Saitov Dilisher Nuridullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak etishmovchiligi (gemodializ) fonida oyoqlar diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasini tanlash», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2022.2.PhD/Tib2907.
Ilmiy rahbar: Matmurotov Quvondik Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak etishmovchiligi (rejali gemodializ) fonida oyoqlar diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarni davolash  natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlar diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda oyoqlar periferik arteriyalarini revaskulyarizatsiyalovchi endovaskulyar amaliyotlarni amalga oshirish xususiyatlari aniqlangan;
rejali gemodializ fonida oyoqlar diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda kombinirlangan endovaskulyar amaliyotlarni bajarishning yuqori samarali sxemasi aniqlangan;
surunkali buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarning diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda kaminvaziv endovaskulyar revaskulyarizatsiyalovchi jarrohlik amaliyoti usuli takomillashtirilgan;
rejali gemodializda oyoqlar diabetik gangrenasi bor bemorlarda amaliyotdan keyingi asoratlarni kamayishi bilan takomillashtirilgan kombinirlangan endovaskulyar usulning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 24 avgustdagi 08/021-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 10 iyundagi 02/2120-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: rejali gemodializ fonida oyoqlarida diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda takomillashtirilgan strategiya bo‘yicha endovaskulyar revaskulyarizatsiyalovchi amaliyotlarni amalga oshirish, amaliyotdan keyingi asoratlarni keskin kamaytirishga, oyoq panjalarining tayanch faoliyatini va bemorlar hayot sifatini yaxshilash bilan saqlab qolinishiga imkon berdi (DGU 25166, 28.04.2023-y.). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining yiringli jarrohlik bo‘limi hamda Xorazm viloyat klinik shifoxonasining yiringli jarrohlik bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 21-iyundagi 8n-r/696-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuv buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarida diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarning davo choralari samaradorligini oshirish hamda kasallik asoratlarining oldini olish imkoniyatini beradi. To‘g‘ri tanlangan davolash usuli buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlar diabetik gangrenasida shifoxonada bo‘lish davri 1-2 kunga qisqartirilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarida diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda kasallik belgilarini erta aniqlash oyoqdagi boshqa yiringli  kasalliklarining differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha sarf-xarajatlar hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarda diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarga xos bo‘lgan kasallik belgilari aniqlanib, kasallikni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga  mablag‘ning o‘rtacha 500.000 so‘mini iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarida diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda periferik arteriyalarda endovaskulyar revaskulyarizatsiyalovchi amaliyotlarni amalga oshirish strategiyasini aniqlashda arteriyalar zararlanishining tabiatini hisobga olish kerakligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining yiringli jarrohlik bo‘limi hamda Xorazm viloyat klinik shifoxonasining yiringli jarrohlik bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 21-iyundagi 8n-r/696-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarida diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda kasallik belgilarini erta aniqlash, oyoqdagi boshqa yiringli kasalliklarning differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha sarf-xarajatlar hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash boshqa qo‘shimcha markerlar aniqlanishi uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni cheklaydi hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250.000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 200.000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 7 kundan 5 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 500.000  so‘m, byudjet hisobidan esa 400.000 so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: DPS da oyoq panjasi gangrenasining yuzaga kelishi va rivojlanishi etiopatogenezida oyoq panjasining arterial oziqlanishi hajmi va qon aylanishining buzilishini qoplash imkoniyati nuqtai nazaridan, orqa katta boldir arteriyasi asosiy rol o‘ynaydi, chunki orqa arterial havzasi izolyasiyalangan zararlanishida oyoq panjasida yiringli-nekrotik jarayonning yuzaga kelish ehtimoli 59,9% ga teng (r>0,05);
uchinchi ilmiy yangilik: kombinirlangan endovaskulyar davolash usullari fonida oyoq panjasidagi kichik jarrohlik amaliyotlarni bajarish uchun maqbul sharoitlar takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining yiringli jarrohlik bo‘limi hamda Xorazm viloyat klinik shifoxonasining yiringli jarrohlik bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 21-iyundagi 8n-r/696-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi asoratlarni, statsionarda yotoq kunlarini kamaytirish va umumiy sarf-xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Surunkali buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarida diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda turli sabablardan kelib chiquvchi og‘riq sindromini, qon ketishi, portal gipertenziya, bakterial infeksiya, gepatorenal sindrom kabi og‘ir asoratlarning oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, bemorlarda olib boriladigan asoslanmagan jarrohlik strategiyasi ko‘p hollarda reabilitatsiya borasida juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki yiringli-nekrotik yara birinchi navbatda ko‘p hollarda ikkinchi operatsiyani amalga oshirishni va buning oqibatida qayta anesteziyani talab qiladi, bu esa bemor va umuman organizm uchun qo‘shimcha stressdir, ikkinchidan, panjada hosil bo‘lgan chandiqli jarayon fonida bemorlarning harakatlanishi keskin cheklanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: 1) maqsadsiz dori-darmonlar qo‘llanilishining oldini olish; 2) tor mutaxassis shifokorlar maslahatining tejalishi bemorlarning shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250.000 so‘m, byudjet hisobidan  davolanayotgan bemor uchun esa 200.000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan  500.000 so‘m, byudjet hisobidan  esa 400 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: Kombinirlangan kaminvaziv amaliyotlarning bajarilishi (asosiy guruh (n=68)) bo‘yicha takomillashtirilgan jarrohlik strategiyasi 73,5% hollarda yaxshi natijalarga olib keldi (r>0,05), bu taqqoslash guruhidagi bemorlarga (58,2%) qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Ushbu olib borilgan jarrohlik taktikasi natijasida amaliyotdan keyingi davrda o‘lim holatlarining past darajasi qayd etilgan - 4,4% (n=3) (taqqoslash guruhida - 13,9% (n=11)) (r>0,05);
to‘rtinchi ilmiy yangilik: buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarida diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda oyoq panjasini tayanch funksiyasini saqlab qolishga qaratilgan kombinirlangan endovaskulyar amaliyotlarni o‘tkazish taktikasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining yiringli jarrohlik bo‘limi hamda Xorazm viloyat klinik shifoxonasining yiringli jarrohlik bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 21-iyundagi 8n-r/696-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: endovaskulyar revaskulyarizatsiyalovchi muolajalaridan keyin bemorlarni qayta tiklanish davri bajarilgan operatsiyani bosqichi hisoblanmaydi, balki bu davr insonning odatiy ijtimoiy faoliyatini tiklagan holatga hayotga qaytishi uchun muhim shart bo‘lib hisoblanadi. Bajarilgan qayta tiklash jarrohlik amaliyotlari tanlangan yo‘li va uslubi barcha holatlarda oyoq panjasidagi sog‘lom to‘qimalarning hajmini hisobga olgan holda alohida tanlangan holatda shunday tanlanishi kerakki, bunda panjaning hamma faoliyatini imkon darajada saqlab qolish, optimal biomexanikani yaratish va panjada amalga oshirilgan operatsiyadan keyingi o‘zgarishlar va boshqa asoratlar rivojlanishini oldi olinishi kerak. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarida diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda yiringli jarrohlikda takomillashtirilgan davolash va tashxislash algoritmini qo‘llash jami yillik iqtisodiy samaradorlik 24 000 000 so‘mni tashkil qiladi (o‘rtacha 1 yil davomida buyrak etishmovchiligi fonida oyoqlarida diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlardan 30 nafari davolansa 800 000x30=24 000 000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: Surunkali buyrak etishmovchiligi fonida DPS bilan panja gangrenasi bo‘lgan bemorlarda kombinatsiyalangan endovaskulyar amaliyotlarni amalga oshirish oyoq panjasi funksional faoliyatining saqlanib qolinishini 59,4 dan 72,3% gacha (r>0,05), tayanch-harakatlanish faoliyatini 78,3 dan 90,7% gacha yaxshilaydi (r>0,05) va o‘z navbatida oyoqlarning yuqori amputatsiyalari chastotasini 21,5 dan (n=17) 8,8% (n=6) gacha kamaytiradi (r>0,05). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish