Tyan Tat`yana Valerievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Postmenopauzada bachadondan qon ketishi bo‘lgan ayollarda endometriy hujayralar populyasiyasining proliferativ faolligini baholash”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1855.
Ilmiy rahbar: Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Eshembetova Gul`sara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori; Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postmenopauzada bachadondan anomal qon ketishi bo‘lgan ayollarda endometriy hujayra populyasiyalari proliferativ faolligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor postmenopauza davrida bachadondan qon ketishi va endometriy giperplaziyali ayollar somatik patologiyalari (yurak ishemik kasalligi, tomirlarni varikoz kengayishi, semizlik, 2 tip qandli diabet) endometriyning morfologik tuzilishi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xolatda og‘ir kechishi aniqlangan;
ilk bor bachadon qirmasi immunogistokimyoviy taxlilida endoteliyaning atipik giperplaziyasi va endometrioid karsinoma rivojlanishi proliferatsiya (Ki67) markeri ortishiga, endoteliyaning oddiy giperplaziyasi rivojlanishi apoptoz (r53) markerining yuqori ekspressiyasi bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor postmenopauzadagi ayollarda endometriyning yaxshi va yomon sifatli giperplastik jarayonlari va bachadondan qon ketishi rivojlanishi genezida endometriyning yallig‘lanish jarayoni markeri CD138 ko‘rsatkichlari endmetriyning oddiy giperplaziyasi va endometrioid karsinoma rivojlanishi bilan kuchli to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor postmenopauzadagi ayollarda endometriyning yallig‘lanish jarayoni markeri CD 138 miqdorining ortishi, Ki67 proliferatsiya markerining gipersekresiyasi va apoptoz markeri r53 giposekresiyasida bemorlarda giperplastik jarayon rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi ekspert kengashining 2023 yil 17 apreldagi 01-06/343-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va “Saba Darmon” xususiy klinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 4 apreldagi 4i-i/2-son ma’lumotnomasi).Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tekshirish usullari foydalanish postmenapauza davrida bachadondan qon ketish asoratlarini erta aniqlashga erishiladi; tadbiq etilgan kompleks yondashuv natijasida davolash samardorligi oshgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postmenapauza davrida bachadondan qon ketishi bilan asoratlangan ayollarda samarali tekshiruv usuli bo‘lgan immunogistokimyoviy teshiruvlar orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa tekshir usullardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. Bunda bir bemorda 645 500 sum iqtisod qilinib, tadqiqot jarayonida kuzatuvdagi 52 nafar bemorda 33566000 so‘m byujdetdan tashqari mablag‘lardan iqtisod qilishga erishilgan Xulosa: Postmenapauza davrida bachadondan qon ketishi bilan asoratlangan ayollarda samarali tekshiruv usuli bo‘lgan immunogistokimyoviy teshiruvlar orqali aniqlash usullari, 1 nafar bemor hisobiga kiritilayotgan usulning iqtisodiy samaradorligi uning analogiga nisbatatan arzon, yani 22 % yuqoriligini ko‘rsatdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: postmenopauza davrida bemorlarda bachadondan qon ketish va endometriyning giperplastik jarayoni bo‘lgan ayollarda endometriying gistologik tuzilishi aniqlandi; immunogistokimyo va ul`tratovush usullarini birgalikda o‘rganish kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga, kasallikning keyingi davrini silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va “Saba Darmon” xususiy klinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 4 apreldagi 4i-i/2-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mamlakatimiz qishloq hududida yashovchi ayollar orasida postmenopauza davrida bachadondan qon ketish bilan asoratlangan ayollar, ayollar malahatxonasiga murojaat qiluvchi ayollar orasida ushbu kasalliklarni uchrash darajasini kamaytirish maqsadida, immunogistokimyoviy, gistologik markyorlarni qo‘llash orqali, xavf omillarini erta aniqlashga, ular asosida korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish, ushbu kasallik bilan bog‘liq asoratlar kamayishiga olib keladi. Undan tashqari shu natijalarga asoslanib, differensiallangan holatda biridan ikkinchisiga o‘tishini oldi olinib to‘g‘ri yondashish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bu mablag‘ning tejalishi, qatnovlar sonining kamayishi, statsionarda davolanish muddatining 5 kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 661 400 ming so‘mgacha iqtisodiy samardorlikka erishilgan. Jami bemorlardan 34392800 sum mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.Xulosa: postmenopauza davrida bemorlarda endometriy gipertrofiyasi va bachadondan qon ketishini davolash vaqtida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan umumiy bemorlar hisobidan byudjet mablag‘lardan 16 800 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 19 370 000 so‘m mablaq iqtisod qilinishiga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: postmenopauza davrida bachadondan qon ketish bilan asoratlangan ayollarda immunogistokimyoviy, gisteroskopik, bachadon qirindisi, ul`tratovush ko‘rsatkichlari tizimli o‘rganilishi zamirida, bachadondan qon ketishning asoratlarini erta tashxislash ayollar o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirib va shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va “Saba Darmon” xususiy klinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 4 apreldagi 4i-i/2-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:mamlakatimiz qishloq tumanlarida postmenapauza davrida qon ketish bilan asoratlangan ayollar, ayollar maslaxatxonasiga murojaat qilib kelganida,bachadonidan kirindi olinib, gistologik tekshiruvlar orqali tekshirilib,ayollar orasida ushbu kasalliklar bilan uchrash darajasini kamaytirishga erishilgan; gisteroskopik usullarni qo‘llash, ular asosida korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish, ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar kamayishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 850 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 170 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: postmenopauza davrida bemorlarda endometriy gipertrofiyasi va bachadondan qon ketishini davolash vaqtida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 58 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 22 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: endometriyning giperplastik jarayonlarini taklif etilgan markyorlar orqali erta tashxislash, profilaktik davo maqsadida agonist gonadoliberin, Levonorgestrel dori vositalarni qo‘llash va jarrohlik usuli yordamida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etishda yordam berib davolash jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va “Saba Darmon” xususiy klinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 4 apreldagi 4i-i/2-son ma’lumotnomasi) Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Postmenopauza davrida bachadondan qon ketishni erta aniqlash usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan usullar yordamida, olingan natijalar qon ketish bilan asoratlangan bemorlarning hayotini yaxshilash hamda ularni statsionar davolash zaruriyatiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga olib kelgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish postmenopauza davrida qon ketish bilan asoratlangan ayollarni erta tashxislashda ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: taklif etilgan tekshirish usullarini qo‘llaganimizdan so‘ng homilador ayollarning shifoxonada qolish muddatini 9 kundan 5 kungacha kunga qisqartirdi, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1414000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 568500 so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 945499 so‘m foyda bilan chiqdik; 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan kardiologiya, terapiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Yuqoridagi barcha davolash usullari majmuaviy ishlatilinganida ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar kamaygan.