Aminov Sharif Nasimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat taraqqiyotida ichki ishlar xodimi kasbiy-siyosiy madaniyati (Ijtimoiy-falsafiy taxlil).” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fa1898.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirzaxmedov Abdurashid Mamasiddikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Zamilova Rimma Rimilevna, falsafa fanlar doktori (DSc), dotsent; Musaev Faxriddin Abdusattarovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat taraqqiyotida ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan ibopat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruvda xalqchil ijtimoiy tartib tizimini jorish etish ijtimoiy munosabatlar barqarorligiga olib kelishi sababli ichki ishlar xodimlarida kasbiy deontologik etika va ijtimoiy faollikni oshirish jamiyatning huquqiy - demokratik rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlovchi indikator ekanligi asoslangan;
ichki ishlar organlari xodimlarining jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdagi tolerantligi boshqaruvning ijtimoiy holati va legitimligiga bog‘liqligi sababli ichki ishlar organlari hodimlarining ijtimoiy qiyofasini belgilovchi “zaruriyat-erkinlik-javobgarlik” kabi komponentlar bilan dialektik birligi aniqlangan;
jamiyatda ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy tartib va kommunikativ madaniyatini rivojlantirish davlat va jamoatchilikning konstruktiv hamkorligiga bog‘liqligi sababli ijtimoiy munosabatlarda kasbiy madaniyatining motivatsion, operativ, affektiv va refleksiv kabi mezonlari munosabatlar birligini belgilovchi yetakchi determinant ekanligi ochib berilgan;
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini takomillashtirish, davlat xizmatchisida kasbga sadoqat, ijtimoiy mas’uliyat, ijtimoiy birdamlik mexanizmlarini assimilyasiya qilishi orqali jamiyatda uslubiy (aksiologik, akmeologik, faoliyatlilik) hamda pedagogik (kollektiv o‘zaro ta’sir, obektivlik) tamoyillari uyg‘unligini ta’minlashga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat taraqqiyotida ichki ishlar xodimlari kasbiy madaniyatining ijtimoiy-falsafiy taxlillari tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
boshqaruvda xalqchil ijtimoiy tartib tizimini jorish etish, ichki ishlar xodimlarining kasbiy deontologik etikasi va ijtimoiy faolligini oshirishga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi hamkorligida “Avtopatrul”, “Navbatchi eshitadi”, “Tunggi reyd” kabi bir qator teleradio eshittirishlar dasturlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2023-yil 6-apreldagi 04-36-526-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ijtimoiy munosabatlar barqarorligini ta’minlash, fuqarolar axloqida huquqiylik, qonunlarga hurmat tamoyilini oshirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar xodimlarining qonuniylikni ta’minlashdagi tolerantlik jamiyatning ijtimoiy holati va siyosiy o‘zgarishlarning ta’minlash jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar dinamikasi belgilashga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida tayyorlanadigan xodimlarning kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Kasbiy etika” fanidan xarbiy xizmatchining professional tayyorgarligida m’naviy-axloqiy va siyosiy ijtimoiy fazilatlar mavzusida “O‘zbekistonning rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy asoslari, Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, “Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy tartib va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati” mavzularini o‘qitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirlik akademiyasi 2023-yil 10-fevraldagi 13-07-08-520-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlatning ijtimoiy qiyofasi belgilovchi “zaruriyat - erkinlik – javobgarlik” prinsiplarining dialektik birligi hamda jamoat tartibini saqlashga nisbatan yangicha yondashuvlarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatda ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy tartib va kommunikativ madaniyatini rivojlantirish jinoyatlar profilaktikasida (didaktik, axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mezonlar) ilmiy bilish usullariga oid g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 3-fevraldagi 1-son, 1-ilova “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy tartib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda har bir fuqaro mas’uldir” qonuniylik immunitetini mustahkamlashga doir chora tadbirlar, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot material, ma’ruza, buklet, flaer o‘quv-uslubiy materiallarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 6-apreldagi 02-(index)/327-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamoatchilik hamkorligining ijtimoiy mexanizmlarini ochib berishga hamda inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarda ijtimoiy javobgarlik faoliyatining yetakchi determinantini ochib berishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda sud-huquq tizimi va ichki ishlar xodimlari faoliyatini takomillashtirish, davlat xizmatchisining kasbiy sadoqat, ijtimoiy mas’uliyat, ijtimoiy birdamlik mexanizmlarini assimilyasiya qilishi yoshlar orasida huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqbuzarlikka moyil yoshlarning reablitasiya qilish, hamda ularning huquqiy-siyosiy ongini rivojlantirishga doir xulosa va tavsiyalaridan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (Yoshlar agentligining 2023-yil 16-maydagi 2-10-21-1290-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda madaniy-ma’naviy, tarbiyaviy-axloqiy faoliyat uyg‘unligini ta’minlashga olib kelishi xizmat qilgan.