Ismatov Xolbuta Begmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Soliq siyosati strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2765
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadriddin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq siyosati strategiyasini ishlab chiqish
va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bilan bogʻliq ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yillik byudjet parametrlarini tasdiqlash orqali har yili ma’murchilikka joriy o‘zgarishlar kiritib borish amaliyotini o‘rta va uzoq yillarga mo‘ljallangan byudjet daromadlari, soliq siyosati strategiyasini tasdiqlab borish orqali transparent va barqaror soliq tizimini shakllantirish taklifi asoslangan;
soliq tavakkalchiliklarini baholash va ishonchlilik indekslari mezonlari asosida segmentlash tizimini joriy qilish, soliq bazasini bozor narxidan kelib chiqqan holda hisoblashga bosqichma-bosqich o‘tishga asoslangan soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
soliq turlari va mahalliy byudjetlarga ajratmalarni yuqoridan pastga belgilab berishdan bosqichma-bosqich voz kechgan holda quyi darajadagi vakolatlarni kengaytirish asosida mahalliy byudjetlar mustaqilligini yanada oshirish taklif etilgan; 
iqtisodiy faoliyat sohasida xufiyona aylanma hamda nazorat qilinmaydigan daromadlar ko‘lamini qisqartirish, soliq qonunchiligi sohasidan tashqarida faoliyatni amalga oshiradigan shaxslarni norasmiy sektordan chiqishiga (qonuniylashishiga) ko‘maklashish asosida soliq siyosati strategiyasi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq siyosati va uning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bogʻliq ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
yillik byudjet parametrlarini tasdiqlash va u orqali har yili ma’murchilikka kiritiladigan tez-tez o‘zgarishlar o‘rniga, o‘rta va uzoq yillarga mo‘ljallangan byudjet daromadlari, soliq siyosati strategiyasini tasdiqlab borish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
10-iyuldagi PQ-4389-son “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Pespublikasi Moliya vazirligining 2023-yil 4-yanvardagi 06/04-32-58-conli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi byudjet-soliq siyosatining o‘zaro uygʻunligini ta’minlashga xizmat qilish bilan birgalikda o‘rta muddatli byudjetni to‘gʻri rejalashtirish hamda soliq siyosatining uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish imkonini yaratgan;
soliq tavakkalchiliklarini baholash va ishonchlilik indekslari mezonlari asosida segmentlash tizimini joriy qilish, soliq bazasini bozor narxidan kelib chiqqan holda hisoblashga bosqichma-bosqich o‘tishga asoslangan soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Pespublikasi Moliya vazirligining 2023-yil 4-yanvardagi 06/04-32-58-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi soliq to‘lovchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish hamda soliq siyosatining adolatlilik tamoyillari asosida ishlab chiqilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
soliq turlari va mahalliy byudjetlarga ajratmalarni yuqoridan pastga belgilab berishdan bosqichma-bosqich voz kechgan holda quyi darajadagi vakolatlarni kengaytirish asosida mahalliy byudjetlar mustaqilligini yanada oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘gʻrisida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
10-iyuldagi PQ-4389-son “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Pespublikasi Moliya vazirligining 2023-yil 4-yanvardagi 06/04-32-58-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi davlatning mahalliy va respublika byudjetlarini soliq tushumlarini barqarorlashgan holda ta’minlashga qaratilgan soliq siyosatining samaradorligini ta’minlab, mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromad bazalariga ega bo‘lishiga olib kelgan;
iqtisodiy faoliyat sohasida xufiyona aylanma hamda nazorat qilinmaydigan daromadlar ko‘lamini qisqartirish, soliq qonunchiligi sohasidan tashqarida faoliyatni amalga oshiradigan shaxslarni norasmiy sektordan chiqishiga (qonuniylashishiga) ko‘maklashish asosida soliq siyosati strategiyasi takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
10-iyuldagi PQ-4389-son “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Pespublikasi Moliya vazirligining 2023-yil 4-yanvardagi 06/04-32-58-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy asoslangan takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida milliy soliq siyosatining strategik
va taktik yo‘nalishlarini milliy manfaatlar va insofli soliq to‘lovchilar manfaatlari nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda shakllantirish va amalga oshirish ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish