Xolbaeva Sabina Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiy tizimda inson kapitali faoliyatining ilmiy asoslari», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1650
Ilmiy rahbar: Usmanov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2021.I.16.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Alisher Fayzievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Dilorom Tojiboeva iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy tizimda inson kapitalining ishlashini tahlil qilishning ilmiy va uslubiy tamoyillarini ishlab chiqish va uning rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra inson va yaxlit holdagi jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirishda foydalaniluvchi bilim, malaka va ko‘nikmalar majmui sifatida talqin etiluvchi “inson kapitali” tushunchasi mehnat jarayonida foydalanish natijasida o‘z egasi hamda milliy iqtisodiyotga daromad ko‘rinishidagi muayyan foyda keltiradigan tug‘ma, shakllangan va to‘plangan bilim, ko‘nikma, qobiliyat va salomatlikka ega ishchi kuchi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra yakka tartibdagi, jamoaviy va milliy darajalarda namoyon bo‘luvchi inson kapitalini iqtisodiy tizimdagi ishtiroki xususiyatlariga ko‘ra uning kelib chiqishi va shakllanishi (passiv ishtirok), mehnat faoliyati (faol ishtirok) va pensiya davri (mehnatdan keyingi faoliyat) kabi guruhlarga tasniflash taklifi asoslab berilgan:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan ishchining muayyan vaqt (soat, kun, hafta, oy, yil)  birligidagi mehnati uchun qonunan to‘lanishi majbur bo‘lgan “eng kam ish haqi” (EKIH) tushunchasi inson hayotini minimal darajada ta’minlay olishi uchun ishchining aqliy va jismoniy jihatdan sarflyagan energiyasini qoplash uchun etadigan minimal miqdordagi to‘lov nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
mamlakatda inson kapitalining me’yordagi faoliyatini ta’minlashga mutassaddi idora va tashkilotlar tomonidan doimiy asosda respublika hududlari doirasida davlat organlari, iqtisodiyotning real tarmoqlari va sohalarida ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va aniq kasblar bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganib hamda keyingi o‘rta muddatga mo‘ljallangan prognozini shakllantirib borish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy natijalar va yangiliklar taqdim etildi va joriy etildi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra inson va yaxlit holdagi jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirishda foydalaniluvchi bilim, malaka va ko‘nikmalar majmui sifatida talqin etiluvchi “inson kapitali” tushunchasi mehnat jarayonida foydalanish natijasida o‘z egasi hamda milliy iqtisodiyotga daromad ko‘rinishidagi muayyan foyda keltiradigan tug‘ma, shakllangan va to‘plangan bilim, ko‘nikma, qobiliyat va salomatlikka ega ishchi kuchi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 23-fevraldagi 59-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan guvohnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida inson kapitali tushunchasining nazariy va uslubiy jihatlarini takomillashtirish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga imkoni yaratilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra yakka tartibdagi, jamoaviy va milliy darajalarda namoyon bo‘luvchi inson kapitalini iqtisodiy tizimdagi ishtiroki xususiyatlariga ko‘ra uning kelib chiqishi va shakllanishi (passiv ishtirok), mehnat faoliyati (faol ishtirok) va pensiya davri (mehnatdan keyingi faoliyat) kabi guruhlarga tasniflash taklifi asoslab berilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2023-yil 23-fevraldagi 59-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan guvohnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida inson kapitali tushunchasining nazariy va uslubiy jihatlarini takomillashtirish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga imkoni yaratilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan ishchining muayyan vaqt (soat, kun, hafta, oy, yil)  birligidagi mehnati uchun qonunan to‘lanishi majbur bo‘lgan “eng kam ish haqi” (EKIH) tushunchasi inson hayotini minimal darajada ta’minlay olishi uchun ishchining aqliy va jismoniy jihatdan sarflyagan energiyasini qoplash uchun etadigan minimal miqdordagi to‘lov nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 23-fevraldagi 59-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan guvohnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida inson kapitali tushunchasining nazariy va uslubiy jihatlarini takomillashtirish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga imkoni yaratilgan;
mamlakatda inson kapitalining me’yordagi faoliyatini ta’minlashga mutassaddi idora va tashkilotlar tomonidan doimiy asosda respublika hududlari doirasida davlat organlari, iqtisodiyotning real tarmoqlari va sohalarida ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va aniq kasblar bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganib hamda keyingi o‘rta muddatga mo‘ljallangan prognozini shakllantirib borish taklifi asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 25-martdagi 18/1-01367-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi mehnat bozorida talab va taklif mutanosibligiga erishishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish