Axtamov Azim A’zamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak yoshdagi bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi va tug‘ma chiqishini erta aniqlash, davolash va oldini olish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3. PhD/Tib365.
Ilmiy rahbar: Djuraev Axror Maxmutovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Farxod Sharofovich, tibbiyot fanlari doktori; Umarov Fayzulla Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyoti instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak yoshdagi bolalarda son suyagi tug‘ma chiqishini erta aniqlash, funksional davolash va reabilitatsiya usullarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak yoshdagi bolalarda sonning tug‘ma chiqishini erta funksional davolash usuli takomillashtirilgan, bunda klinik shina yordamida chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarida faol harakat saqlangan holda son chiqishini og‘riqsiz va qonsiz usulda quymich kosachasiga solish samaradorligining oshishi, shina tasmachalarini va sonlarni kerib tutib turuvchi prujinali ajratgich bola yoshi va gavdasiga ko‘ra osonlik bilan zarur holatga o‘zgartirilib, qo‘llash qulay, engil hamda an’anaviy gipsli bog‘lamdan afzalroq ekanligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini davolash algoritmi orqali bemor yoshi, chiqish darajasiga ko‘ra fiksatsiya muddati, davolash va reabilitatsiya usullarini tanlash, dispanserizatsiya davri, davolash usullarini korreksiya qilish kabi mezonlarga asoslangan xolda asossiz ravishda davolash usullarini qo‘llashni oldini olish mumkinligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan «derotatsion etikcha» tovon qismida o‘rnatilgan burchak o‘lchagich yordamida 5-200 oralig‘ida mo‘’tadil ichki rotatsiyani ta’minlashi orqali chanoq-son bo‘g‘imida harakat hajmining tiklanishi va erishilgan korreksiya holatining saqlab qolinishi xamda nostabillikning oldi olinishi isbotlangan;
klinik va geneologik mezonlar xamda irsiy va (tashqi/ichki) muhit omillarining o‘zaro ta’sirini baholashga asoslangan xolda bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi va tug‘ma chiqishini nasldan naslga o‘tish ehtimoli asoslangan;
bola oyoqlarini tanadan yozilgan va 40-450 uzoqlashtirilgan xolatda yo‘rgaklash chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi va sonning tug‘ma yarim chiqishini rivojlanishini oldini olishi isbotlangan;
rentgenologik tasvirda sonning gorizontal va vertikal siljishi masofalarining nisbatiga ko‘ra ishlab chiqilgan baholash taktikasi chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini erta tashxislash imkoniyatini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 22 iyun 35-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 26 iyun №8707 son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ko‘krak yoshdagi bolalarda sonning tug‘ma chiqishini erta funksional davolash usuli takomillashtirilgan, bunda klinik shina yordamida chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarida faol harakat saqlangan holda son chiqishini og‘riqsiz va qonsiz usulda quymich kosachasiga solish samaradorligining oshishi, shina tasmachalarini va sonlarni kerib tutib turuvchi prujinali ajratgich bola yoshi va gavdasiga ko‘ra osonlik bilan zarur holatga o‘zgartirish orqali qo‘llash usuli Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (18.09.2021 y.; №12), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.09.2021 y.; №29) va Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2023 y.; №6) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan ortopedik shinaning qo‘llanilishi ko‘krak yoshdagi bolalarda sonning tug‘ma chiqishini qonsiz usulda davolash samaradorligini oshiradi, rivojlanish ehtimoli bo‘lgan asoratlar (aseptik nekroz) ulushinini kamaytiradi, reabilitatsiya sifatini yaxshilaydi. Chanoq-son bo‘g‘imining faol funksional harakatini qisqa muddatlarda mutanosib tiklanish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: funksional davolashning yangi usulini amaliyotga ambulator sharoitda joriy qilinishi bemor statsionarga kamida ikki hafta yotsa o‘rtacha byujdetdan bir bemor uchun 560 000 so‘m iqtisod qilinadi, byujdetdan tashqari 150 00 so‘m tejab qolinishi mumkin. Xulosa: funksional davolashning yangi usulini amaliyotga joriy etilishi bir nafar bemor hisobiga byujdetdan 560 000 so‘m, byujdetdan tashqari mablag‘larni 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini davolash algoritmi orqali bemor yoshi, chiqish darajasiga ko‘ra fiksatsiya muddati, davolash va reabilitatsiya usullarini tanlash, dispanserizatsiya davri, davolash usullarini korreksiya qilish kabi mezonlarga asoslangan xolda asossiz ravishda davolash usullarini qo‘llashni oldini olish orqali Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (18.09.2021 y.; №12), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.09.2021 y.; №29) va Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2023 y.; №6) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: funksional davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; asoratlar ulushini kamaytirish orqali bemorlarda funksional davolanishdan keyingi reabilitatsiya samaradorligi oshadi va nogironlik ulushi kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir nafar bemor ambulator sharoitda davolash va reabilitatsiya muolajalarini samarali o‘tkazilishi davolash jarayonining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: bir bor rentgen tasvir qo‘llanilmasligi – 46 600 so‘m, massaj va jismoniy mashqlar onasi tomonidan bajarilishi hisobiga ba’zi fizioterapevtik muolajalar qo‘llamaslik – 116 400 so‘m, bir bemorda asorat (aseptik nekroz) rivojlanmasdan nogironlik kuzatilmasligi bir yilda 6 432 000 so‘mni (bir nafar bemor uchun jami 6595 000) tashkil etadi. Xulosa: davolash algoritmini amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byujdet mablag‘larini 6 595000 so‘m va byujdetdan tashqari 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan «derotatsion etikcha» tovon qismida o‘rnatilgan burchak o‘lchagich yordamida 5-200 oralig‘ida mo‘’tadil ichki rotatsiyani ta’minlashi orqali chanoq-son bo‘g‘imida harakat hajmining tiklanishi va erishilgan korreksiya holatining saqlab qolinishi xamda nostabillikning oldi olinishi orqali Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (18.09.2021 y.; №11), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.09.2021y.; №30) va Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2023 y.; №5) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi chanoq-son bo‘g‘imida harakatlarni ishga solish uchun tavsiya etilgan qurilma amaliyotga joriy etilishi natijasida jismoniy aktiv va passiv mashqlarni bajarish uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshirilishi chanoq-son bo‘g‘imida mo‘’tadil funksional harakatni erta tiklanishiga imkoniyat yaratadi. Qurilma uy sharoitida ota-onalar nazoratida qo‘llanilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Reabilitatsion muolajalarni qurilma yordamida (ambulator sharoitda) bajarilishi bir bemor uchun bo‘g‘imlarda harakatni cheklanishida qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar kompleksi bir seans – 23 600 so‘m, bir kurs davolanishda 10 seans – 236 000 so‘m. Bir yilda 4 bor davolanish zarurati bo‘lib bir yillik byujdetdan harajat – 944 000 so‘m bo‘lib, bir bemor uchun bir yilda byujdetdan 1 866 400 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: chanoq-son bo‘g‘imida harakatlarni ishga solish uchun qurilma amaliyotga joriy etilishi bir bemor hisobiga byujdet mablag‘larini yiliga 1866400 so‘m iqtisob qilish imkoniyatini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik va geneologik mezonlar hamda irsiy va (tashqi/ichki) muhit omillarining o‘zaro ta’sirini baholashga asoslangan xolda bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi va tug‘ma chiqishini nasldan naslga o‘tish ehtimoli asoslab Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (18.09.2021 y.; №12), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.09.2021y.; №29) va Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2023 y.; №6) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan sonning tug‘ma chiqishini nasldan-naslga o‘tish ehtimolini prognoz (bashorat) qilish dasturi qarindoshlar o‘rtasida nikohlanish holatlarini kamaytirib tug‘ma kasalliklar bilan tug‘iladigan bolalar ulushini kamaytirib profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qarindoshlar o‘rtasidagi bitta nikohlanishni oldini olib bitta bemor nogiron bola tug‘ilishini oldini olish davlat tomonidan byujdet hisobidan sarf-xarajatlarni bir yil hisobidan 6 360 000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Avlodida tug‘ma kasallik kuzatilgan ortopedik davolash, reabilitatsion muolajalarning ambulator sharoitda qo‘llanilishi bir nafar bola hisobiga byujdet hisobidan 440 ming so‘m, byujdetdan tashqari mablag‘larni 150 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: avlodida sonning tug‘ma chiqishi kuzatilgan bemorlarda kasallikni erta aniqlash, ambulatorn sharoitda erta davolash va reabilitatsiya muolajalarni amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byujdet mablag‘larini 560 000 so‘mga, byujdetdan tashqari mablag‘larni 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: bola oyoqlarini beshikda tanadan yozilgan va 40-450 uzoqlashtirilgan xolatda yo‘rgaklash chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi va sonning tug‘ma yarim chiqishini rivojlanishini oldini olishi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (18.09.2021 y.; №12), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.09.2021y.; №29) va Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2023 y.; №6) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: displaziyani chiqishga o‘tishini oldini oladi ya’ni kasallik og‘irlashishiga yul quyilmaydi; kasallik engil kechib gipsli bog‘lamasiz daolanadi; davolanish muddati qisqaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: displaziya mavjud bo‘lgan chaqaloqni beshikka keng yo‘rgaklash usulini qo‘llanilishi va 3 oylik (rentgen tasvir qilish) muddatgacha sog‘lomlashtirish 1 nafar bemor uchun (ambulator sharoitda davolanish uchun) 1 ta klinik shina – 180 000, 1 ta Vilenskiy shina 130 000 so‘m ya’ni bir nafar bemor uchun kasallik engil kechganda 310 000 so‘m iqtisod qilinadi (umumiy iqtisodiy samaradorlik buyujdetdan tashqari 1 bemor uchun 310 000 so‘m tashkil qildi). Xulosa: sonni tug‘ma chiqishini erta aniqlash va davolash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 6 432 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 310 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
oltinchi ilmiy yangilik: rentgenologik tasvirda sonning gorizontal va vertikal siljishi masofalarining nisbatiga ko‘ra ishlab chiqilgan baholash taktikasi chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini erta tashxislash Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (18.09.2021 y.; №12), Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.09.2021y.; №29) va Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2023 y.; №6) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini rentgenometrik baholash displaziyani aniq baholab, baholashda kuzatiladigan xatoliklar ulushini kamaytiradi, kasallikni erta tashxislash va davo usullarini erta qo‘llab davolash samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bir bolani chanoq-son bo‘g‘imini qo‘shimcha (aksial) rentgen tasvir qilish zarurati bo‘lmasligi byujdet harakatlaridan 47 000 so‘m mablag‘ni tejab qolish imkonini beradi. Bo‘g‘im holatini aniq baholab davolash zaruratini bo‘lmasligini va 10 nafar bemordan 470 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: chanoq-son bo‘g‘imini rentgenometrik to‘g‘ri baholab davolashga zarurat yo‘qligi va ortopedik kuzatuvga olish byujdet hisobidan bir bola uchun 560 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi.