Kurbanov Mashxur Amonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum hududidagi uranli ma’danlarni kompleks qayta ishlashning ilmiy-texnik asoslari», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T625.
Ilmiy maslahatchi: Sanakulov Kuvandik, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Berdiyarov Bahriddin Tilovqabulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy tadqiqot texnologik universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yo‘ldosh, noyob er elementlarni kompleks qazib olishga qaratilgan texnologik va texnik echimlarni joriy etish orqali uranli ma’danlarni kompleks qayta ishlashning ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uranni qazib olish jarayonida noyob metallarning xususiyatlariga tegishli qonuniyatlarni birinchi marta YoTE texnologiyasining noyob metallarni er qa’ridan mahsuldor tanlab eritishjarayoniga ta’siri va ularning joylashish shakllari aniqlangan;
uranni tanlab eritishtexnologik eritmalaridan reniyni (VO-020, KEP-200, RA-174 ionitlarida) va noyob er elementlarini (S-150, TOKEM 101, Dowex kationitlarida) sorbsiyalash-desorbsiyalash kinetikasi aniqlangan;
texnologik eritmalarda noyob er elementlari va boshqa yo‘ldosh aralashmalarning joylashish shakllarini (NH4)2SO4 sulfat ammoniy desorbsiya eritmalarining to‘yingan NE kationitlarining desorbsiyasida desorbatlarda aralashmalar miqdorining pasayishiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
tributilfosfat bilan suyuq fazali ekstraksiyaning hal qiluvchi roli kimyoviy boyitish usuli sifatida xomaki mahsulotdan NE sof konsentratini olish jarayonida aniqlandi, bunda 48,9% REE tarkibiga ega bo'lgan mahsulot olingan;
ma’danli konining qora slanesli ma’danlarini uyumlab tanlab eritishjarayonida uran, mis va vanadiyning eritmaga o‘tish kinetikasi aniqlandi va sug‘oriladigan eritmalarning kislotaligiga qarab unumdor eritmalarda ularning miqdori o‘zgarishi aniqlandi xamda, qora slanesli ma’dan materialini dastlabki kislotalash bosqichini joriy etish vanadiyning uyumlab eritmaga o‘tkazishda ajralib chiqishini oshirish imkonini berish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqum mintaqasi konlaridan uran tarkibli ma’danlarni kompleks qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qizilqum konlarida uran mahsuldor eritmalaridan selektiv sorbsion-desorbsiya, ekstraksiya va plazma kimyosi usulida reniyni bog‘liq holda olishning kombinatsiyalangan texnologik sxemasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 2 iyundagi 23/01-01-07/261-son ma’lumotnomasi). Natijada, yiliga 300 kg gacha hamda 99,975%li toza metall reniy ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan laboratoriya qurilmasi yaratishini imkonini bergan;
Zafarobod kon boshqarmasi GTK-2 va 3 dagi tajriba-sanoat qurilmasida uranni YoTEning sorbsiyadan so‘nggi eritmalaridan noyob er elementlarini olish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 2 iyundagi 23/01-01-07/261-son ma’lumotnomasi). Natijada, 48,9% konsentratsiyali NE oksidlarining dezaksivatsiylangan guruhli konsentrati olish imkonini bergan;
Uchquduq maydonidagi GTK tajriba-sanoat qurilmasida ma’dan materialini dastlabki kislotalash bilan qora slanesli ma’danlarni uyumlab tanlab eritish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 2 iyundagi 23/01-01-07/261-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’dandan uranni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratib olish 76,4%, mis 65,9% va vanadiy 33,0% ni tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish