Mansurov Tulkin Turgunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir ichak tutilishini tashxislash va davolashda videolaparoskopiyaning imkoniyatlari», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1061.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori; Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining
A.M. Nikiforov nomidagi Butunrossiya shoshilinch va radiatsion tibbiyot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qisilgan ichak devorining holatini ul`tratovush tekshiruvida baholash usulini ishlab chiqish va aniqlashtirish yo‘li bilan o‘tkir ichak tutilishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash, shu asosda videolaparoskopiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir ichak tutilishining demografik va klinik strukturasi, rivojlanish mexanizmi va turli shakllariga ko‘ra uning nurli diagnostik va klinik semiotikasi asosida taklif etilgan yangi klassifikatsiyasi ilmiy asoslangan;
o‘tkir ichak tutilishi oqibatida qisilgan ichak devorining morfo-funksional holatini jarrohlik amaliyotidan oldin baholashda qo‘llanish uchun taklif etilgan yangi usulning yuqori darajadagi (90 foizdan yuqori) sezgirligi, spesifikligi va 80 foizdan yuqori bo‘lgan prognostik qiymati isbotlangan va u to‘qimalarning hayotiyligini aniqlab berishi tufayli xirurgik davolash taktikasini tanlashda samaradorligi isbotlangan;
o‘tkir ichak tutilishining turli shakllari (fitobezoarlar, bitishmali ichak tutilishi, ingichka ichak buralishi, sigmasimon ichak buralishi, invaginatsiya)da hamda qorin bo‘shlig‘idagi bitishmali jarayonning turli darajalarida videoendoxirurgik aralashuvlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar samaradorligi asoslangan;
o‘tkir ichak tutilishini xirurgik davolashda videolaparoskopik usullarning samaradorligini oshirish maqsadida amaliyotdan oldin qisilgan ichak devorining hayotiyligini ul`tratovush mezonlar yordamida baholaydigan usulning yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 sentyabrdagi № 8n-r/767.2-sonli ma’lumotnomasi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2023 yil 05 iyundagi № 5-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir ichak tutilishining demografik va klinik strukturasi, rivojlanish mexanizmi va turli shakllariga ko‘ra uning nurli diagnostik va klinik semiotikasi asosida taklif etilgan yangi klassifikatsiyasi ilmiy asoslanganligi RShTYoIMning Buxoro filiali bo‘yicha 2022 yil 30 martdagi 98-U sonli buyruq bilan, RShTYoIMning Surxondaryo filiali bo‘yicha 2022 yil 29 martdagi 01/56 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir ichak tutilishi diagnostikasini yaxshilash orqali ushbu og‘ir xirurgik kasallik o‘z vaqtida aniqlanib, uni davolash natijalari yaxshilanadi va asoratlar havfi kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir ichak tutilishini xirurgik davolashda qayta jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga extiyoj 14,5 foizdan 6,8 foizga kamayishi hisobiga 1 nafar bemordan 2 300 000 so‘m iqtisod qilinsa, yiliga 5 ta qayta operatsiyalar soni qisqarishi orqali har yili o‘rtacha 11 500 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: o‘tkir ichak tutilishida qisilgan ichak devorining morfo-funksional holatini operatsiyadan oldin baholash va erta tashxislash orqali bitta xirurgik kasalxonada yiliga 11 500 000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir ichak tutilishi oqibatida qisilgan ichak devorining morfo-funksional holatini jarrohlik amaliyotidan oldin baholashda qo‘llanish uchun taklif etilgan yangi usulning yuqori darajadagi (90 foizdan yuqori) sezgirligi, spesifikligi va 80 foizdan yuqori bo‘lgan prognostik qiymati isbotlangan va u to‘qimalarning hayotiyligini aniqlab berishi tufayli xirurgik davolash taktikasini tanlash samaradorligi oshishi natijasida RShTYoIMning Buxoro filiali bo‘yicha 2022 yil 30 martdagi 98-U sonli buyruq bilan, RShTYoIMning Surxondaryo filiali bo‘yicha 2022 yil 29 martdagi 01/56 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir ichak tutilishi oqibatida qisilgan ichak devorining hayotga moil ekanligini operatsiyadan avval aniqlash kam invaziv amaliyotlarni keng qo‘llash imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi va buning natijasida operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim holatlari soni keskin kamayadi, bemorlarning operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi tezroq amalga oshadi va ular faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga ertaroq qaytadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi jarroxlik amaliyotlarida interoperatsion shikastlanishlar soni 12,1 foizdan 7,8 foizgacha kamayishi natijasida bir bemorda yuzaga kelgan yatrogen asoratlarni davolash harajatlarini yiliga 840 000 so‘mga iqtisod qiladi. Xulosa: o‘tkir ichak tutilishida qisilgan ichak devorining morfo-funksional holatini operatsiyadan oldin baholash va ushbu yangi tashxislash va davolash mezonlaridan foydalanish intraoperatsion shikastlanishlar havfi kamayishi hisobiga byudjet mablag‘larini bitta xirurgik klinikada 32 760 000 so‘m (39 nafar bemor hisobiga) iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir ichak tutilishining turli shakllarida hamda qorin bo‘shlig‘idagi bitishmali jarayonning turli darajalarida videoendoxirurgik aralashuvlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarning aniqlangan mezonlari RShTYoIMning Buxoro filiali bo‘yicha 2022 yil 30 martdagi 98-U sonli buyruq bilan, RShTYoIMning Surxondaryo filiali bo‘yicha 2022 yil 29 martdagi 01/56 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘pgina klinikalarda qo‘llanadigan an’anaviy diagnostika va davolash usullari bilan taqqoslanganda taklif etilgan miniinvaziv diagnostika va davolash usullari natijasida bemorlar hayot sifatini sezilarli yaxshilanganligi, mehnat qobiliyati erta tiklanganligi ijtimoiy samaradorligini belgilab berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatilgan usuldan foydalanish videolaparaskopik jarroxlik amaliyotini to‘g‘ri qo‘llanilishi va operatsiyadan keyingi asoratlarni 43,5 foizdan 13,0 foizgacha kamaytirish orqali bir nafar bemorda asoratlarni davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 330 000 so‘m yiliga 17 nafar bemorga 5 610 000 so‘m  miqdorda byudjet mablag‘larini iqtisot qilishga erishiladi. Xulosa: o‘tkir ichak tutilishida qisilgan ichak devorining morfo-funksional holatini operatsiyadan oldin baholash va ushbu yangi tashxislash va davolash mezonlaridan foydalanish jarroxlik amaliyoti asoratlarini  kamayishi hisobiga byudjet mablag‘larini 56 100 000 (170 nafar bemor hisobiga) so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir ichak tutilishini xirurgik davolashda videolaparoskopik usullarning samaradorligini oshirish maqsadida amaliyotdan oldin qisilgan ichak devorining hayotiyligini ul`tratovush mezonlar yordamida baholaydigan usullari RShTYoIMning Buxoro filiali bo‘yicha 2022 yil 30 martdagi 98-U sonli buyruq bilan, RShTYoIMning Surxondaryo filiali bo‘yicha 2022 yil 29 martdagi 01/56 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir ichak tutilishini tashxislash va davolashda katta hajmdagi klinik material o‘rganilib, amaliyotga tadbiq qilinganligi, mamlakatimizning barcha hududlarida shoshilinch holatda bemorlarga o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 9,3 kundan 5,9 kunga (3 kunga) qisqartirtirish hisobiga 240 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi. bemorlarning shifoxonada qolish muddatining qisqarishi xisobiga jami yillik iqtisodiy samaradorlik 12 255 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tavsiya etilgan usldan foydalanish foydalanish bemorlarning statsionarda davolanish o‘rin kunlarining kamayishi xisobiga byudjet mablag‘larini 122 835 000 (431 nafar bemor hisobiga) so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish