Mahammadjanov G‘olibjon Mahammadjon o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida siyosiy institutlar transformatsiyasining tendensiyalari (davlat, parlament, siyosiy partiyalar misolida)», 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ss305.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibodullo, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Matiboev Tospo‘lat Boltaboevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Qo‘chqorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida siyosiy institutlarning transformatsiyalashuvi jarayonlarini ilmiy tahlil qilish orqali ular faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat boshqaruvi tizimining trasformatsiyalashuv jarayonlarida siyosiy institutlar faoliyatining evolyusion, pozitiv, dinamik o‘zgarish tendensiyalari xalq bilan muloqot, aholining siyosiy ijtimoiylashuvini oshirish hamda davlat va jamiyat manfaatlariga strategik moslashuv, artikulyasiyalashuv, agregatsiyalashuv kabi siyosiy jarayonlar orqali rivojlanishi ochib berilgan;
siyosiy institutlarning ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishiga ko‘ra siyosiy tuzilma, muassasa hamda siyosiy xulq-atvorning barqaror turi shaklida amal qilinishining transformatsiyasi uning siyosiy ratsionallashuviga xizmat qilishi asoslangan;
davlat boshqaruvining zamonaviy modernizatsiyalashuvi hamda transformatsiyalashuvi jarayonlarida siyosiy institutlarga xos rasmiylik, instrumental, konseptual va substansional (inson axloqiy me’yorlari) belgilari orqali siyosiy ta’sirga ega bo‘lishi “inson-jamiyat-davlat” istiqboliga bevosita bog‘liqligi asoslab berilgan;
siyosiy institutlarning ierarxiyalashuv darajasi jamiyatda amal qilinayotgan ichki me’yorlar, qadriyatlar hamda tajribaviy jarayonlar asosida nazorat qilish, tartibga solish, boshqarish imkoniyatini shakllantirgan holatdagina davlat hokimyati tizimida o‘zining samarali institusionallashuviga erishishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida siyosiy institutlar transformatsiyalashuvini tadqiq etish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
Yangi O‘zbekiton sharoitida davlat boshqaruvi tizimining trasformatsiyalashuv jarayonlarida siyosiy institutlar faoliyatining evolyusion, pozitiv, dinamik o‘zgarish tendensiyalari xalq bilan muloqot, aholining siyosiy ijtimoiylashuvini oshirish hamda davlat va jamiyat manfaatlariga strategik moslashuv, artikulyasiyalashuv, agregatsiyalashuv kabi siyosiy jarayonlar orqali rivojlanishiga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasining 3-yo‘nalishiga “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi inson qadrini ta’minlashda parlamentning(siyosiy institut sifatida) o‘rni” mavzusidagi konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha belgilangan 26-bandni kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023 yil 4 yanvardagi 04/10-10-206-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining fuqarolik jamiyati va siyosiy institutlari bo‘yicha monitoring olib borish hamda tegishli xulosalar tayyorlashga samarali hissa qo‘shgan;
siyosiy institutlarning ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishiga ko‘ra siyosiy tuzilma, muassasa hamda siyosiy xulq-atvorning barqaror turi shaklida amal qilinishining transformatsiyasi uning siyosiy ratsionallashuviga xizmat qilishiga doir takliflaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan dasturining “Partiyaning ijtimoiy ideali – ijtimoiy demokratik davlat barpo etishdir” nomli 3-yo‘nalishida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarning amalga oshirishda, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda siyosiy partiyalarning ahamiyatini kuchaytirishda ularning siyosiy institut sifatida o‘rni va rolini oshirishga doir bandlarini kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining 2023 yil 4 yanvardagi 21-01/07-son dalolatnomasi). Natijada ushbu takliflar Partiyaning Yangi O‘zbekistonda siyosiy institutlar, xususan siyosiy partiyalarning faoliyatini yanada rivojlantirish mezonlarini tasniflash hamda boshqaruvini baholash mezonlari va deputatlarining o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazishga doir yo‘riqnomalarini takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shgan;
davlat boshqaruvining zamonaviy modernizatsiyalashuvi hamda transformatsiyalashuvi jarayonlarida siyosiy institutlarga xos rasmiylik, instrumental, konseptual va substansional (inson axloqiy me’yorlari) belgilari orqali siyosiy ta’sirga ega bo‘lishi “inson-jamiyat-davlat” istiqboliga bevosita bog‘liqliq ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 1-yarim yilligidagi ish rejasining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, tashkil etilgan axborot xizmatlari faoliyati” nomli 2-yo‘nalishi 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirishda va Yangi O‘zbekistonni barpo etishda siyosiy institutlarning (davlat va parlament misolidagi) o‘rni va rolini kuchaytirish bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 9-sonli dalolatnomasi). Natijada, mazkur xulosalar Qo‘mitaning 2022 yil uchun ishlab chiqilayotgan loyihalarda hamda 2022 yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasining IV yo‘nalishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosiga yo‘naltirilgan 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbatlari va konferensiyalarini o‘tkazish» bo‘yicha 11-bandni shakllantirishga katta hissa qo‘shgan;
siyosiy institutlarning ierarxiyalashuv darajasi jamiyatda amal qilayotgan ichki me’yorlar, qadriyatlar hamda tajribaviy jarayonlar asosida nazorat qilish, tartibga solish, boshqarish imkoniyatini shakllantirsagina davlat hokimyati tizimida o‘zining samarali institusionallashuviga erishishiga doir takliflaridan «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»dagi «Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish» birinchi ustuvor yo‘nalishining «Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish» deb nomlangan 1-maqsadi 2-vazifasida, shuningdek, «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»ning «Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari (siyosiy institut sifatida) va mahallalar(ijtimoiy institut sifatida) o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni ta’minlash» vazifa va tadbirlari belgilangan 3-bandida o‘z aksini topgan («Taraqqiyot strategiyasi» markazining 2022 yil 7 noyabrdagi 1517/22-son dalolatnomasi). Natijada davlat dasturining jamiyatda siyosiy institutlarni yanada takomillashtirish va rivojlantirishga doir jarayonlarni o‘rganishda, tahlil qilish va tegishli xulosalar tayyorlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.