Xo‘jamov Umidjon Umarkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Elektron lomlarni qayta ishlashning samarali texnologiyalarini tadqiq qilish va ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2071.
Ilmiy rahbar: Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matkarimov Soxibjon Turdalievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti” “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron lomlarni qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosma elektron platalarni qayta ishlashda platalardan tashqi metall qo‘shimchalarini alohida mahsulotga ajratish jarayonida termik ishlov berish usuli qo‘llanilgan va bunda 250°C haroratda qizdirish eng maqbul harorat ekanligi aniqlangan;
termik ishlov berishdan keyingi qoldiq platalarni yanchib pnevmatik saralash jarayonida foydali komponent ajralish darajasining yanchilgan mahsulot yirikligiga bog‘liqligi va zarrachalarning optimal yiriklik sinfi (-0,125 mm) aniqlangan;
umumlashtirilgan mahsulotni sulfat kislota bilan ishlov berish jarayonining texnologik ko‘rsatkichlariga harorat, konsentratsiya va jarayon davomiyligining ta’siri aniqlangan;
ruxni 86% va misni 95,7% alohida ajratib olish imkonini beradigan piro va gidrometallurgiya jarayonlaridan foydalanilgan holda bosma elektron platalarni qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektron lomlarni qayta ishlashning samarali texnologiyalarini tadqiq qilish va ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bosma platalarni qayta ishlashda past konsentrlangan sulfat kislota eritmasida tanlab eritish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 25 iyuldagi SL-2707-son ma’lumotnomasi). Natijada, ruxning eritmada erishi 86 % ni tashkil qilib tarkibida minimal zararli qo‘shimchalari bo‘lgan rux eritmasi olish imkonini bergan;
konverterda bosma elektron platalar va mis shteynini birgalikda qayta ishlash texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 25 iyuldagi SL-2707-son ma’lumotnomasi). Natijada, konverterda eritish jarayonida ishlab chiqarilgan xomaki mis miqdorini sutkasiga 340 kg ga hamda bosma elektron platalardan misning ajralishini 95,7% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish