Saliev Gayratbek Zakirovichovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parenximatoz organlar shikastlanganda yangi kompozit plyonkali gemostatik qoplama ishlab chiqish va samaradorligini eksperimental baholash», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2022.4.PhD/Tib2908.
Ilmiy rahbar: Abdullajonov Baxromjon Rustamjonovich, t.f.d dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjimatov Gulomiddin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalikov Sarvar Pulatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinikagacha bo‘lgan toksikologik va farmakologik tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, jarrohlikda parenximal qon ketishini to‘xtatish uchun yangi mahalliy polimer plyonka implantatsiyasining samaradorligini eksperimental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozit plastinkani oksidlangan viskoza bilan mustahkamlash jigar yuzasiga yopishishi, yorilishga chidamliligi, gigroskopikligi, bakterisid faolligi va koagulyasion faolligi nuqtai nazaridan implantning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashi aniqlangan;
o‘z-o‘zidan to‘xtab qolmaydigan va mahalliy gemostatik vositalardan foydalanishni talab qiladigan faol aralash qon ketishiga erishish imkonini beruvchi jigar shikastlanishini eksperimental modellashtirish usuli ishlab chiqilgan;
oksidlangan viskoza tolalari bilan mustahkamlangan gemostatik kompozit plastinka jaroxat yuzasiga tez yopishgani holda parenximatoz qon ketishini to‘xtatishi, shuningdek, yorilishga etarli darajada chidamliligi hamda yallig‘lanish reaksiyasisiz va infisirlanishsiz biodegradatsiyalanish bilan tavsiflanishi tajribada isbotlangan;
plastinkali implantantni oksidlangan viskoza bilan mustahkamlash, sellyulozadan farqli o‘laroq, jigarning jaroxat yuzasini bitishi yaqqol namoyon bo‘luvchi yallig‘lanish reaksiyasisiz hamda fiksatsiya soxasida granulyasion to‘qima shakllanmagan holda qoplamaning bosqichma-bosqich biodegradatsiyalanishi bilan tavsiflanishi gistomorfologik tadqiqotlar orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 avgustdagi 06/21-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 12 yanvardagi 08/35-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: oksidlangan viskoza tolalari bilan mustahkamlangan kompozit plastinka parenximatoz a’zolar xirurgiyasida mahalliy qon to‘xtatuvchi vosita sifatida qo‘llashga imkon bergani holda yorilishga etarli darajada chidamlilikka, egiluvchanlikka va yopishqoqlikka ega ekanligi aniqlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Parenximatoz a’zolar xirurgiyasida turli xil maxalliy gemostatik vositalarning samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma RShTYoIM Fargona filiali bo‘yicha buyruq (05.01.2023 y.; №9), RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (10.01.2023 y.; №194/1) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: oksidlangan viskoza tolalari bilan mustahkamlangan kompozit plastinkadan foydalanish bir marta qo‘llash orqali gemostazga erishishga imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: takomillashtirilgan usulni amaliyotga joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10,8 kundan 5,4 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 mln. 900 ming so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: takomillashtirilgan davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasining hisobiga harajat kamayishidan bir nafar bemordan 1 mln. 900 ming so‘mni, iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar jarohatlarida kompozit plastikasini jigar yuzasiga yopishishi, yorilishga chidamliligi, gigroskopikligi, bakterisid faolligi va koagulyasion faolligi, qon ketishni to‘htashga imkon beradi (Foydali model uchun patent FAP 02186, 26.12.2022 y.). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Parenximatoz a’zolar xirurgiyasida turli xil maxalliy gemostatik vositalarning samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma RShTYoIM Fargona filiali bo‘yicha buyruq (05.01.2023 y.; №9), RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (10.01.2023 y.; №194/1) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kalamushlarda jigar shikastlanishini modellashtirishning tavsiya etilgan usuli yuzaki ochiq jaroxatning shakllanishi va aralash qon ketishi hisobiga turli implantlarning mahalliy gemostatik samaradorligini baholash uchun ob’ektiv tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot ishlab chiqilgan usulning samaradorligini asoslashga va davolashga sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 244 ming so‘m) 2 mln. 440 ming so‘m pul tejalishiga imkon bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan usul samaradorligini eksperimental asoslash sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 1 oyda 7 mln. 320 ming so‘mni tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: oksidlangan viskoza tolalari bilan mustahkamlangan yangi kompozit plastinka bir marta qo‘llash orqali gemostazga erishishga imkon berishi, o‘z shakli va fiksatsion pishiqligini saqlab qolishi hamda perifokal o‘zgarishlar rivojlanmagani holda bosqichma-bosqich so‘rilishi tajribada aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Parenximatoz a’zolar xirurgiyasida turli xil maxalliy gemostatik vositalarning samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma RShTYoIM Fargona filiali bo‘yicha buyruq (05.01.2023 y.; №9), RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (10.01.2023 y.; №194/1) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi oksidlangan viskoza tolalari bilan mustahkamlangan yangi kompozit plastinka bir marta qo‘llash orqali gemostazga erishishga imkon berishi, o‘z shakli va fiksatsion pishiqligini saqlab qolishi hamda perifokal o‘zgarishlar rivojlanmagani holda bosqichma-bosqich so‘rilishi tajribada aniqlanishini imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi yangi kompozit plastinka bir marta qo‘llash orqali gemostazga erishishga imkon berishi bilan 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 20,8 kundan 10,4 kungacha qisqartirishi xisobiga, dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: kompozit plastinka qo‘llash orqali gemostazga erishish yotoq-o‘rin aylanmasining oshishi hisobiga harajat kamayishidan 1 mln. 900 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: viskoza asosidagi gemostatik plyonkaning biodegradatsiyasi hujayra javob reaksiyasini keltirib chiqarmasligi, shuningdek, shikastlangan jigar yuzasining regeneratsiya sohasida zich biriktiruvchi to‘qimali chandiqning shakllanishi hamda mahalliy bitishma jarayonining kuzatilmasligi isbotlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Parenximatoz a’zolar xirurgiyasida turli xil maxalliy gemostatik vositalarning samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma RShTYoIM Fargona filiali bo‘yicha buyruq (05.01.2023 y.; №9), RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (10.01.2023 y.; №194/1) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Na-Ca-karboksimetilsellyuloza bilan oksidlangan viskoza birikmasi asosidagi implantat uzoq muddat surunkali qo‘llanilganda tajriba hayvonlarining organizmida patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarmasligi, isbotlangan barqaror gemostatik ta’siri esa, uni parenximatoz a’zolar xirurgiyasida tadbiq etish va klinik sinovlar o‘tkazishga imkon berishi aniqlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usulni tadbiq etish bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga harajatlarni kamaytirishga imkon berdi 1 nafar bemor uchun mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar sonining 12,4% dan 2,6% ga qisqarishiga. Xulosa: bir nafar bemorni nogironlikning bir yillik pensiyasini hisoblash asosida nogironlikni kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan bir yillik iqtisodiy samara 8 mln. 376 ming so‘mni tashkil qiladi.