Berdishev Abduraxim Suleymanovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er osti ichimlik suvlarini zararsizlantiruvchi elektrotexnologiyaning ilmiy-metodologik asoslari”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T674
Ilmiy rahbar: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ashraf, texnika fanlari doktori, professor; Muzafarov Shavkat Mansurovich, texnika fanlari doktori, professor; Keshuov Seitkazy Asilseitovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  er osti ichimlik suvini ultrabinafsha nurlanishi bilan zararsizlantirish texnologiyasini takomillashtirish tamoyillari va usullarini ishlab chiqish va ultrabinafsha nurlanish manbalari uchun avtonom energiya ta’minoti tizimini asoslashdir. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
quyosh panellari asosida avtonom energiya manbalarida ishlaydigan ultrabinafsha nurlanishga asoslangan suv tozalash tizimlaridan foydalangan holda ichimlik suvini zararsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tozalangan suv qatlamining nisbiy energiya intensivligi dezinfeksiya jarayonida energiya xarajatlarini minimallashtirish imkonini beruvchi yakuniy munosabatlar usuli yordamida aniqlangan;
quyosh nurlanishining intensivligi, atrof-muhit harorati, shamol tezligi va quyosh panellarining yo‘naltirilganligi kabi o‘zgaruvchan tashqi omillarning energiya xususiyatlariga ta’sirini hisobga oluvchi quyosh fotoelektrik qurilmasini hisoblashning chuqurlashtirilgan modeli ishlab chiqildi;
quyosh fotoelektr qurilmasidan foydalangan holda suvni zararsizlantirish elektrotexnologiyasining ilmiy-uslubiy asosi ishlab chiqildi, bu o‘z navbatida mahalliy meteorologik sharoitlarni hisobga olgan holda elektr ta’minoti tizimini optimallashtirilgan;
er osti ichimlik suvini ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari avtonom zararsizlantirish stansiyasining tarkibini asoslash va quyosh fotoelektr stansiyasini simulyasiya qilish asosida uning ishonchliligi baholangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Er osti ichimlik suvlarini zararsizlantiruvchi elektrotexnologiyaning ilmiy-metodologik asoslari” bo‘yicha olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra:
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan avtonom suv tozalash qurilmasi (“Avtonom suv tozalash qurilmasi” IAP 065371-2013) uchun ixtiroga patent olingan. Natijada kam energiya sarfi bilan suvni zararsizlantiruvchi qurilma konstruksiyasini ishlab chiqish imkon bergan;
er osti ichimlik suvini ultrabinafsha nurlanishi bilan zararsizlantirish texnologiyasi va qurulmasi Namangan shaxridagi “Namangan suv ta’minoti” MChJ da suvni zararsizlantirishda joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi ekalogiya, atrof-muxitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi” vazirligining 2023 yil 24 iyuldagi № 03-03/3-3103-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suvni ultrabinafsha nurlanishi bilan zararsizlantirish texnologiyasi amaldagi texnologiyaga nisbatan yiliga 1 tonna 460 kg xlor va 166120 kVt/soat elektr energiyasini tejash orqali kutiladigan iqtisodiy samaradorlikni 156543000 so‘mga oshirish imkoniyati yaratilgan;
er osti ichimlik suvlarini zararsizlantiruvchi Xorazm viloyati “Qo‘shko‘pir tuman suv ta’minoti” MChJ da joriy etilgan. (“O‘zbekiston Respublikasi ekalogiya, atrof-muxitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi” vazirligining 2023 yil 24 iyuldagi № 03-03/3-3103-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda sarflanadigan 55373 kVt/soat elektr energiyasini tejash orqali, 59410000 so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish