Xudayberdieva Diera Abdusattarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy tekshirish usullarining prostata bezi saratonini erta tashxislashdagi imkoniyatlari» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1926
Ilmiy rahbar: Boyko Elena Vladimirovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Mirjalol Dexkonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maksudov Muzaffar Fatxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: prostata bezi saratonini erta tashxislashda zamonaviy tekshirish usullarining samaradorligini oshirish imkoniyatini takomilllashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prostata bezi saratonining turli bosqichlarini erta tashxislashda qo‘llaniladigan usullarning o‘ziga xosligi, sezgirligi va aniqligi alohida natijalar asosida kompleks davolash tartibi asoslangan;
qonda prostat spesifik antigenning konsentratsiyasi 13,6 ng/mldan ortiq bo‘lishi prostata bezi saratonini dastlabki bosqichlari uchun juda muhimligi, taktik davolash tartibini samarasini oshirsa, 50 ng/mldan yuqori bo‘lishi prostata bezi kapsulasi va limfa tugunlarini zararlanishi,  invaziv jarayon mavjudligidan dalolat berishi isbotlangan;
ilk bora prostata bezi saratonini erta tashxislashda qonda prostat spesifik antigenining 4-10ng/ml bo‘lganda TRUTT+UTA+EG tashxisiy kompleksi qo‘llanishining o‘ziga xosligi va prostata bezi saratonini o‘choqlarini kulrang shkala tartibida va dopplerografiya o‘tkazishda saraton parenximasida paydo bo‘lishiga xos bo‘lgan tabiatli o‘zgarishlardan qiyoslash tartibi isbotlangan;
prostata bezi saratonining T<2 bosqichida tashxislash imkonini beradigan ananaviy nur tashxisi usullariga qo‘shimcha ravishda kompression elastrografiyani qo‘llanishining isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yildagi 15 iyundagi son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: prostata bezi saratonini erta tashxislash va bosqichlarini baholashda qo‘llaniladigan usullarning o‘ziga xosligi, sezgirligi va aniqligi alohida hamda kompleks tashxislash tartibi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 25 iyuldagi 119-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 26 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash prostata bezi saratoni aksariyat hollarda kechki bosqichlarda aniqlanishi, erkaklar hayot sifatini sezilarli darajada qisqarishi, prostata bezi saratonini erta tashxislashda zamonaviy tekshirish usullarining qo‘llanishi tekshirish samaradorligini oshirish, tashxislashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar sonini kamaytirish, bemorlarning mehnatga layoqatini saqlash hamda bemorlar umr davomiyligini uzayishiga olib kelishi orqali tashxislash tartibi yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: prostata bezi saratonini erta tashxislash va bosqichlarini baholashda qo‘llaniladigan usullarning o‘ziga xosligi, sezgirligi va aniqligi alohida hamda kompleks tashxislash orqali sarf xarajatlarga 42000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: prostata bezi saratonini erta tashxislash va bosqichlarini  baholashda qo‘llaniladigan usullarning o‘ziga xosligi, sezgirligi va aniqligi alohida hamda kompleks tashxislashda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 42000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qonda prostat spesifik antigenining konsentratsiyasi 13,6 ng/mldan ortiq bo‘lishi prostata bezi saratonini dastlabki bosqichlari uchun juda muhimligi hamda 50 ng/mldan yuqori bo‘lishi invaziv jarayon prostata bezi kapsulasi va limfa tugunlarini zararlashini isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 25 iyuldagi 119-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 26 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash taktikasi qonda kasallikni rivojlanishini dastlabki bosqichlarida tashxislash radikal operatsiyalar ulushini oshirish va natijada bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish hamda hayot sifatini yaxshilash hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va xodimlarning yordamini ishonchligini oshirish va samarali tashxislash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: qonda prostat spesifik antigenining konsentratsiyasi 13,6 ng/mldan ortiq bo‘lishi prostata bezi saratonini dastlabki bosqichlari uchun juda muhimligi hamda 50 ng/mldan yuqori bo‘lishi invaziv jarayon prostata bezi kapsulasi va limfa tugunlarini zararlashiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: qonda PSA konsentratsiyasi 13,6 ng/mldan ortiq bo‘lishi prostata bezi saratonini dastlabki bosqichlari uchun juda aniq ekanligi, 50 ng/mldan yuqori bo‘lishi invaziv jarayon prostata bezi kapsulasi va limfa tugunlarini zararlanishi oldini olish shifoxonada yuqori texnologiyali asbob uskunalardan foydalanish natijasida umumiy xarajatlar o‘rtacha bir nafar bemorga 450 000 so‘mgacha davlat byudjetidan iqtisod qilish, takroriy tekshirishlarni tejamkorligi hisobiga iqtisod qilinadigan mablag‘lar 3 karra oshirish orqali yuqori texnologiyali asbob-uskunalardan foydalanishdagi tejamkorlik hisobiga 11000000 so‘m byudjet mablag‘i tejalishi va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bora prostata bezi saratonini erta tashxislashda qonda prostat spesifik antigenining 4-10ng/ml bo‘lganda «TRUTT+UTA+EG» tashxisiy kompleksi qo‘llanishining o‘ziga xosligi va prostata bezi saratonini o‘choqlarini kulrang shkala tartibida va dopplerografiya o‘tkazishda saraton parenximasida paydo bo‘lishiga xos bo‘lgan tabiatli o‘zgarishlardan qiyoslash imkonini Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 25 iyuldagi 119-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 26 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan komplekslilik bora prostata bezi saratonini erta tashxislashda qonda prostat spesifik antigenining 4-10ng/ml bo‘lganda «TRUTT+UTA+EG» tashxisiy kompleksi qo‘llanishining o‘ziga xosligi va prostata bezi saratonini o‘choqlarini kulrang shkala tartibida va dopplerografiya o‘tkazishda saraton parenximasida paydo bo‘lishiga xos bo‘lgan tabiatli o‘zgarishlardan qiyoslash imkonini yondashuvdan foydalanish orqali ilk bora prostata bezi saratonini erta tashxislashda qonda PSA 4-10ng/ml bo‘lganda «TRUTT+UTA+EG» tashxisiy kompleksi qo‘llanishining o‘ziga xosligi va PBSni o‘choqlarini kulrang shkala tartibida va dopplerografiya o‘tkazishda saraton parenximasida paydo bo‘lishi mumkin boshqa tabiatli o‘zgarishlardan qiyoslash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: ilk bora prostata bezi saratonini erta tashxislashda qonda PSA 4-10ng/ml bo‘lganda «TRUTT+UTA+EG» tashxisiy kompleksi qo‘llanishining o‘ziga xosligi va PBSni o‘choqlarini kulrang shkala tartibida va dopplerografiya o‘tkazishda  saraton parenximasida paydo bo‘lishi mumkin boshqa tabiatli o‘zgarishlardan qiyoslash bemorlarni davolash kursini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash orqali sarf-xarajatlarni kamaytirish va 170000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ilk bora prostata bezi saratonini erta tashxislashda qonda PSA 4-10ng/ml bo‘lganda «TRUTT+UTA+EG» tashxisiy kompleksi qo‘llanishining o‘ziga xosligi va PBSni o‘choqlarini kulrang shkala tartibida va dopplerografiya o‘tkazishda  saraton parenximasida paydo bo‘lishi mumkin boshqa tabiatli o‘zgarishlardan qiyoslash imkonini bergan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kunga 26520000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘sma jarayonining T≤2 bosqichini tashxislash imkonini beradigan prostata bezi saratonini erta tashxislash algoritmi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 25 iyuldagi 119-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 26 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi prostata bezi saratoni kechki bosqichlarda samarali  tashxislash, ijtimoiy muammolarga sabab bo‘lishi, bemorlar hayot sifatining pasayishi, nogironlikning ortishi, doimiy ravishda dori ta’minoti, o‘zgalarni parvarishiga muhtojlik va umr davomiyligining keskin qisqarishiga olib kelishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Prostata bezi saratonini T1 va T2 bosqichlarda aniqlash patsientlarning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 1,5 kunga qisqartirish natijasida yiliga o‘rtacha 28146000 so‘m byudjet mablag‘lari tejash, qayta murojaatlar sonini 22,1% ga kamaytirish hisobiga umr ko‘rish davomiyliligini uzaytirishtirish imkonini bergan. Xulosa: Prostata bezi saratonini T1 va T2 bosqichlarini baholashda shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 1,5 kunga qisqartirish va yiliga o‘rtacha 28146000 so‘m byudjet mablag‘lari tejash imkonini bergan. D.A.Xudayberdievaning zamonaviy tekshirish usullarning prostata bezi saratonini erta tashxislashdagi imkoniyatlarini baholash samaradorligini oshirishni takomillashtirish mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy  etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yildagi 15 iyundagi 01-4/255-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish