagi yuqori legitimlik darajasiga xizmat qilishi isbotlangan;
markaziy Osiyo davlatlarining milliy xavfsizligi, suverenitetining barqarorlik darajasi mintaqaviy strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborot texnologiyalari vositalarining har qanday ichki va tashqi kibertahdidlaridan himoyalanish qobiliyatiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, ularning institutsional va funksional jihatdan qonuniy asosga ega bo‘lishi jamiyat barqaror taraqqiyotining muhim asosi ekanligi asoslangan;
markaziy Osiyo mintaqasida kompleks xavfsizlik tizimining muhim komponenti bo‘lib tahdidlardan himoyalanish mexanizmlarining zaifligi, zararli axborot dasturlari oqimining mavjudligi transchegaraviy va transmilliy xarakterga ega bo‘lib, unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo hamkorlik bosqichlarining o‘zaro ta’siri hamda strategik sheriklikning regional va ko‘p qirrali konstruktiv yo‘nalishi kiberxavfsizlik tizimini shakllanganlik darajasiga bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Osiyo mintaqasida kiberxavfsizlikni ta’minlashning ijtimoiy-siyosiy jihatlarini o‘rganish natijasida:
xavfsizlik tizimining sub’ektiv (inson, jamiyat, davlat) va ob’ektiv (xalqaro munosabatlar) omillarini ichki va tashqi tahdidlardan samarali muhofaza qilish va barqaror taraqqiyotini ta’minlashning muhim asosini davlat organlari, tashkilotlar faoliyatiga hamda yoshlar ma’naviy kamolatiga tahdid qiluvchi ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, xarbiy ko‘rinishdagi kiberxuruj hamda kiberxujumlardan samarali himoya qilishga bog‘liqligi borasidagi ilmiy yangiligi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi 2023 yil uchun chora tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 43-bandi “Internetda milliylikni targ‘ib etuvchi, mentalitetimiz, azaliy qadriyat va ezgu an’nalarimizni saqlab qolish bo‘yicha o‘zaro muloqot maydoni uchun platforma va mobil ilovalar yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 22 sentyabrdagi 02-22/1008-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekistonning ichki xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlashning dolzarb masalalari hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik istiqbollari borasida qo‘shma tadqiqotlar olib borishga xizmat qilgan;
ijtimoiy hayotning barcha sohalariga qaratilgan milliy rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda axborot resurslari barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash, davlat hokimiyati organlarining fuqarolar bilan samarali elektron muloqotida xushyorlik va ogoh bo‘lishga qaratilgan kiberxavfsizlikni priventiv vosita sifatida ta’minlash davlat va jamiyat o‘rtasidagi yuqori legitimlik darajasiga xizmat qilishi bilan bog‘liq xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi 2023 yil uchun chora tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 43-bandi “Internetda milliylikni targ‘ib etuvchi, mentalitetimiz, azaliy qadriyat va ezgu an’nalarimizni saqlab qolish bo‘yicha o‘zaro muloqot maydoni uchun platforma va mobil ilovalar yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 22 sentyabrdagi 02-22/1008-son dalolatnomasi). Natijada, teleradioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar mazmunini mukammal va ilmiy dalillarga boy bo‘lishida, aholining siyosiy ongi va madaniyatini oshirish borasidagi bilim, ko‘nikma va tajribalarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo davlatlarining milliy xavfsizligi, suverenitetining barqarorlik darajasi mintaqaviy strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborot texnologiyalari vositalarining har qanday ichki va tashqi kibertahdidlaridan himoyalanish qobiliyatiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, ularning institutsional va funksional jihatdan qonuniy asosga ega bo‘lishi jamiyat barqaror taraqqiyotining muhim asosi ekanligi borasidagi xulosalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi 2023 yil uchun chora tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 43-bandi “Internetda milliylikni targ‘ib etuvchi, mentalitetimiz, azaliy qadriyat va ezgu an’nalarimizni saqlab qolish bo‘yicha o‘zaro muloqot maydoni uchun platforma va mobil ilovalar yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 22 sentyabrdagi 02-22/1008-son dalolatnomasi). Natijada, jamoatchilik tashkilotlari, xududlardagi nodavlat notijorat tashkilotlari va siyosiy partiyalarning xududiy filiallari bilan o‘zaro hamkorlikda inson xavfsiligi va barqarorligi yo‘nalishlaridagi yo‘l xaritalari, dasturlar va tarmoq sohalarning ustuvor vazifalarini ishlab chiqilishiga asos sifatida xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo mintaqasida kompleks xavfsizlik tizimining muhim komponenti bo‘lib tahdidlardan himoyalanish mexanizmlarining zaifligi, zararli axborot dasturlari oqimining mavjudligi transchegaraviy va transmilliy xarakterga ega bo‘lib, unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo hamkorlik bosqichlarining o‘zaro ta’siri hamda strategik sheriklikning regional va ko‘p qirrali konstruktiv yo‘nalishi kiberxavfsizlik tizimini shakllanganlik darajasiga bog‘liqligi yuzasidan ilgari surilgan yangiliklaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi 2023 yil uchun chora tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 43-bandi “Internetda milliylikni targ‘ib etuvchi, mentalitetimiz, azaliy qadriyat va ezgu an’nalarimizni saqlab qolish bo‘yicha o‘zaro muloqot maydoni uchun platforma va mobil ilovalar yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 22 sentyabrdagi 02-22/1008-son dalolatnomasi). Natijada, markaz tomonidan o‘tkaziladigan sotsiologik ilmiy-tadqiqotlarni hamda ijtimoiy mezonlar metodologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.