Xudoyorova Safura To‘lqin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Frazeologik va paremiologik birliklar semantikasida tarixiy voqeliklar ifodalanishining lingvostilistik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1178.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor: Abdiev Muradkasim Balbekovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped83.01.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi tarix bilan bog‘liq frazeologik va paremiologik birliklarning lingvomadaniy va stilistik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyoslanayotgan tillarda frazeologik va paremiologik birliklarning o‘ziga xos lingvomadaniy xususiyatlari aniqlanib, ularning kelib chiqish tarixi, manbalari (etimologiyasi) hamda ichki shakli ochib berilgan;
onomastik komponentli frazeologizmlar, xususan antroponim, toponim va etnonim tarkibli birliklar shakllanishining tarixiy asoslari  yoritilib, real tarixiy shaxslar va voqealarning frazeologizmlar konnotativ ma’nosiga ta’sir ko‘rsatishi uch guruhda dalillangan;
tarixga bog‘liq frazeologik birliklar strukturasida arxaik va tarixiy so‘zlar mavjudligi hamda ularning o‘z yoki ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi ularning bugungi kunda faol yoki eskirgan birliklar qatoriga kirishiga ta’sir etishi aniqlangan;
badiiy-tarixiy asarlarda frazeologik va paremiologik birliklarning stilistik jihatlari, xususan uzual va okkazional uslubiy vazifalari tahlil etilib, tarixga bog‘liq frazeologizmlarning ikkala tilda o‘xshash va o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida tarixga bog‘liq shakllangan frazeologik va paremiologik birliklarni lingvomadaniy va lingvostilistik jihatlarining qiyosiy tahlilidan olingan ilmiy natijalar asosida:
    real tarixiy shaxslar va voqeliklar ta’sirida paydo bo‘lgan frazeologik birliklarning konnotativ aspekti, badiiy-tarixiy asarlarda frazeologizm va paremiyalarning stilistik funksiyalari, xususan  ularning uzual va okkazional uslubiy vazifalari haqidagi fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 17.01/183-son ma’lumotnomasi). Natijada ibora va maqollarning funksional xususiyatlariga doir masalalarni mukammallashtirish imkoniyati yaratilgan;
frazeologik va paremiologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari, ularning kelib chiqishi bilan aloqasi va bunday birliklarni zamonaviy lingvistik yo‘nalishlar nuqtai nazaridan qiyosiy taxlil etishga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 17.01/184-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikkala tilda tarixga oid frazeologizmlarning milliy-madaniy o‘ziga xosliklari va kelib chiqish omillari aniqlandi;
ingliz va o‘zbek tillarida tarixiy shaxs va voqealarga bog‘liq frazeologik va paremiologik birliklarning komponent tahlili, struktur-semantik xususiyatlari va kelib chiqish tasnifi to‘g‘risidagi xulosalardan Samarqanda davlat chet tillari institutida amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 27 oktyabrdagi 3043/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiyoslanayotgan ikki til doirasida tarixga bog‘liq frazeologik birliklarning mushtarak va tafovutli jihatlari borasida ilmiy va amaliy xulosalar ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayonida qo‘llash imkonini bergan;
ibora va maqollarning og‘zaki nutqda  keng va turli ma’no qirralari bilan qo‘llanilishi, ayniqsa, badiiy-tarixiy asarlardagi ahamiyati haqidagi ilmiy xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2022 yil 9 sentyabrda efirga uzatilgan «Najot ta’limda» ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 20 sentyabrdagi 01-12/334-son ma’lumotnomasi). Natijalar va tavsiyalar teleradiokompaniyaning eshittirish va ko‘rsatuvlariga amaliy material sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish