Rapiqov Barkamol Rustamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Norin daryosi gidrologik rejimining yirik gidrotexnik inshootlar ta’sirida o‘zgarishini baholash», 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr228.
Ilmiy rahbar: Xikmatov Fazliddin, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Chembarisov Elmir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor; Rafiqov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Norin daryosi gidrologik rejimining o‘zgarishiga gidrotexnik inshootlar, xususan, To‘xtag‘ul suv omborining ta’sirini baholash va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Norin daryosi tabiiy gidrologik rejimining, xususan, daryo oqimining yillararo tebranishi va o‘zgaruvchanligining To‘xtag‘ul suv ombori ta’siridagi o‘zgarishlari baholangan;
Norin daryosi vegetatsiya hamda novegetatsiya davrlari oqimi miqdorlarining To‘xtag‘ul suv omborining irrigatsiya va energetik rejimlarda ekspluatatsiya qilish sharoitlaridagi o‘zgarishlari aniqlangan;
suv ombori energetik rejimda ekspluatatsiya qilinganda Norin daryosi vegetatsiya davri oqimi miqdorining tabiiy suv rejimiga nisbatan 2,1 marta kamayganligi, aksincha, novegetatsiya davrida 2,8 marta ortganligi aniqlangan;
Norin daryosi oqimining suv ombori ta’sirida yil fasllari – bahorgi (mart-may) va yozgi (iyun-avgust) taqsimlanishlarining miqdoriy o‘zgarishlari tabiiy suv rejimi davriga nisbatan baholangan;
Norin daryosi suv resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash maqsadida havzadagi mavjud suv omborlarining suv sig‘imini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Norin daryosi gidrologik rejimining yirik gidrotexnik inshootlar ta’sirida o‘zgarishini baholash va uning salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Norin daryosi va u quyiladigan Sirdaryo daryosi tabiiy gidrologik rejimi, xususan, daryolar oqimining yillararo tebranishi va o‘zgaruvchanligining To‘xtag‘ul suv ombori ta’sirida o‘zgarishlarini baholash natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligida “Quruqlikdagi er usti suvlari rejimi va resurslari haqida yillik ma’lumotlar”, “Quruqlikdagi er usti suvlari rejimi va resurslari haqida ko‘p yillik ma’lumotlar” hamda “Asosiy gidrologik ko‘rsatkichlar” ma’lumotnomalarini nashrga tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2023 yil 27 iyuldagi 01-15/1317-son ma’lumotnomasi). Natijada, Norin daryosi oqimi miqdorining yillararo o‘zgaruvchanligi, yil davomida oylar va mavsumlar bo‘yicha taqsimlanishini ifodalovchi parametrlarga aniqlik kiritish imkonini bergan;
Norin daryosi vegetatsiya hamda novegetatsiya davrlari oqimi miqdorlarining To‘xtag‘ul suv omborini irrigatsiya va energetik rejimlarda ekspluatatsiya qilish sharoitlaridagi o‘zgarishlarining aniqlangan qiymatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi “Kartografiya” Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasining “Er usti suvlari” bo‘limidagi “Daryolar oqimining yillik taqsimlanishi” ilovasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 26 apreldagi 08-02976-son ma’lumotnomasi). Natijada, To‘xtag‘ul suv ombori ta’sirida Norin daryosi oqimining yil davomida vegetatsiya va novegetatsiya davrlarida taqsimlanishini tezkor baholash imkoniyati yaratilgan;
To‘xtag‘ul suv omborini to‘liq energetik rejimda ekspluatatsiya qilinishi sharoitida Norin daryosi vegetatsiya davri oqimi miqdorining tabiiy rejimga nisbatan 2,1 marta kamayishi, aksincha, novegetatsiya davrida 2,8 marta ortganligini ifodalovchi miqdoriy ko‘rsatkichlardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligida iqtisodiyotning suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchi tarmoqlariga rasmiy ma’lumotnomalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2023 yil 27 iyuldagi 01-15/1317-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchi iqtisodiyot tarmoqlariga taqdim etiladigan, aniq raqamlarda ifodalangan, tezkor gidrologik ma’lumotnomalar tayyorlashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
Norin daryosi oqimining yil fasllari – bahorgi (mart-may) va yozgi (iyun-avgust) taqsimlanishlarining tabiiy suv rejimi sharoitidagi hamda suv ombori ta’siridagi miqdoriy o‘zgarishlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi “Kartografiya” Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasining «Er usti suvlari» bo‘limidan o‘rin olgan “Bahorda daryolar oqimining taqsimlanishi (mart-may)” kartasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 26 apreldagi 08-02976-son ma’lumotnomasi). Natijada, Norin daryosining bahorgi to‘linsuv davri (mart-may) oqimini tezkor miqdoriy baholashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
Norin daryosi suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlash maqsadida, havzadagi mavjud suv omborlari (Rezaksoy, Kengko‘lsoy, Yozyovon, Karkidon, Jizzax, Sardoba va boshq.) ning aniqlangan gidrologik ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi “Kartografiya” Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasining “Er usti suvlari” bo‘limidagi “Suv omborlari: Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari” kartasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 26 apreldagi 08-02976-son ma’lumotnomasi). Natijada, Norin-Sirdaryo havzasidagi suv omborlaridan yanada samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalariga qo‘shimchalar va aniqlik kiritish imkonini bergan.