Xasanova Odinaxon Alijanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy oqim suvlari bilan bodom va xandon pistani tomchilatib sug‘orishning samaradorligi (Andijon viloyati misolida)”, 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. PhD/Qx.272.
Ilmiy rahbar: Isaev Cabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xolmuratov Mansur Zaripboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi global iqlim o‘zgarishi sharoitida Andijon viloyatining adirlik tuproqlari sharoitida bodom va xandon pistani mahalliy oqim (qor va yomg‘ir) suvlari bilan tomchilatib sug‘orish tartibining samaradorligini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Andijon viloyatining adirlik tuproqlari sharoitida bodomning “Pervenes” hamda  xandon pistaning “Al`bina” navini  mahalliy  oqim (qor va yomg‘ir) suvlari  bilan tomchilatib sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
qor va yomg‘ir suvlar bilan bodom hamda xandon pistani tomchilatib sug‘orishda egatlab sug‘orishga nisbatan sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda tuproq hajm massasi 0,02 g/sm3 kamayib, tuproqning g‘ovakligi esa 0,7 foizgacha ortib, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi  50,9 m3/ga gacha ko‘proq bo‘lganligi aniqlangan;
adirlik tuproqlar sharoitida qor va yomg‘ir suvlar bilan bodom hamda xandon pistani tomchilatib sug‘orish natijasida ularning o‘sishi, rivojlanishi bodomda 0,3-0,4 m, xandon pistada 0,3 m bo‘lib, hosildorlikning oshishi aniqlangan;
qor va yomg‘ir  suvlar bilan bodom hamda xandon pistani tomchilatib sug‘orishda sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda sug‘orilganda 34 % suv iqtisod qilinganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy oqim suvlari bilan bodom va xandon pistani tomchilatib sug‘orishning samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Qor va yomg‘ir suvlari bilan bodom, xandon pistani tomchilatib sug‘orish samaradorligi (Andijon viloyati misolida)” bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlangan hamda DGU-08702 “Qor va yomg‘ir suvlari bilan bog‘ va uzumzorlarni tomchilatib sug‘orish modeli dasturi” ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 fevral` 02/234-4-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Andijon viloyati sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida hamda agroklasterlariga adirlik tuproqlari sharoitida qo‘llashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Andijon viloyatining “Gold chendjer”, “Begijon” fermer xo‘jaliklarida 59,8 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 fevral` 02/234-4-son ma’lumotnomasi). Natijada bodomning “Pervenes” navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda, mavsumiy sug‘orish me’yori  1645 m3/ga hamda xandon pistaning “Al`bina” navini  mavsumiy sug‘orish me’yori 2200 m3/ga suv bilan  sug‘orilganda, meva hosili 25,3-23,9 s/ga ni tashkil etib, egatlab sug‘orishga nisbatan  tomchilatib sug‘orilganda 1,8 s/ga  qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
Farg‘ona viloyatining “Rishton dasht ko‘rki”, “Xumoyun bog‘i” va “Go‘zaloy Toshloq ziynati” fermer xo‘jaliklarida 22,2 gektar maydonlarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 fevral` 02/234-4-son ma’lumotnomasi).Natijada  bodomning “Pervenes” navini sug‘orish oldi  tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda, mavsumiy sug‘orish me’yori  1615 m3/ga hamda xandon pistaning “Al`bina” navini  mavsumiy sug‘orish me’yori 2165 m3/ga suv bilan sug‘orilganda, meva hosili “Rishton dasht ko‘rki” fermer xo‘jaligida 23,1-24,8 s/ga, “Xumoyun bog‘i” fermer xo‘jaligida 22,1-23,7 s/ga “Go‘zaloy Toshloq ziynati” fermer xo‘jaligida 24,0-25,3 s/ga ni tashkil etib, egatlab sug‘orishga nisbatan tomchilatib sug‘orilganda gektaridan 1,3 va 1,7 sentnergacha  qo‘shimcha hosil olishga erishilgan; 
Namangan viloyatining “Baraka meva sanoat servis” va “Istiqlol yong‘oq invest” fermer xo‘jaliklarida 332 gektar bog‘larni sug‘orishda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 fevral` 02/234-4-son ma’lumotnomasi). Natijada  bodomning “Pervenes”   navini sug‘orish oldi  tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% tartibda, mavsumiy sug‘orish me’yori  1620 m3/ga hamda xandon pistaning “Al`bina” navini  mavsumiy sug‘orish me’yori 2180 m3/ga suv bilan sug‘orilganda, meva hosili “Baraka meva sanoat servis”  fermer xo‘jaligida 23,5-25,0 s/ga , “Istiqlol yong‘oq invest” fermer xo‘jaligida 21,2-23,4 s/ga ni tashkil etib, egatlab sug‘orishga nisbatan tomchilatib sug‘orilganda gektaridan 1,5 va 2,2 sentnergacha  qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish