Rajabova Irina Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek va rus hikoyachiligida syujet va kompozision yaxlitlik sintezi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3553.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
    Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.    
    IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Gaylieva Ogulay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo'nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hikoya janri ildizlari va genezisi, badiiy mahorat va ijodkor konsepsiyasi muammosini tadqiq qilishda I.Bunin, A.Chexov, V.Rasputin, I.Turgenov, A.Qahhor, Sh.Xolmirzaev, O‘.Umarbekov O‘.Hoshimov kabi yozuvachilarning syujet va kompozisiya yaratishdagi uslubiy-shakliy izlanishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyo adabiyotshunosligida hikoyaning adabiy janr sifatida paydo bo‘lishi, genezisi va tadrijiy rivojlanish bosqichlari XX asr hikoyachiligi taraqqiyoti misolida rus va o‘zbek yozuvchilarining hikoya janrida syujet yaratish mahorati, unda yozuvchi ijodiy konsepsiyasining o‘sish-o‘zgarishlarini qiyosiy-tipologik tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
hikoya janrining taraqqiyotida badiiy uslubning umumiy va xususiy belgilari A.Chexov va A.Qahhor ijodiy konsepsiyasining boshqa yozuvchilarga syujet va kompozision yaxlitlikni ta’minlash nuqtai nazaridan ta’siri masalasini  individual poetik mahoratning ahamiyatini badiiy komponentlar tig‘izligini ta’minlash nuqtai nazaridan dalillash asosida aniqlashtirilgan;
hikoya janrining novelladan janriy belgilar bo‘yicha farqi va syujet liniyalarining tarmoqlanishiga ko‘ra tafovutlanishi I.Bunin, A.Chexov, V.Rasputin, I.Turgenov, A.Qahhor, Sh.Xolmirzaev asalarini qiyosan tahlil qilish hamda hikoya janrining ifoda xususiyatlarini badiiy uslub nuqtai nazaridan ochib berish asosida dalillangan;
badiiy xronotopning hikoya voqeligi, syujet va kompozisiya yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati hikoyaning janr sifatidagi belgilari, joriy shaklu shamoyili, ixcham va ifodaviyligi,  unga qo‘yiladigan poetik mazmun va badiiylik shartlarini nasriy ifoda uslubining o‘ziga xos xususiyatlari orqali aniqlashtirish asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus hikoyachiligi taraqqiyotida syujet va kompozision yaxlitlik sintezi, badiiy mahorat va ijodiy konsepsiya uyg‘unligini ta’minlash borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
XX asr hikoyachiligi taraqqiyoti misolida rus va o‘zbek yozuvchilarining hikoya janrida syujet yaratish mahorati, unda yozuvchi ijodiy konsepsiyasining o‘sish-o‘zgarishlarini qiyosiy-tipologik tasniflash asosida aniqlashtirilgan dunyo adabiyotshunosligida hikoyaning adabiy janr sifatida paydo bo‘lishi, genezisi va tadrijiy rivojlanish bosqichlari, I.Bunin, A.Chexov, V.Rasputin, I.Turgenov, A.Qahhor, Sh.Xolmirzaev asalarini qiyosan tahlil qilish hamda hikoya janrining ifoda xususiyatlarini badiiy uslub nuqtai nazaridan ochib berish asosida dalillangan hikoya janrining novelladan janriy belgilar bo‘yicha farqi va syujet liniyalarining tarmoqlanishiga ko‘ra tafovutlanishi borasida bildirilgan nazariy qarashlar va ilmiy xulosalar “Jahon adabiyoti tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-buyrug‘iga asosan, 314-160-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va xorijiy til  guruhlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
A.Chexov va A.Qahhor ijodiy konsepsiyasining boshqa yozuvchilarga syujet va kompozision yaxlitlikni ta’minlash nuqtai nazaridan ta’siri masalasini  individual poetik mahoratning ahamiyatini badiiy komponentlar tig‘izligini ta’minlash nuqtai nazaridan dalillash asosida aniqlashtirilgan hikoya janrining taraqqiyotida badiiy uslubning umumiy va xususiy belgilari oid nazariy qarashlari va ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan FA-F1 - OO5 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan F1-FA-O-43429 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023 yil 21 iyuldagi 300/1-ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va rus  guruhlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
hikoyaning janr sifatidagi belgilari, joriy shaklu shamoyili, ixcham va ifodaviyligi,  unga qo‘yiladigan poetik mazmun va badiiylik shartlarini nasriy ifoda uslubining o‘ziga xos xususiyatlari orqali aniqlashtirish asosida ochib berilgan badiiy xronotopning hikoya voqeligi, syujet va kompozisiya yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy xulosalar 574099–EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli “Oliy ta'lim salohiyatini rivojlantirish va dolzarbligi, sifati va tengligini ta'minlash uchun PAWERning mintaqalararo harakatchanligini ta'minlash” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (Termez davlat  universitetining 2023 yil 20 iyuldagi 06/12-3053-son dalolatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi asosida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanish va  dunyoqarashini kengaytirishga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish