Narzullaev Jahongir Norbobo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kuyindi sifatini oshirish maqsadida sulfidli va ko‘mir tarkibli  mahsulotlarni kuydirish jarayonida fizik-kimyoviy o‘zgarishlarni tadqiq qilish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2070.
Ilmiy rahbar: Sanakulov Kuvandik, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Toshqodirova Ra’no Erkinjonovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti” “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sulfidli va ko‘mirli oltin tarkibli mahsulotlarni kuydirish jarayonidagi fizik-kimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash orqali kuyindi sifatini oshirishning samarali usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuydirish jarayonida fizik-kimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganish natijasida temir minerallari gematitgacha to‘liq oksidlanmasligi, balki oltin zarralarining natriy sianid bilan ta’sirlashishiga yo‘l qo‘ymaydigan, zich strukturali oraliq mahsulot – maggemitga qisman aylanishi aniqlangan;
kuyindi tarkibida oltinning kapsulyasiyalinishining kuydirish harorati bilan belgilanadigan fizik-kimyoviy o‘zgarishlar intensivligiga bog‘liqligi aniqlangan;
kuyindini sulfat kislota bilan ishlov berish jarayonida sodir bo‘ladigan jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganish natijasida jarayonning texnologik ko‘rsatkichlariga harorat, konsentratsiya va jarayon davomiyligining ta’siri aniqlangan;
kuydirish, kislotali ishlov berish va sorbsion tanlab eritishni o‘z ichiga oluvchi va bunda oltinni ajratib olish darajasini 4,1% ga oshirish imkonini beradigan biokek sorbsion chiqindilarini qayta ishlashning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biokek sorbsion chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sorbsion chiqindi kuyindisini sulfat kislotali qayta ishlash usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 3-gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 31 avgustdagi 23/01-01-07/421-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan texnologiyani qo‘llash temir oksidlari bilan qoplangan oltin zarralari yuzasini ochish imkonini bergan;
sorbsiyalash chiqindisini qayta ishlash, jumladan kuydirish, kislota bilan ishlov berish va sorbsion tanlab eritish texnologik sxemasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 3-gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 31 avgustdagi 23/01-01-07/421-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy metalning ajralish darajasini 4% dan ko‘proqqa oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish