Xamidova Farida Muinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ontogenez va patologiya sharoitida o‘pkaning hujayra va to‘qimalari hamkorligida tug‘ma va orttirilgan immunitetning shakllanishi», 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib592.
Ilmiy maslahatchilar: Blinova Sof`ya Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daurexanov Asatay Mametovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ontogenezda va patologik sharoitda tug‘ma va orttirilgan immunitetni shakllantirish jarayonida o‘pkada hujayra va to‘qimalar munosabatlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prenatal va postnatal ontogenezda o‘pkaning boshqaruv tuzilmalari o‘rtasidagi morfofunksional bog‘liqlik hamda tajriba sharoitida pnevmoniya rivojlanishi dinamikasida mukotsiliar klirens komponentlarni o‘rni isbotlangan;
birinchi marta tug‘ma va orttirilgan immunitetning tarkibiy qismlari va inson o‘pkasining endokrin tuzilmalari (apudotsitlar va neyroepitelial tanachalar) o‘rtasida prenatal ontogenezning turli bosqichlarida va tug‘ilishdan keyin morfofunksional o‘zgarishlar o‘rni isbotlangan;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarda pnevmoniyani tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanib, hujayraviy immunitetning oshishi va bir vaqtning o‘zida o‘pkaning endokrin apparati funksional faolligini pasayishi, proliferativ faollikning turli yosh guruhlari har xil darajasi, anti-apoptotik omil Bcl-2ifodasi darajasining pasayishi isbotlangan;
birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromining turli shakllarida tajriba sharoitida immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosda samaradorligini tahlil qilish uchun kompleks yondashuv, nazorat guruhiga nisbatan CD3 ko‘proq darajada va CD20ning kamroq darajada ifodalanishining pasayishi, Bcl-2ifodasining oshishi, apudotsitlar va neyroepitelial sonining kamayishining o‘rni isbotlangan;
bronxoektaziyada apudotsitlar va neyroepitelial tanachalar sonining ko‘payishi, o‘pkada surunkali yallig‘lanish sharoitida immunitet komponentlari etishmovchiligining morfologik belgilari o‘rni va ahamiyati isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yildagi 24 avgustdagi 44-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 15 avgustdagi 9495-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: prenatal va postnatal ontogenezda o‘pkaning boshqaruv tuzilmalari o‘rtasidagi morfofunksional bog‘liqlik hamda tajriba sharoitida pnevmoniya rivojlanishi dinamikasida mukotsiliar klirens komponentlarni o‘rni isbotlangani Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (17.03.2023 y.; № 4/1-T), Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi Patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (20.03.2023 y.; № 17) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha (16.03.2023 y.; № 10) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash tartibi pul`monologiyada birinchi marta tug‘ma va orttirilgan immunitet komponentlari va prenatal va postnatal ontogenezda o‘pkaning boshqaruv tuzilmalari o‘rtasidagi morfofunksional ko‘rsatkichlarining o‘rni va axamiyati asoslangan va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi baholangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: prenatal va postnatal ontogenezda o‘pkaning boshqaruv tuzilmalari o‘rtasidagi morfofunksional bog‘liqlik javob reaksiyasining holatini bashorat qilish orqali sarf xarajatlarga byudjetdan tashqari mablag‘larini 118000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: o‘pkaning boshqaruv tuzilmalari o‘rtasidagi morfofunksional bog‘liqlik javob reaksiyasining holatini bashoratlash va tashxislash uchun sarf xarajatlarni qisqartirib, 1 ta tashxis hisobiga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘larni 118000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta tug‘ma va orttirilgan immunitetning tarkibiy qismlari va inson o‘pkasining endokrin tuzilmalari (apudotsitlar va neyroepitelial tanachalar) o‘rtasida prenatal ontogenezning turli bosqichlarida va tug‘ilishdan keyin morfofunksional o‘zgarishlar o‘rni isbotlangani Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (17.03.2023 y.; № 4/1-T), Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi Patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (20.03.2023 y.; № 17) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha (16.03.2023 y.; № 10) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash taktikasi birinchi marta eksperimental pnevmoniya rivojlanish dinamikasida mukotsiliar klirens komponentlari, o‘pkaning immun va boshqaruv tuzilmalari o‘rtasida morfofunksional munosabatlar mavjudligi inobatga olgan tartibida yangi tug‘ilgan chaqoloqlarda kasallikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: birinchi marta tug‘ma va orttirilgan immunitetning tarkibiy qismlari va inson o‘pkasining endokrin tuzilmalari, ya’ni apudotsit va neyroepitelial tanachalar o‘rtasida prenatal ontogenezning turli bosqichlarida va tug‘ilishdan keyin morfofunksional o‘zgarishlarini baholash uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 118000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Xulosa: o‘pkaning boshqaruv tuzilmalari o‘rtasidagi morfofunksional bog‘liqlik javob reaksiyasining holatini bashoratlash va tashxislashga sarf xarajatlarni qisqartirib, 1 ta tashxis hisobiga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘larni 118000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarda pnevmoniyani tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanib, hujayraviy immunitetning oshishi va bir vaqtning o‘zida o‘pkaning endokrin apparati funksional faolligini pasayishi, proliferativ faollikning turli yosh guruhlari har xil darajasi, anti-apoptotik omil Bcl-2 ifodasi darajasining pasayishi isbotlangani Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (17.03.2023 y.; № 4/1-T), Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi Patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (20.03.2023 y.; № 17) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha (16.03.2023 y.; № 10) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash tratibi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarda pnevmoniyani tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanish natijasida, hujayraviy immunitetning oshishi va bir vaqtning o‘zida o‘pkaning endokrin apparati funksional faolligini pasayishi, proliferativ faollikning turli yosh guruhlari har xil darajasi, anti-apoptotik omil Bcl-2 o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxsilash hamda pul`monologlar shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarda pnevmoniyani tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanib tashxislash uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarda pnevmoniyani tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanib, 1 ta tashxis hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromining turli shakllarida tajriba sharoitida immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosda samaradorligini tahlil qilish uchun kompleks yondashuv, nazorat guruhiga nisbatan CD3 ko‘proq darajada va CD20ning kamroq darajada ifodalanishining pasayishi, Bcl-2ifodasining oshishi, apudotsitlar va neyroepitelial sonining kamayishining o‘rni isbotlangani Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (17.03.2023 y.; № 4/1-T), Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi Patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (20.03.2023 y.; № 17) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha (16.03.2023 y.; № 10) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash tartibi birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromining turli shakllarida tajriba sharoitida immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosda samaradorligini tahlil qilish uchun kompleks yondashuv, nazorat guruhiga nisbatan CD3 ko‘proq darajada va CD20ning kamroq darajada ifodalanishining pasayishi, Bcl-2ifodasining oshishi, apudotsitlar va neyroepitelial sonining kamayishining o‘rni isbotlangan, bemorlar hayot sifatining pasayishi, nogironlikning oldini olishga qaratilganligini ko‘rsatib o‘tilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromining turli shakllarida tajriba sharoitida immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosda samaradorligini tahlil qilish uchun kompleks yondashuv, nazorat guruhiga nisbatan CD3 ko‘proq darajada va CD20ning kamroq darajada ifodalanishining pasayishi, Bcl-2ifodasining oshishi, apudotsitlar va neyroepitelial sonining kamayishining o‘rnini isbotlash imkonini bergan. Xulosa: birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromining turli shakllarida tajriba sharoitida immunogistokimyoviy tadqiqotlar asosda samaradorligini tahlil qilish uchun kompleks yondashuv, nazorat guruhiga nisbatan CD3 ko‘proq darajada va CD20ning kamroq darajada ifodalanishining pasayishi, Bcl-2ifodasining oshishi, apudotsitlar va neyroepitelial sonining kamayishining o‘rni isbotlanib, 1 ta tashxis hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 118000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: bronxoektaziyada apudotsitlar va neyroepitelial tanachalar sonining ko‘payishi, o‘pkada surunkali yallig‘lanish sharoitida immunitet komponentlari etishmovchiligining morfologik belgilari o‘rni va ahamiyati isbotlangani Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (17.03.2023 y.; № 4/1-T), Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi Patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (20.03.2023 y.; № 17) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha (16.03.2023 y.; № 10) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan baholash va tashxislash tartibi bronxoektaziyada apudotsit va neyroepitelial tanachalar sonining ortishini ko‘rsatish bilan birgalikda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pkasida yuzaga keladigan surunkali yallig‘lanish sharoitida immunitet komponentlari etishmovchiligining morfologik ko‘rsatkichlarini baholash morfologik tashxislash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: bronxoektaziyada apudotsit va neyroepitelial tanachalar sonining ko‘payishi, o‘pkada surunkali yallig‘lanish sharoitida immunitet komponentlari etishmovchiligining morfologik belgilarini baholash orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni 118000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: o‘pkaning boshqaruv tuzilmalari o‘rtasidagi morfofunksional bog‘liqlik javob reaksiyasining holatini bashoratlash va tashxislashga sarf xarajatlarni qisqartirib, 1 ta tashxis hisobiga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘larni 118000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.