Pulatova Gulrux Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homilada shish sindromini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik  va  ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1854.
Ilmiy rahbar: Yusupbaev Rustem Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Djabbarov Ulugbek Uzakovich, tibbiyot fanlari doktori; Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqada perinatal ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida turli xil etiologiyali noimmun homila shishi uchun homiladorlikni olib borish, tashxislash va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor homila yurak aritmiyalari va homila yurak etishmovchiligi bilan kechuvchi noimmun homila shishlarida transplatsentar antiaritmik va kardiotonik davoning kengaytirilgan qadamba qadam algoritmlar ketma ketligi ishlab chiqilgan;
ilk bor noimmun homila shishlarida immunoglobulin terapiyasining samaradorligi o‘rganilgan, tadqiqot natijalariga asoslanib davo preparatining ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng xavfsiz minimal terapevtik dozasini tanlash orqali ushbu davolash usuli uchun optimal sxema, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
ilk bor intraabdominal vesico-allantoic uraxus oqmasi sababli yuzaga kelgan noimmun homila shishi aniqlangan;
noimmun homila shishi mavjud homiladorlarda kasallikni erta tashxislash imkonini beruvchi va kasallik etiologiyasidan kelib chiqqan holda davolash usullariga differensial yondashuvni qo‘llash orqali homiladorlikni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashi xulosasiga (05.08.2023y. № 8 d-i/4) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: noimmun homila shishlarida homila yurak aritmiyalari va homila yurak etishmovchiligini transplatsentar davolashning kengaytirilgan algoritmi ishlab chiqilishi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (2023 yil 12 iyundagi № 8 i-i/3-son) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Toshkent viloyati Bo‘ka TTB klinik amaliyotiga joriy qilindi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • taklif etilgan algoritmdan foydalanish davolash olib borilayotgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va nojo‘ya ta’sirlar sonini minimallashtiradi; • noimmun homila shishlari bilan kechuvchi homila yurak aritmiyalari va homila yurak etishmovchiligi kuzatilgan ayollarni olib borishda xar bir holatga aloxida yondashuv keyingi davolash natijalarini yaxshilaydi; • perinatal asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • noimmun homila shishlari bilan kechuvchi homila yurak aritmiyalari va homila yurak etishmovchiligi kuzatilgan ayollarni ambulator sharoitda olib borish xisobiga iqtisod qilingan; • homiladorlikni o‘rtacha 27 kunga ambulator sharoitda cho‘zish imkonini bergan va kasalxonaga yotmaslik hisobiga iqtisod qilingan: shifoxonada 1 kun qolish to‘lov miqdori – 223 500 so‘m; (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 6 034 500 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: noimmun homila shishlari bilan kechuvchi homila yurak aritmiyalari va homila yurak etishmovchiligi kuzatilgan ayollarni davolashda taklif  qilingan algoritmdan foydalanish orqali bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 12 069 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 6 034 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: noimmun homila shishlarida birinchi marta immunoglobulin terapiyasining samaradorligi o‘rganildi, ushbu davolash usuli uchun optimal sxema, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar shakllantirildi va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (2023 yil 12 iyundagi № 8 i-i/3-son) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Toshkent viloyati Bo‘ka TTB klinik amaliyotiga joriy qilindi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • infeksiya oqibatida kelib chiqqan noimmun homila shishlarida muddatdan oldingi tug‘ruqlar sonini, antenatal va neonatal homila o‘limlari sonini kamaytiradi; • tug‘ilgan chaqaloqlarda keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; • perinatal asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • infeksiya oqibatida kelib chiqqan noimmun homila shishlarida muddatdan oldingi tug‘ruqlar va chaqaloqlar kasallanishi sonini kamaytirishi xisobiga chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash bo‘limida shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 15 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 17 175 000 ming so‘mgacha kamaytirganligi hisobiga iqtisod qilingan (RIAGIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash bo‘limida 1 kun qolish 1 145 000so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon 22 500 000 so‘mga kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 1 500 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: infeksiya oqibatida kelib chiqqan noimmun homila shishlarini immunoglobulin terapiya bilan davolash natijasida, chaqaloqlarni jonlatirish va intensiv davolash bo‘limlaridagi yotoq kunlarini qisqartirish bilan bir nafar chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 5 290 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 645 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: tadqiqot davomida birinchi bor intraabdominal vesico-allantoic uraxus oqmasi sababli kelib chiqqan noimmun homila shishi aniqlandi va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (2023 yil 12 iyundagi № 8 i-i/3-son) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Toshkent viloyati Bo‘ka TTB klinik amaliyotiga joriy qilindi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • noimmun homila shishiga olib keluvchi ushbu sababning aniqlanishi kasallikning noaniq etiologiyali turlari uchrashini kamaytiradi; • kasallikni tashxislash sifatini oshiradi; keyingi tekshiruvlar uchun ketadigan xarajatlar hajmini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: noimmun homila shishiga olib keluvchi ushbu sababning aniqlanishi noaniq etiologiyali homila shishlarida kasallik sababini aniqlash uchun talab etiladigan keyingi tekshiruvlarga sarflanadigan xarajatlar hajmini o‘rtacha 1 291 000 ming so‘mga kamaytirdi (RIAGIATM ning preyskurantiga ko‘ra noimmun homila shishiga olib keluvchi asosiy TORCH infeksiyalariga PZR tekshiruvlar o‘rtacha narxi 720 000 so‘mni, kariotiplash teshiruvi 420 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: intraabdominal vesico-allantoic uraxus oqmasi sababli kelib chiqqan noimmun homila shishi aniqlanishi bilan noaniq etiologiyali homila shishlarida kasallikni sababini aniqlashga qaratilgan bir qator tekshiruvlarga sarflanadigan xarajatlar hajmi o‘rtacha 1 291 000 ming so‘mga kamaytirildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: noimmun homila shishida homiladorlikni boshqarish algoritmi ishlab chiqildi va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (2023 yil 12 iyundagi № 8 i-i/3-son) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Toshkent viloyati Bo‘ka TTB klinik amaliyotiga joriy qilindi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • ushbu algoritm homilaning morfologik va funksional holatini batafsilroq baholash imkonini beradi; • noimmun homila shishi bilan asoratlangan homiladorlarda kasallikni tashxislash va davolash sifatini oshiradi; • fetal terapiya va fetal jarrohlik usullarini qo‘llash orqali perinatal kasallanish va o‘lim sonini kamaytiradi; • homiladorlikni to‘liq muddatgacha uzaytirish imkonini beradi; • homiladorliklarni asossiz to‘xtatilish sonlarini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • noimmun homila shishi bilan kasallangan erta tug‘ilgan chaqaloqlarni davolash va parvarish qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarflanadigan tibbiy xarajatlar kamaygan, neonatal intensiv terapiya va chaqaloqlar jonlantirish bo‘limlarida o‘tkaziladigan yotoq kunlari soni o‘rtacha 15 kunga qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 17 175 000 ming so‘mgacha kamaytirganligi hisobiga iqtisod qilingan (RIAGIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash bo‘limida 1 kun qolish 1 145 000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon 22 500 000 so‘mga kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 1 500 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: noimmun homila shishi mavjud ayollarni to‘g‘ri tekshirish va davolash bilan  chaqaloqlarni jonlatirish va intensiv davolash bo‘limlaridagi yotoq kunlarini qisqartirish natijasida bir nafar chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 5 290 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 645 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish