Adashev Bexzod Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xom ashyolar asosida biologik faol moylar kompozisiyalarini olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2262.
Ilmiy rahbar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Sherzod Mashrabjanovich, texnika fandari doktori, professor; Mamatqulov Mamatqul Xamroqulovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iktisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy o‘simlik moylari yordamida biologik faol moylar kompozisiyalarini olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy o‘simlik moylarining yog‘ kislota tarkiblari, ya’ni tabiiy o‘simlik moylari yog‘ kislota tarkibi inson organizmi uchun ideal yog‘ emasligi aniqlangan;
rafinatsiyalanmagan o‘simlik moylarining ω-6:ω-3 yog‘ kislotalarining 10:1 profilaktika va 5:1 davolash maqsadlardagi tarkiblari yaratilgan;
rafinatsiyadan oldingi moylarni aralashmalari uchun taklif etilgan tarkib rafinatsiyadan keyingisiga to‘g‘ri kelmasligi, uning asosiy sababi, ishqoriy rafinatsiyada to‘yinmagan yog‘ kislota miqdori kamayishi aniqlangan;
rafinatsiyalangan va oqlangan o‘simlik moylari uchun ω-6:ω-3 yog‘ kislotalarining 5:1 nisbatlariga to‘g‘ri keladigan tarkiblari ishlab chiqilgan;
tabiiy va kompozisiyalangan o‘simlik moylari tarkibida vitamin E miqdori aniqlanib, unga asosan barcha namunalarda uning miqdori kundalik me’yorni qondirishi isbotlangan;
o‘simlik moylari kompozisiyalari olish texnologiyasi va iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xom ashyolar asosida biologik faol moylar kompozisiyalarini olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
an’anaviy va noan’anaviy moyli xom ashyolarni qayta ishlab, ozuqaviy va biologik qiymati yuqori bo‘lgan rafinatsiyalanmagan o‘simlik moylari kompozisiyalari olish texnologiyasi «Uchqo‘rg‘on-yog‘» AJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 17 iyuldagi KS/Z-347-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy usul bilan o‘simlik moylarini boyitilgan kompozisiyalarini olish imkonini beradi;
davolash va profilaktika iste’moli uchun rafinatsiyalangan o‘simlik moylari kompozisiyalarini tayyorlashda omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari kompozisiyalari olish texnologiyasi «Namangan tola-tekstil» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 17 iyuldagi KS/Z-347-son ma’lumotnomasi). Natijada, omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari kundalik va davolash maqsadlariga yo‘naltirilgan biologik faol o‘simlik moyi kompozisiyalari olish imkonini bergan.