Xakimov Ziyodulla Axmadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik klasterlarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish", 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt368.
Ilmiy maslahatchi: Abdurahmanova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shohista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tillyaxodjaev Muzaffarxodja Abdupataxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik klasterlarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra klasterlarga avtonom faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish tuzilmalariga nisbatan kengroq ma’noda qarashga asoslangan tadqiqotlar orqali “sanoat klasteri” tushunchasi hududiy va funksional mezonlar asosida o‘zaro bog‘liq tizimda faoliyat yurituvchi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish infratuzilmasi va o‘z nufuzga ega bo‘lgan holda innovatsion mahsulot yoki xizmatlarni yaratish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi raqobatda ustuvorlik va qo‘shilgan qimmat yaratishni nazarda tutuvchi hamjamiyat sifatida takomillashtirilgan; 
xorijiy davlatlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining savdo uyi (vakolatxona)sini tashkil qilish hamda jahonda to‘qimachilik sanoati taniqli brendlari vakillarining respublikada har yili o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’minlash taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoatida hududiy aglomeratsiyalar rivojlanishining EG aglomeratsiya indeksi miqdoriy mezonlarini “konsentratsiya etarli emas” (γ〖EG〗_k≤0,02); “maqbul darajadagi konsentratsiya” (0,02≤γ〖EG〗_k≤0,05); “sezilarli aglomeratsiya” (γ〖EG〗_k  ≥ 0,05)  diapazonlari chegarasida baholash taklifi asoslangan;
to‘qimachilik klasterining shakllanishi, rivojlanishi va samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar dinamik tizim harakatini 50 yillik istiqbolli simulyasiyasi modeli asosida paxta-to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha 2021-2026 yillarda tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish istiqbol parametrlari belgilangan;
to‘qimachilik klasterlarining Evropa bozorlariga eksportni amalga oshirishda GSP+ maxsus preferensiyalariga moslashuvchan mahsulot diversifikatsiyasi aniqlanib, eksportning 2026-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik klasterlarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
klasterlarga avtonom faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish tuzilmalariga nisbatan kengroq ma’noda qarashga asoslangan tadqiqotlar orqali “sanoat klasteri” tushunchasi hududiy va funksional mezonlar asosida o‘zaro bog‘liq tizimda faoliyat yurituvchi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish infratuzilmasi va o‘z nufuzga ega bo‘lgan holda innovatsion mahsulot yoki xizmatlarni yaratish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi raqobatda ustuvorlik va qo‘shilgan qimmat yaratishni nazarda tutuvchi hamjamiyat sifatida takomillashtirilgan uslubiy yondashuvdan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “B2B marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 23-yanvardagi 20-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida hududiy va funksional mezonlar asosida o‘zaro bog‘liq tizimda faoliyat yurituvchi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish infratuzilmasi va o‘z nufuzga ega bo‘lgan holda innovatsion mahsulot yoki xizmatlarni yaratuvchi “sanoat klasteri” tushunchasi bo‘yicha yanada kengroq nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
xorijiy davlatlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining savdo uyi (vakolatxona)sini tashkil qilish hamda jahonda to‘qimachilik sanoati taniqli brendlari vakillarining respublikada har yili o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 28-apreldagi 02/22-317-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikadagi to‘qimachilik korxonalari va klasterlarining xalqaro miqyosdagi ishlab chiqarish va savdo hamkorlari bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda jahon bozorlariga chiqish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik sanoatida hududiy aglomeratsiyalar rivojlanishining EG aglomeratsiya indeksini miqdoriy mezonlarini “konsentratsiya etarli emas” (γ〖EG〗_k≤0,02); “maqbul darajadagi konsentratsiya” (0,02≤γ〖EG〗_k≤0,05); “sezilarli aglomeratsiya” (γ〖EG〗_k  ≥ 0,05)  diapazonlari chegarasida baholash taklifi O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi faoliyatiga 2023-yil 20-apreldagi №05/1-X-sonli buyrug‘i asosida joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023-yil 28-apreldagi 02/22-317-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston hududlarida to‘qimachilik korxonalarini maqsadli joylashtirish mexanizmlari ishlab chiqilib, jumladan, Namangan viloyatida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo‘nalishida ishlab chiqarish hajmini 2026-yilga yakuni bo‘yicha 14,1 trln. so‘mga etkazish ko‘zda tutuvchi loyihalar amalga oshirilishi belgilangan;
to‘qimachilik klasterining shakllanishi, rivojlanishi va samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar dinamik tizim harakatini 50 yillik istiqbolli simulyasiyasi modeli asosida paxta-to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha 2021-2026-yillarda tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish istiqbol parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining paxta-to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha 2021-2026 yillarda tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish “yo‘l xaritalari” ishlab chiqishga oid qarorlarida inobatga olingan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023-yil 28-apreldagi 02/22-317-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida shakllanadigan klasterlarning global raqobatda ustunligini ta’minlash bo‘yicha asosiy omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan; 
to‘qimachilik klasterlarining Evropa bozorlariga eksportni amalga oshirishda GSP+ maxsus preferensiyalariga moslashuvchan mahsulot diversifikatsiyasi aniqlanib, eksportning 2026-yilgacha aniqlangan prognoz ko‘rsatkichlari “Art Soft Tex” MChJ hamda “Mega Home Textile” MChJlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023-yil 28-apreldagi 02/22-317-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu korxonalarda TIF TN bo‘yicha 6114; 6202; 6211 kod mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish va mazkur mahsulotlarning GSP+ tizimi asosida Evropa bozorlariga eksport qilish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish