Ganieva Zulfiyaxon Boburxon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Urokonit va tribulepil preparatlarining farmako-toksikologik xususiyatlari», 14.00.17 - Farmakologiya va klinik farmakologiya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Far43.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Ziyoda Turaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlyanov Zafar Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urokonit va «Tribulepil» dori vositalarining turli xil yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llash samaradorligi hamda xavfsizliligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor urokonit substansiyasining yallig‘lanishga qarshi ta’siri flagogen (formalin, gistamin) moddalar bilan chaqirilgan modelda kanefrondan yuqoriligi isbotlangan;
ilk bor «Tribulepil» yig‘masining spesifik faolligi formalin va gistamin bilan chaqirilgan yallig‘lanish modelida ko‘rib, samarasi isbotlangan;
«Tribulepil» yig‘masining eksperimental prostatit kechimida yallig‘lanishga qarshi ta’siri aniqlangan va uning samaradorligi «Prostamol Uno» preparatidan kam emasligi tajribalarda isbotlangan; 
«Tribulepil» yig‘masi va urokonit substansiyasining bezararligi bo‘yicha ularning mahalliy qitiqlovchi hamda allergik ta’sir qo‘rsatmasligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Urokonit va «Tribulepil» preparatlarining farmako-toksikologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Urokonit dori moddasining embriotoksik va teratogen ta’sirini o‘rganish usullari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi №8n-z/52 xulosasi, Toshkent farmatsevtika institutining 2023 yil 2 avgustdagi 01/1489-sonli xulosasi). Natijada, siydik-tanosil tizimi a’zolarining nospesifik yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositasining homila rivojlanishi va tug‘ilgan farzand uchun xavfsiz ekanligi isbotlangan va amaliyotga tatbiq etish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Tribulepil» yig‘masining spesifik farmakologik faolligi va bezararligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli antiprostatik bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Tribulepil» yig‘masi uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKning 2019 yil 1 apreldagi 29/01-347-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi samarali yallig‘lanishga qarshi antipiretik va analgetik xususiyatga ega dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish