Rajabova Nilufar Turabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak ishemik kasalligi menopauzal davrida immun-endokrin gomeostaz”14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2021.2. PhD /Tib.1882.
Ilmiy rahbari: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shaxnoza Kadirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nurbaev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: menopauzal davrdagi ayollarda yurak ishemik kasalligini destabilizatsiyasi va rivojlanishidagi gormonal gomeostazning klinik-immunologik jihatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor menopauzal davrdagi YuIK bor bemorlarda yurak va qon tomirlarining endotelial buzilishlarining rivojlanishida muhim bo‘lgan xavf omillari sifatida klimakterik davrning og‘irlik darajasini ahamiyati, endokrin gomeostaz buzilishi va YuQTKlari rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslangan; 
menopauzal davrdagi YuIK bor ayollarda interleykin-17,TNF-α (Tumor Necrosis Factor) interleykin-1β, interleykin-6 autoimmun patologik reaksiyalarni, yallig‘lanish induksiyalarini rivojlanishiga olib kelishi, interleykin-6 ning biologik roli immun himoyani faollashtirishi va tiklanish mexanizmlarini induksiyalashi, interleykinlar o‘rtasidagi o‘zaro aniq korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
YuIK yo‘q bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish oldi interleykin-6 va interleykin-17 o‘rtasida o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan bevosita ishonchli bog‘liqlik borligi asoslangan;
YuIKning og‘ir shakllarida xavf omillarini hisobga olgan holda  Simisifuga dori vositasi bilan davolashning samaradorligi va  o‘rganilgan gormonlar spektri: estradiol, estriol, estron va progesteron konsentratsiyalarini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Samarqand Davlat tibbiyot Universiteti prorektorining 2022 yil 10-dekabrdagi 5031-sonli xatiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi  8n-z/698-son ma’lumotnomasi yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor menopauzal davrdagi YuIK bor bemorlarda yurak va qon tomirlarining endotelial buzilishlarining rivojlanishida muhim bo‘lgan xavf omillari sifatida klimakterik davrning og‘irlik darajasini ahamiyati, endokrin gomeostaz buzilishi va YuQTKlari rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi Xorazm viloyati Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.12.2022-yildagi 2319-12-171-TB/2022-sonli buyruq hamda Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 7.12.2022-yildagi 954-12-178-TB/2022-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif qilingan davolash usuli bemorlarning yotoqda yotadigan kunlar sonini qisqartiradi, davolash samaradorligini oshiradi, davolash natijalari bemorlarni jamiyatda faol hayot tarziga qaytishiga, umrining uzayishiga va o‘lim hamda nogironlik ko‘rsatkichining kamayishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikka bemorlarni yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlari va qaytalanishini oldini olish bilan erishilgan. Ushbu ayollarni olib borish taktikasida gormonal holatning buzilishi, sitokin statusini o‘zgarishi erta aniqlanganda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,5 kundan 5 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 486 000 so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 162 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga 375 000 so‘m dori-darmon kam xarajat qilishga erishilgan (1 kunga o‘rtacha 1 nafar bemor uchun 125 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1 nafar bemor hisobidan 1 kunga 287 000 so‘mni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida yil davomida yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Xulosa: klimakterik sindromning og‘irlik darajasi bo‘yicha og‘ir ahvoldagi bemorlarda simptomlarni namoyon bo‘lishi turli kombinatsiyalarda aniqlangan, bunda yaqqol namoyon bo‘lgan simptomlar – arterial bosimni ortishi, yurakni urib ketishi va yurak sohasidagi og‘riqlar ustunlikka ega bo‘ldi. Shu bilan bir vaqtda, o‘rtacha og‘irlik darajasidagi klimakterik sindrom simptomlarida depressiya belgilari, yuqori darajadagi yig‘loqilik, xotirani pasayishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Klimakterik sindromning og‘ir darajasi bilan og‘rigan bemorlarda yurakning ishemik kasalligi, klimakterik sindromning o‘rtacha og‘ir darajasi bilan og‘rigan ayollarga nisbatan 69% yuqoridir. 
ikkinchi ilmiy yangilik: menopauzal davrdagi YuIK bor ayollarda interleykin-17,TNF-α (Tumor Necrosis Factor) interleykin-1β, interleykin-6 autoimmun patologik reaksiyalarni, yallig‘lanish induksiyalarini rivojlanishiga olib kelishi, interleykin-6 ning biologik roli immun himoyani faollashtirishi va tiklanish mexanizmlarini induksiyalashi, interleykinlar o‘rtasidagi o‘zaro aniq korrelyasion bog‘liqligi Xorazm viloyati Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.12.2022-yildagi 2319-12-171-TB/2022-sonli buyruq hamda Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 7.12.2022-yildagi 954-12-178-TB/2022-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolash natijalari bemorlarni jamiyatda faol hayot tarziga qaytishiga, umrining uzayishiga va o‘lim hamda nogironlik ko‘rsatkichining kamayishiga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikka bemorlarni kasallikning asoratlarini kamaytirish, shifoxonaga murojaat qilish sonining pasayishi va erta tashxislash bilan erishilgan. 1 nafar bemor uchun ushbu keltirilgan tekshiruv amaliyoti bemorlarning davolanishdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib kelgan: qayta ko‘rik – 120 000 so‘m; qayta siydik tahlili – 47 000 so‘m; qayta qon tahlili – 58 000 so‘m; EKG – 57 000 so‘m; dori-darmonlar xarajati – 110 000 so‘m. 1 nafar bemor uchun 392 000 so‘m umumiy iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon bergan. Xulosa: Simisifuga dori vositasini qo‘shish bilan olib borilgan an’anaviy davolash majmuasidan keyingi o‘rganilgan gormonlar spektri estradiol, estriol, estron va progesteron konsentratsiyasini ishonchli ravishda oshiradi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari yurak ishemik kasalligining og‘ir shakllarini xavf omillarini hisobga olish bilan menopauza davrida gormon o‘rnini bosuvchi davolashni mos ravishda tanlashga imkon berdi. Ushbu davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 392 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 506 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: YuIK yo‘q bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish oldi interleykin-6 va interleykin-17 o‘rtasida o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan bevosita ishonchli bog‘liqligi Xorazm viloyati Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.12.2022-yildagi 2319-12-171-TB/2022-sonli buyruq hamda Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 7.12.2022-yildagi 954-12-178-TB/2022-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolash natijalari bemorlarni jamiyatda faol hayot tarziga qaytishiga, umrining uzayishiga va o‘lim hamda nogironlik ko‘rsatkichining kamayishiga yordam bergan. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra, bemorlarning shifoxonada va ambulator ravishda davolanishini kamayishiga sabab bo‘ladi hamda bir yilda bemorlar umumiy xarajatlarini 1 nafar bemor uchun 1 850 000 so‘m iqtisod qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikka bemorlarni yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlari va qaytalanishini oldini olish uchun erta tashxislash, asoratlar rivojlanganda davolashning umumiy qiymatini kamaytirish bilan erishilgan. Xulosa: yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlar guruhida TNF-α (Tumor Necrosis Factor)darajasi nazorat guruhiga va yurak ishemik kasalligi yo‘q bo‘lgan bemorlar guruhiga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo‘lgani aniqlandi. Interleykin-1β tarkibi esa birinchi guruh bemorlarda (16,8±0,23), ikkinchi guruh ayollarda (10,5±0,21 pg/ml) bo‘lib, bu kuzatuv guruhlariga mos keladigan normativ ko‘rsatkichlaridan mos ravishda 1,32 va 2,13 marta oshib ketganligi aniqlandi. Ushbu holatning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemorga byudjet mablag‘larini 1 850 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 980 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: YuIKning og‘ir shakllarida xavf omillarini hisobga olgan holda Simisifuga dori vositasi bilan davolashning samaradorligi va  o‘rganilgan gormonlar spektri: estradiol, estriol, estron va progesteron konsentratsiyalarini sezilarli darajada oshirishi   aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.12.2022-yildagi 2319-12-171-TB/2022-sonli buyruq hamda Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 7.12.2022-yildagi 954-12-178-TB/2022-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolash natijalari bemorlarni jamiyatda faol hayot tarziga qaytishiga, umrining uzayishiga va o‘lim hamda nogironlik ko‘rsatkichining kamayishiga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikka bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarining qaytalanishini va asoratlarini oldini olish uchun erta tashxislash, asoratlar rivojlanganda davolashning umumiy qiymatini kamaytirish orqali erishilgan. 1 nafar bemor uchun 1 580 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: Simisifuga dori vositasini qo‘shish bilan olib borilgan an’anaviy davolash majmuasidan keyin o‘rganilgan gormonlar spektri, estradiol, estriol, estron va progesteronlar konsentratsiyasini ishonchli ravishda oshiradi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari yurak ishemik kasalligining og‘ir shakllari rivojlanishini xavf omillarini hisobga olish bilan menopauzal gormonal davolashni individuallashtirishga imkon beradi. Ushbu holatda aytib o‘tilgan davolash taktikasining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 860 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish