Mexmonxonov Mansurxon Maqsudxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘mir asosidagi adsorbent mustahkamligi va adsorbsion xususiyatlariga bog‘lovchi qo‘shimcha tabiati ta’sirining tadqiqi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/K676.
Ilmiy rahbar: Baxronov Hayot Nurovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Jumaeva Dilnoza Juraevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bog‘lovchi qo‘shimcha moddalar xususiyatini uglerodli adsorbentlarning mustahkamligi va adsorbsion xossalariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik bilan ishlov berish jarayonida 1CSKOM namunasi eng yuqori unumli ko‘mirga (68,01%), 1TR namunasi esa ko‘mirning bir qismini yoqish natijasida massa va suvni yo‘qotish bilan bog‘liq ravishda eng past unimi (49,72%)da ega ekanligi aniqlangan;
KON kontsentratsiyasining 30% gacha oshishi ko‘mir namunalari nisbiy yuzasining oshishiga olib kelib, ko‘mir tizimidagi ishqor konsentratsiyasining yanada ortishi bilan yuza oshishini sekinlashtirishi aniqlangan, bu esa ushbu namunalar uchun optimal g‘ovakli tuzilishga erishishi asoslangan;
donador ko‘mirning eng yaxshi shakllanishi bog‘lovchining 1500-6000 Pa∙s gacha bo‘lgan dinamik qovushqoqlik qiymatlarida va eng yuqori mustahkamlik ko‘rsatkichlariga koks qoldig‘ini 10-15% saqlagan samarali bog‘lovchidan optimal foydalanish orqali erishish mumkinligi isbotlangan;
donador va g‘ovakli tuzilishning yuqori natijalariga erishish uchun quritish va 500° C haroratda kuydirish samarali ekanligi aniqlangan va bunday sharoitda granulyasiyagacha mos ravishda 898,69; 753,62 va 586,15 m2/g qiymatlariga nisbatan A1SSKOM1K-3(24); A1SSSSh1K-3(24) va A1TR1K-3(24) ko‘mirlari uchun nisbiy yuza qiymatlari 860,9; 745,4 va 597,1 m2/g ni tashkil etganligi aniqlangan;
kationli bo‘yoq bo‘yicha adsorbsion faollikning oshishi nisbiy yuza ortishi qatoriga A1TR1K-3(30)<A1SSSSh1K-3(25)<A1SSKOM1K-3(24) mos kelishi, anion bo‘yoq bo‘yicha adsorbsion faollik esa o‘lchami bo‘yicha mos keluvchi g‘ovaklar miqdori va ko‘mir adsorbentlar yuzasida mavjud bo‘lgan anionalmashinish markazlariga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘mir va bog‘lovchilarga asoslangan donador ko‘mir adsorbentlarini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqova suvlarni tozalash uchun A1SSKOM1K-3(24), A1SSSSShK-3(25) va A1TRK-3(30) ko‘mir asosidagi uglerod adsorbentlari «ARTSOFTTEX» va «UZWOOLENTEX» MChJ bo‘yoqlash sexlarida joriy qilingan (O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT uyushmasining 2023 yil 17 avgustdagi 03/25-1812-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘mir adsorbentlari oqava suvdagi rang beruvchi moddalarni mos ravishda 96,3; 91;3 va 83,5 % ga kamaytirish imkonini bergan;
oqova suvlarni bo‘yoqlardan tozalash uchun A1SSKOM1K-3(24), A1SSSSShK-3(25) va A1TRK-3(30) ko‘mir asosidagi uglerod adsorbentlari regeneratsiya qilish va qayta qo‘llash usuli «ART SOFT TEX» va «UZWOOLENTEX» MChJ bo‘yoqlash sexlarida joriy qilingan (O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT uyushmasining 2023 yil 17 avgustdagi №03/25-1812-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, regeneratsiyalangan ko‘mir adsorbentlar oqava suvdagi rang beruvchi moddalarni mos ravishda 91,3; 84,0 va 66,5%, ga kamaytirishga imkon bergan.