Omonov Ravshanjon Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Davlat hokimiyati organlarini modernizatsiyalashda axborot kommunikatsiyalarining roli (xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlili)», 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ss197.
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Amonov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xorijiy va milliy tajribalarni qiyosiy tahlil qilish asosida davlat hokimiyati organlarini modernizatsiyalashda axborot kommunikatsiyalarining aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni ixchamlashtirish va  osonlashtirishdagi ahamiyatini nazariy jihatdan ko‘rsatish, shuningdek, qo‘l boshqaruvidan tizimli va samarali boshqaruvga o‘tish bo‘yicha  tegishli  ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga raqamlashtirish texnologiyalarini integratsiya qilish aholiga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda “inson qadrini ulug‘lash” tamoyilini to‘laqonli joriy etish orqali fuqarolarda yuqori saylov madaniyati, faollik va ijtimoiylashuvni oshirish, jamiyatda siyosiy ong dinamikasidagi farqlarni kamaytirish mezonlariga bog‘liq ekanligi ochib berilgan;
“elektron hukumat” loyihasi natijadorligining siyosiy platformasi ko‘ra raqamlashtirish texnologiyalari texnik imkoniyatlaridan prinsipial foydalanish, sohadagi huquqiy-me’yoriy hujjatlardan atroflicha xabardor bo‘lish, fuqarolar siyosiy madaniyatining u yoki bu darajada shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘liqligi aniqlangan;
davlat xizmatlarini yagona portal orqali interaktiv shaklga o‘tkazishning yetakchi mezonlari bo‘lib, davlat va xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatishda “inson qadrini ulug‘lash” tamoyili barobarida shaxsning ijtimoiy qadr-qimmatini, jumladan siyosiy jarayonlarda inson omili aralashuvini kamaytirishga qaratilishi axborot tizimi sohasida ustuvorlikka erishishning muvaffaqiyatli mexanizmi siyosiy jihatdan asoslangan;
aholi o‘rtasida davlatga bo‘lgan ishonch darajasini yanada mustahkamlash hamda jamiyatda gorizontal va vertikal axborot almashinuvini qaror toptirish axborotning ochiqligi va boshqaruvda qarorlar qabul qilish oshkoraligiga ko‘ra davlat boshqaruvi organlarini modernizatsiyalashning muhim omili ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorijiy va milliy tajribalarni qiyosiy tahlil qilish asosida davlat hokimiyati organlarini modernizatsiyalashda axborot kommunikatsiyalarining aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni ixchamlashtirish va  osonlashtirishdagi ahamiyatini nazariy jihatdan ko‘rsatish, shuningdek, qo‘l boshqaruvidan tizimli va samarali boshqaruvga o‘tish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga raqamlashtirish texnologiyalarini integratsiya qilish aholiga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda “inson qadrini ulug‘lash” tamoyilini to‘laqonli joriy etish orqali fuqarolarda yuqori saylov madaniyati, faollik va ijtimoiylashuvni oshirish, jamiyatda siyosiy ong dinamikasidagi farqlarni kamaytirish mezonlariga bog‘liq ekanligi Agentlik tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Davlat xizmatchilari uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022-yil 13-dekabrdagi 05/1-5366-son dalolatnomasi). Natijada, davlat hokimiyati organlarini modernizatsiyalashda axborot kommunikatsiyalarining rolini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalari mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishiga xizmat qilgan;
dissertatsiyada keltirilgan taklif, tavsiya va xulosalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining 2022-yilda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Aholining internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga oid chora-tadbirlar rejasi” ning 27-bandida belgilangan targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilgan(Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 25-noyabrdagi 02-22/485-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar “elektron hukumat” loyihasi natijadorligining siyosiy platformasi ko‘ra raqamlashtirish texnologiyalari texnik imkoniyatlaridan prinsipial foydalanish, sohadagi huquqiy-me’yoriy hujjatlardan atroflicha xabardor bo‘lish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi g‘oyasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, mediasavodxonlikni oshirish, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va davlat xizmatlarini yagona portal orqali interaktiv shaklga o‘tkazishning yetakchi mezonlari, davlat va xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatishda “inson qadrini ulug‘lash” tamoyili barobarida shaxsning ijtimoiy qadr-qimmatini, jumladan siyosiy jarayonlarda inson omili aralashuvini kamaytirishga qaratilishi borasida ishlab chiqilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 1-fevraldagi 3-10-21-265-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiya aholida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, mediasavodxonlikni oshirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonida davlat boshqaruvi fuqarolik jamiyati rivojlanishining istiqbolini belgilashga xizmat qilgan;
aholi o‘rtasida davlatga bo‘lgan ishonch darajasini yanada mustahkamlash hamda jamiyatda gorizontal va vertikal axborot almashinuvini qaror toptirish axborotning ochiqligini shakllantirish borasidagi ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2022-yil 1-dekabrdagi NM33418188-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni izchil takomillashtirib borishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish