Xamidullaeva Gauxar Ataniyazovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek va rus nasrida badiiy psixologizm: ijodkor fitrati va davr muammosi (F.Dostoevskiy, L.Tolstoy, A.Qahhor, Sh.Xolmirzaev ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3601.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.    
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Umurova Go‘zal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertasiya yo'nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus nasrida badiiy psixologizm - ijodkor fitrati va davr muammosini tadqiq qilishda L.Tolstoy, F.Dostoevskiy, o‘zbek adabiyotidan A.Qahhor, Sh.Xolmirzaev, N.Eshonqul, U.Hamdam, I.Sulton singari yozuvchilarning poetik izlanishlari, badiiy mahorat va ijodkor konsepsiyasidagi o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotshunosligida qissa janri genezisi va badiiy tafakkur taraqqiyotining o‘zbek qissachiligiga modifikatsion ta’siri uslub, shakl va g‘oyaviy-falsafiy idrok tamoyillarining sintetik hosilasi negizida kechgan ijtimoiy fragmentlari aniqlanib, o‘zbek qissalarida L.Tolstoy an’analarining aks etish prinsiplari va badiiy psixologik talqin qonuniyatlari asoslangan;
Sh.Xolmirzaev, I.Sulton, U.Hamdam va N.Eshonqul ijodiy konsepsiyasining o‘ziga xos qirralari rus va jahon qissanavislaridan olingan boy tajriba va iste’dod namoyishi kompozision yaxlitlik sintezida esselashuv jarayonining bo‘y ko‘rsatishi asoslangan;
qissa janrining tadrijiy rivojlanishi poetk ustqurmasiga kompozision uyg‘unligi natidasida yuzaga kelgan metarivoyatlar modusi antik yunon an’analarini o‘zgartirishga qaratilgan individual xususiyatlarining maxsus komponentlari portret va peyzaj negizida ochib berilgan xarakterlar dinamikasi dalillangan;
qissa janrining kompozision uyg‘unligini ta’minlashda badiiy xronotopning voqelikni izchil yuzaga chiqishida asosiy atributligini aniqlash vazifadoshligini, yozuvchi dunoyqarashidagi roviy nutqining polifonik ko‘pqatlamligining roli va ahamiyati davr muammosini tanqidiy qiyofasini aniqlashda o‘lchov sifatida ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus nasrida badiiy psixologizm va ijodkor fitrati, davr muammosi uyg‘unligini tadqiq qilish hamda uni o‘zaro ta’sir doirasini aniqlash yo‘sinlarini ishlab chiqish asosida:
psixologizmning syujet rivojidagi eng muhim kategoriyasi insoniyat tamaddunining rivojlanishi bilan bog‘liq holda kechadigan jarayon ekanligi o‘zbek va rus qissachiligining shakliy-uslubiy dominant belgilari “Stilistika va matn sharhi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-161-son buyrug‘iga asosan). Natijada o‘zbek va rus guruhlarida maxsus fanlarni o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarining samaradorligini oshirishga erishilgan;
qissa yaratishda sayyor syujet elementlari mantiqan dalolatlangan poetik matrisa sifatida boshqa xalqlar adabiyotida yuzaga kelgan uslubiy xulosalaridan FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 17-yanvardagi 17.01/113-ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va rus guruhlarida o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘zbek nasrida qariyb bir asrlik tajribaga ega bo‘lgan qissa janri poetik o‘sish-o‘zgarishlarini ijtimoiy hayot bo‘hronlarida mustahkam asosga egaligini qiyosiy-tipologik sarhadlarning modifikatsion rivoshlanishining ilmiy xulosalar 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP  raqamli “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yonalishidagi  PAWER- hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 20-iyuldagi 06/12 – 3054-son dalolatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi asosida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanish va  dunyoqarashini kengaytirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish