Saydiaxmatxonov Saydiazizxon Saydino‘’monxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi    himoyasi haqida e’lon

I.     Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Son suyagi diafizining sinishlarida jarrohlik usuli bilan davolashni optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1052.
Ilmiy rahbar: Dursunov Axmad Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Fayzulla Xabibullaevich,  tibbiyot fanlari doktori; Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: son suyagi diafizar sinishlarida sinish turi va lokalizatsiyasiga ko‘ra differensial yondashuv orqali xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
son suyagi diafizar sinishlarida suyak bo‘laklarini six, six-fiksator, distraktor, parallel` joylashgan ramalar va G-simon shinalar yordamida repozisiya qiluvchi skelet tortimi moslamasi ishlab chiqilgan, moslamadan foydalanish suyak bo‘laklarining rotatsion siljishlarini yo‘qotish, suyak o‘qini to‘g‘rilash, bloklovchi intramedullyar osteosintez (BIOS) amaliyotini oson bajarish imkonini berishi isbotlangan;
son suyagi diafizar sinishilarini ochik usulda bajariladigan BIOS vaqtida suyak bo‘laklarini kortikal vintlar bilan qo‘shimcha ravishda Krupko uslubida fiksatsiya qilish kombinatsiyasi ishlab chiqilgan, bunda suyak bo‘laklari stabilligi va konsolidatsiyaning kechikmasligi isbotlangan;
son suyagi diafizar sinishlarida jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng MSKT tekshiruvida Xaunsfild (HU) ko‘rsatkichlari singan sohada kortikal qavatning zichligi 500 HU va kanalning ichki zichligi 100 HU bo‘lganda dinamizatsiya qilishga ko‘rsatma bo‘lishi isbotlangan;
son suyagi o‘rta uchligidan ko‘ndalang, maydalangan va bilokal sinishlarida - yopiq BIOS; son suyagi yuqori va pastki uchligi spiralsimon, maydalangan va bilokal sinishlarida - ochiq usulda BIOS; son suyagi o‘rta uchligi ko‘p bo‘lakli sinishlari, yumshoq to‘qima interpozisiyasi, suyak zichligi o‘rtacha <60HU bo‘lganda - aylana sim + BIOS; son suyagi yuqori va pastki uchligi ko‘p bo‘lakli, nostabil sinishlari, yumshoq to‘qima interpozisiyasi va suyak zichligi 60-100 HU bo‘lganda kortikal vint + BIOS jarrohlik usullarini qo‘llashdan tashkil topgan repozisiya qiluvchi moslama asosida bajariladigan differensial jarroxlik davolash taktikasi ishlab chiqilgan va operatsiya oldi tanlovida foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan moslama asosida: yopiq BIOS, ochiq BIOS, ochiq BIOS + kortikal vint, ochiq BIOS + aylana sim jarroxlik kombinatsiyalarini differensial tanlash asosida son suyagi diafizar sinishlarini davolash natijalarini oyoqning anatomik va biomexanik o‘qi to‘g‘rilanishi ma’lumotlariga ko‘ra baholash mezonlari ishlab chiqilgan va davolashdan keyingi yaqin davrda 95,6+0,38 ball, uzoq davrda 98,8+0,35 ball ko‘rsatkichlari asosida asoratlarning oldi olinishi isbotlangan.
    IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 22 sentyabridagi 03/20-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 13 yanvardagi 03/52-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: son suyagi diafizar sinishlarida suyak bo‘laklarini six, six-fiksator, distraktor, parallel` joylashgan ramalar va G-simon shinalar yordamida repozisiya qiluvchi skelet tortimi moslamasi ishlab chiqilgan, moslamadan foydalanish suyak bo‘laklarining rotatsion siljishlarini yo‘qotish, suyak o‘qini to‘g‘rilash, bloklovchi intramedullyar osteosintez (BIOS) amaliyotini oson bajarish Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (№02161A, 23.09.2022 yil), RShTYoIM Toshkent viloyati filliali (№01-426, 22.10.2022y.) va Sirdaryo tibbiyot klasteri (№229/1, 07.05.2022 yil) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar son suyagi diafizar sinishi bo‘lgan bemorlarni sifatli davolash samaradorligini oshirib, bemorni yotoq kunlari qisqarishiga va ish faoliyatini erta tiklash imkonini bergan shu bilan birga davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 5 kungacha qisqartirdi, va shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 2065000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 295000 so‘mni tashkil qiladi); - taklif qilingan repozisiyalovchi qurilmani qo‘llamagan holda bajarilgan jarrohlik amaliyoti bilan taklif etilgan jarrohlik muolajasining farqi 1400000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - taklif qilingan repozisiyalovchi qurilmani qo‘llamagan holda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarga shifoxonada dori- darmonlarga sarf qilingan mablag‘ miqdori o‘rtacha 1000000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, taklif qilingan repozisiyalovchi qurilmani qo‘llanilgan holda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarga shifoxonada dori darmonlarga sarf qilingan mablag‘ miqdori o‘rtacha 600000 so‘mni tashkil qildi, bu esa 400000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi. Bundan tashqari, ko‘p funksiyali operatsion stolning maxsus distraktor qismi tan narxi jahon bozorida 7000-8000 AQSh dollarni tashkil qiladi. Ishlab chiqilgan mahalliy repozisiya qiluvchi skelet tortimi moslamasi esa ko‘p funksiyali operatsion stolning maxsus distraktor qismi o‘rnini bosadi. Bu esa shifoxona uchun taxminan 6900-7900 AQSh dollarini tejash imkonini beradi. Xulosa: son suyagi diafiz qismi sinishlarini xirurgik davolashda, siljigan suyak bo‘laklarini, o‘qini to‘g‘rilashda takomillashtirilgan repozisiyalovchi uskunani qo‘llanilishi, jarrohlik muolajasi vaqtini qisqarishi, xirurgik amaliyotda qon kam yo‘qotilishi, 61,4% bemorlarda yopiq usulda osteosintez qilinishi natijasida davolashdan keyingi yaqin va uzoq davrlarda singan sohada osteoreparatsiya jarayonlarini normal kechishiga ya’ni qadoqlar hosil bo‘lishiga optimal sharoit yaratishi 1 bemor uchun 1800000 so‘m iqtisod qilishni va shifoxona uchun esa 6900-7900 AQSh dollarini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: son suyagi diafizar sinishilarini ochiq usulda bajariladigan BIOS vaqtida suyak bo‘laklarini kortikal vintlar bilan qo‘shimcha ravishda Krupko uslubida fiksatsiya qilish kombinatsiyasi ishlab chiqilgan, bunda suyak bo‘laklari stabilligi va konsolidatsiyaning kechikmasligi imkonining oshishi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (№02161A, 23.09.2022 yil), RShTYoIM Toshkent viloyati filliali (№01-426, 22.10.2022y.) va Sirdaryo tibbiyot klasteri (№229/1, 07.05.2022 yil) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Olingan natijalar son suyagi diafizar sinishi bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga va qayta jarrohlik amaliyotini bajarmaslikka bo‘lgan talabni 10%ga kamaytirish imkonini bergan shu bilan birga davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddati 12 kundan 5 kungacha qisqardi, shifoxonada bulish to‘lov miqdori taxminan 2065000 so‘mga kamaydi (shifoxonada 1 kun qolish 295000 so‘mni tashkil qiladi); - qayta jarrohlik amaliyotini bajarish uchun shifoxonaga qayta yotqizilib shifoxona xarajatlariga ja’mi taxminan 8000000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi; - BIOS implantlarini ishlatmaslik esa o‘z navbatida yana ishlatilayotgan metall moslamalar bilan farqini 5500000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: son suyagi diafizar sinishilarini ochiq usulda bajariladigan BIOS vaqtida suyak bo‘laklarini kortikal vintlar bilan qo‘shimcha ravishda Krupko uslubida fiksatsiya qilish kombinatsiyasi 1 bemor uchun 14565000 so‘m iqtisodi imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: son suyagi diafizar sinishlarida jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng MSKT tekshiruvida Xaunsfil`d (HU) ko‘rsatkichlari singan sohada kortikal qavatning zichligi 500 HU va kanalning ichki zichligi 100 HU bo‘lganda dinamizatsiya qilishga ko‘rsatma bo‘lishi muhimligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (№02161A, 23.09.2022 yil), RShTYoIM Toshkent viloyati filliali (№01-426, 22.10.2022y.) va Sirdaryo tibbiyot klasteri (№229/1, 07.05.2022 yil) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • klinik va rentgenologik, MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanib, son suyagi diafizar sinishlarini davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, dinamizatsiya vaqtini to‘g‘ri aniqlash jarrohlik amaliyotidan keyin bemorda bitmaslik va soxta bo‘g‘im rivojlanishi va shularning oqibatida qayta jarrohlik amaliyotini bajarmaslik va bemorning mehnat faoliyatini erta tiklash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: son suyagi diafizar sinishlari diagnostikasi kompleksli bo‘lishi va uning fizikal va rentgen tekshiruvlarga asoslanib qabul qilingan algoritmini MSKT bilan to‘ldirish tavsiya etilishi, rentgenologik va MSKT tekshiruvlarga ko‘ra, son suyagi diafizar sinishlari bo‘lgan bemorlarni dinamizatsiya jarrohlik davolash usulini o‘z vaktida aniqlash uchun ishlab chiqilgan algoritm travmadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlashga imkon berish natijasida nogironlik darajasini pasaytirish iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: son suyagi diafizar sinishlarida jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng MSKT tekshiruvida Xaunsfil`d (HU) ko‘rsatkichlari singan sohada kortikal qavatning zichligi 500 HU va kanalning ichki zichligi 100 HU bo‘lganda dinamizatsiya qilishga ko‘rsatma bo‘lishi taktikasini qo‘llash singan soxada bitishni tezlashtirishi hisobiga bemorni qayta operatsiyaga bormasligi oqibatida mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: son suyagi o‘rta uchligidan ko‘ndalang, maydalangan va bilokal sinishlarida - yopiq BIOS; son suyagi yuqori va pastki uchligi spiral`simon, maydalangan va bilokal sinishlarida - ochiq usulda BIOS; son suyagi o‘rta uchligi ko‘p bo‘lakli sinishlari, yumshoq to‘qima interpozisiyasi, suyak zichligi o‘rtacha <60HU bo‘lganda - aylana sim + BIOS; son suyagi yuqori va pastki uchligi ko‘p bo‘lakli, nostabil sinishlari, yumshoq to‘qima interpozisiyasi va suyak zichligi 60-100HU bo‘lganda kortikal vint + BIOS jarrohlik usullarini qo‘llashdan tashkil topgan repozisiya qiluvchi moslama asosida bajariladigan differensial jarrohlik davolash taktikasi ishlab chiqilgan va operatsiya oldi tanlovida foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (№02161A, 23.09.2022 yil), RShTYoIM Toshkent viloyati filliali (№01-426, 22.10.2022y.) va Sirdaryo tibbiyot klasteri (№229/1, 07.05.2022 yil) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • son suyagi o‘rta uchligidan ko‘ndalang, maydalangan va bilokal sinishlarida - yopiq BIOS; son suyagi yuqori va pastki uchligi spiral`simon, maydalangan va bilokal sinishlarida - ochiq usulda BIOS; son suyagi o‘rta uchligi ko‘p bo‘lakli sinishlari, yumshoq to‘qima interpozisiyasi, suyak zichligi o‘rtacha <60HU bo‘lganda - aylana sim + BIOS; son suyagi yuqori va pastki uchligi ko‘p bo‘lakli, nostabil sinishlari, yumshoq to‘qima interpozisiyasi va suyak zichligi 60-100HU bo‘lganda kortikal vint + BIOS jarrohlik usullarini qo‘llashdan tashkil topgan repozisiya qiluvchi moslama asosida bajariladigan differensial jarrohlik davolash taktikasi 93,9% hollarda yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi, bu esa jarrohlik amaliyoti vaqtida to‘qimalarning kamroq shikastlanishi, minimal asoratlar, statsionar davolanishning qisqa muddati va chanoq-son hamda tizza bo‘g‘imlarining funksional tiklanish vaqtini qisqartirish bilan davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davrida: - shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 5 kungacha qisqartirtirdi, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 2065000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 295000 so‘mni tashkil qiladi); - taklif qilingan davolash taktikasini qo‘llamagan holda bajarilgan jarrohlik amaliyoti bilan taklif etilgan jarrohlik muolajasining farqi 1400000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - taklif qilingan davolash taktikasini qo‘llamagan holda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarga shifoxonada dori-darmonlarga sarf qilingan mablag‘ miqdori o‘rtacha 1000000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, taklif qilingan davolash taktikasini qo‘llanilgan holda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarga shifoxonada dori darmonlarga sarf qilingan mablag‘ miqdori o‘rtacha 600000 so‘mni tashkil qildi, bu esa 400000 so‘m mablag‘ni tejash imkonin berdi; 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: son suyagi o‘rta uchligidan ko‘ndalang, maydalangan va bilokal sinishlarida - yopiq BIOS; son suyagi yuqori va pastki uchligi spiral`simon, maydalangan va bilokal sinishlarida - ochiq usulda BIOS; son suyagi o‘rta uchligi ko‘p bo‘lakli sinishlari, yumshoq to‘qima interpozisiyasi, suyak zichligi o‘rtacha <60HU bo‘lganda - aylana sim + BIOS; son suyagi yuqori va pastki uchligi ko‘p bo‘lakli, nostabil sinishlari, yumshoq to‘qima interpozisiyasi va suyak zichligi 60-100HU bo‘lganda kortikal vint + BIOS jarrohlik usullarini qo‘llashdan tashkil topgan repozisiya qiluvchi moslama asosida bajariladigan differensial jarrohlik davolash taktikasi orqali amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti usuli 1 bemor uchun 1800000 so‘m iqtisod qilishni imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan moslama asosida: yopiq BIOS, ochiq BIOS, ochiq BIOS + kortikal vint, ochiq BIOS + aylana sim jarrohlik kombinatsiyalarini differensial tanlash asosida son suyagi diafizar sinishlarini davolash natijalarini oyoqning anatomik va biomexanik o‘qi to‘g‘rilanishi ma’lumotlariga ko‘ra baholash mezonlari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (№02161A, 23.09.2022 yil), RShTYoIM Toshkent viloyati filliali (№01-426, 22.10.2022y.) va Sirdaryo tibbiyot klasteri (№229/1, 07.05.2022 yil) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar oyoq o‘qini to‘g‘irlanishi, jarrohlik aralashuvi vaqtini qisqarishi, erta reabilitatsiya boshlash va tizza bo‘g‘imlari funksiyasini to‘liq tiklash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 7,1%gacha kamaytirishga; yumshoq to‘qimalarga kam jarohat etkazish, asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 98.8% hollarda yaxshi natijalar olishga; son suyagi diafizar sinishi bo‘lgan bemorlarni diagnostika va davolash sifati samaradorligini oshirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat (1 nafar bemor hisobiga): 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddati 5 kun bo‘lib 1475 ming so‘m (shifoxonada 1 kun qolish 295.000 so‘mni tashkil qiladi); - qayta operativ implantlar bilan davo qilishni oldini olish 5500 ming so‘mni iqtisod qilishga imkon beradi. Xulosa: son suyagi diafizar sinishlarini bajariladigan jarrohlik davolash usuli takroriy davo oldini olish hisobiga 5500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi..

Yangiliklarga obuna bo‘lish