Ismatullaev Farxodjon Odiljonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
          Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi bilan Evropa Ittifoqi o‘rtasida strategik hamkorlik: shakllanishi, muammolari, istiqbollari”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.1.DSc/Tar123
Ilmiy rahbar: Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Rasmiy opponentlar: Babajanova Dilorom, tarix fanlari doktori, professor; Mirzohid Akramovich Rahimov, tarix fanlari doktori, professor; Durbek Baxtiyorovich Sayfullaev, tarix fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi bilan Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi strategik  hamkorlikni shakllanishi, muammolari  va istiqbollariga oid masalalarni tarixiy materiallar asosida ochib berishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geosiyosiy o‘zgarishlar va yangi xalqaro munosabatlar tizimi shakllanayotgan sharoitda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining strategik va ustuvor yo‘nalishi sifatida  BMT, YXHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda Evropa Ittifoqi bilan teng huquqli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish uchun zarurligi real tarixiy sharoit va davlatlarning o‘zaro manfaatlari doirasida ob’ektivlik va zaruriylik prinsiplariga tayanilganligi isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasining Evropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalarini shakllanishi va rivojlanishida  “Sheriklik va hamkorlik” bitimi huquqiy asos bo‘lganligi va 2022- yilda imzolangan “Kengaytirilgan Sheriklik va hamkorlik” bitimi esa ikki tomonlama hamkorlikni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish va  Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish imkoniyatlarini yanada oshirganligi ochib berilgan;
tomonlarning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi Evropa Ittifoqi doirasidagi huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilganligi, shu bilan birga Evropa Ittifoqi tomonidan 2005- yilda qo‘llanilgan bir tomonlama xususiyatga ega sanksiya va embargolar o‘zaro munosabatlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan;
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekiston oldida turgan islohotlarni amalga oshirishda Evropa Ittifoqi katta yordam ko‘rsatib, ijtimoiy-iqtisodiy sohada ko‘plab loyihalarni amalga oshirish va mintaqaviy integratsiya jarayonlarini yanada tezlashtirish uchun texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaganligi, ularni amalga oshirishda TASIS dasturi loyihalari, jumladan, TEMPUS, ERASMUS, ERASMUS MUNDUS, ERASMUS+ (oliy ta’lim), TRACEKA (transport), INOGEYT (neft va gaz), BOMKA (chegara xavfsizligi) kabi dasturlari muhim o‘rin  tutganligi isbotlangan;
ko‘p qirrali shaklga ega madaniyat va sayyohlik, fan va ta’lim sohalarini o‘z ichiga olgan madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlik, zamonaviy dunyoda xalq diplomatiyasi vazifasini o‘tab, xalqlarni keng miqyosda birlashtirish va o‘zaro tushunishga hamda davlatlararo munosabatlarning zamonaviy tizimini shakllantirish jarayoniga ulkan hissa qo‘shayotganligi aniqlangan.                        
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublika¬si bilan Evropa Ittifoqi o‘rtasida strategik hamkorlikni shaklla¬nishi, muammolari va istiqbollarini tadqiq etishga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, natija va takliflardan:
geosiyosiy o‘zgarishlar va yangi xalqaro munosabatlar tizimi shakllanayotgan sharoitda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining strategik va ustuvor yo‘nalishi sifatida  BMT, YXHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda Evropa Ittifoqi bilan teng huquqli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish uchun zarurligi real tarixiy sharoit va davlatlarning o‘zaro manfaatlari doirasida ob’ektivlik va zaruriylik prinsiplariga tayanilganligini isbotlashga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy teleradiokom¬paniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Tarixiy savol”, “Mavzu”, “Ochiq dars” ko‘rsatuvlarida tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi va mazkur materiallardan ko‘rsatuvlar senariylarida foydalanildi (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 28-apreldagi 06-48-99-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi bo‘yicha bilimlarini ko‘payishiga va dunyoqarashlarini o‘sishiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Evropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalarini shakllanishi va rivojlanishida  “Sheriklik va hamkorlik” bitimi huquqiy asos bo‘lganligi va 2022- yilda imzolangan “Kengaytirilgan Sheriklik va hamkorlik” bitimi esa ikki tomonlama hamkorlikni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish va  Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish imkoniyatlarini yanada oshirganligi bilan bog‘liq ilmiy dalil va natijalardan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyining “Xalqaro munosabatlar zali”ni yangi materiallar bilan to‘ldirish va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2023-yil 16-maydagi 1/95-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zaro munosabatlarni o‘rnatilishida, huquqiy bitim va shartnomalarni imzolashning global ahamiyatini ochib berishga erishilgan.
tomonlarning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi Evropa Ittifoqi doirasidagi huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilganligi, shu bilan birga Evropa Ittifoqi tomonidan 2005- yilda qo‘llanilgan bir tomonlama xususiyatga ega sanksiya va embargolar o‘zaro munosabatlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligini asoslashga oid ilmiy xulosa va takliflar “Tarix o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Jahon tarixi (Eng yangi davr)” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va  innovasiyalar vazirligining 2023-yil 28-apreldagi  02/02-01-68-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ilmiy xulosa va materiallar darslikning 18-19-20-21 mavzularini ilmiy-nazariy va manbaviy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekiston oldida turgan islohotlarni amalga oshirishda Evropa Ittifoqi katta yordam ko‘rsatib, ijtimoiy-iqtisodiy sohada ko‘plab loyihalarni amalga oshirish va mintaqaviy integratsiya jarayonlarini yanada tezlashtirish uchun texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaganligi, ularni amalga oshirishda TASIS dasturi loyihalari, jumladan, TEMPUS, ERASMUS, ERASMUS MUNDUS, ERASMUS+ (oliy ta’lim), TRACEKA (transport), INOGEYT (neft va gaz), BOMKA (chegara xavfsizligi) kabi dasturlar bilan  ko‘p qirrali sheriklik va hamkorlikka aylanish evolyusiyasini ochib berishga oid tavsiya va ilmiy xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 24-maydagi 02-07-1897/04-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston va Evropa Ittifoqi xalqlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishda ilm-fan va maorif yo‘nalishlaridagi aloqalarning ahamiyatini ochib berishga erishilgan.  
ko‘p qirrali shaklga ega madaniyat va sayyohlik hamda fan va ta’lim sohalarini o‘z ichiga olgan madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlik, zamonaviy dunyoda xalq diplomatiyasi vazifasini o‘tab, xalqlarni keng miqyosda birlashtirish va o‘zaro tushunishga hamda davlatlararo munosabatlarning zamonaviy tizimini shakllantirish jarayoniga ulkan hissa qo‘shayotganiga  oid takliflar hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirilishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekistondagi nemis, polyak, grek milliy markazlari va “O‘zbekiston-Germaniya”, “O‘zbekiston-Fransiya”, “O‘zbekiston-Italiya”, “O‘zbekiston-Gresiya” do‘stlik jamiyatlari faoliyatlariga (2016-2022- yillar) tadbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 23-maydagi 03/07–875–son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy  mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 25-maydagi 14.07.57-son ma’lumotnomasi). Natijada berilgan takliflar ushbu markaz va jamiyatlar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda samarali ish yuritishlariga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish