Xusanov Umidjon Shokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gulxayri va sedana o‘simliklari asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K573.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muminov Muydinjon, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Maxsadbek Mo‘ydinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Dexqonov Raxmatilla Sultonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gulxayri va sedana shifobaxsh o‘simliklari urug‘la-ridan ajratib olish, olingan moylar asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari olish, kimyoviy tarkibi va fizik kimyoviy xossalarini aniqlash hamda ularga kimyoviy tarkibi asosida TIF, TN bo‘yicha yangi tovar kod raqamlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
induksion bog‘langan plazmali emission spektroskopiya usulida gulxayri moyida 26 ta, sedana moyida 28 ta makro-va mikroelementlarni miqdori aniqlangan hamda ular asosida molyar tarkibidagi elementlarning miqdori ortib borish tartibi ishlab chiqilgan;
sedana urug‘larining tarkibidagi aminokislotalar va terpenoidlar miqdorini aniqlandi, hamda ularda yallig‘lanishga qarshi ijobiy ta’sir etuvchi arginin, glutamin kabi aminokislotalar hamda timoxinon, α-va β-pinen moddalari mavjudligi isbotlandi;
gulxayri va sedana o‘simliklari moylarining kimyoviy tarkibi zamonaviy fizik-kimyoviy analiz usullari fosfomolibdenli, spektrofotometrik, Steven A, Cohen Daviel usullari yordamida aniqlangan;
gulxayri va sedana moylari asosida olingan oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidantlik faolligini E.Prieto tomonidan ishlab chiqilgan fosfomolibdenli usul yordamida aniqlanganda “ASXUM” 40% ga, “ASQARAXUM” esa 61,3% ga  askorbin kislotaga nisbatan yuqori antioksidant ekanligi isbotlangan;
oziq-ovqat qo‘shilmalarini antiradikallik faolliklari aniqlash uchun barqaror radikal (DFPG) molekulalarini kamaytirish kinetikasi spektrofotometrda o‘lchanganda ASXUM glikloziddan 12,2%, ASQARAXUM esa  10% yuqori yaqin ekanligini aniqlangan;
“ASXUM” va “ASQARAXUM” oziq- ovqat  qo‘shilmalarining farmo- toksi-kologik ko‘rsatkichi Lima usuli yordamida aniqlanganda, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini VI – zaharsiz birikmalar sinfiga mansub ekanligi isbotlangan;
olingan yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari kimyoviy tarkibiga ko‘ra sinflanib, ularga TIF TN bo‘yicha yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan biologik faol moddalar saqlovchi ayrim oziq-ovqat qo‘shilmalarini yaratish va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gulxayri va sedana urug‘lari moylari asosida olingan tabiiy yallig‘lanishga qarshi “ASXUM” va “ASQARAXUM” nomli yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy Sertifikatlash tizimi tomonidan muvofiqlik sertifikati olingan (№  UZ. SMT. 01. 0094. 96108495, O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  31-8/602 sonli “Sanitariya- epide-miologiya xulosasi”). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida identifikasiyalash imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha “tarkibida gulxayri va sedana o‘simliklari bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari moylari” uchun 210690980 7 kod raqami ishlab chiqilgan va Davlat bojxona amalyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 17/05-23-037-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish