Jumanov Ziyadulla Eshmamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiq arid zona sharoitida o‘lim vaqtini aniqlash», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib457.
Ilmiy maslahatchi: Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ruziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Vavilov Aleksey Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Eshboev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Karaganda tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiq arid zonaning turli harorat sharoitida qon yo‘qotish va asfiktik holatlar tanatogenezini hisobga olgan holda, o‘lim vaqtini aniqlashga doir qo‘shimcha mezonlar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiq arid zonaning turli harorat sharoitida qon yo‘qotish va asfiktik o‘limdan so‘nggi davrning turli muddatlarida, murda o‘zgarishlari shakllanishi, dinamikasi, mushaklar supravital reaksiyalari, shuningdek, bosh miya, yurak va jigar tuzilmalaridagi autolitik jarayonning o‘ziga xos jihatlari va dinamikasiga asoslanib, o‘lim vaqtini aniqlash yuzasidan qo‘shimcha mezonlar ishlab chiqilgan;
issiq arid zonaning turli harorati sharoitlariga muvofiq, qon yo‘qotish va mexanik asfiksiya holatlari tanatogenezidan kelib chiqqan holda murda dog‘lari, sovushi, qotishi, qurishi va chirishi jarayonlari hamda mushaklar supravital reaksiyalarining shakllanishi va rivojlanishi dinamikasining o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
massiv qon yo‘qotishdan so‘ng issiq arid zona yuqori harorat sharoitida, o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlariga nisbatan, murda dog‘lari, qurish, qotish va chirish jarayonlari 1,5-2,0 marotabagacha tezlashishi va sovushi sekinlashishi, mexanik asfiksiyada esa yuqori haroratda, o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlariga nisbatan, murda dog‘lari, qotish va chirish jarayonlari rivojlanishi 2,5-3,0 marotabagacha tezlashishi va sovush jarayoni shu nisbatda sekinlashishi asoslagan;
issiq arid zonaning turli harorat sharoitlarida qon yo‘qotish va mexanik asfiksiya oqibatidagi o‘limdan so‘nggi davrda bosh miya, miokard va jigar to‘qimalari hamda qon tomirlar tuzilmalaridagi autolitik jarayonlar shakllanishi dinamikasining morfologik ko‘rinishilari va morfometrik ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos jihatlari va ularning yuqori namlikli iqlimning o‘rtacha harorat sharoitlaridagi ko‘rsatkichlari orasidagi farq tafovutlari aniqlangan;
issiq arid zonaning turli harorat sharoitlarida murda o‘zgarishlari, mushaklar supravital reaksiyalari hamda bosh miya va ichki organlar tuzilmalaridagi autolitik o‘zgarishlar dinamikasiga tayanib, qon yo‘qotish va asfiktik holatlarda o‘lim vaqtini postmortal davrning 72-76 soati (3 sutka) gacha vaqt davomida ishonchli tarzda aniqlash imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yildagi 24 avgustdagi 47-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 7 avgustdagi 9376-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: issiq arid zonaning turli harorat sharoitida qon yo‘qotish va asfiktik o‘limdan so‘nggi davrning turli muddatlarida, murda o‘zgarishlari shakllanishi, dinamikasi, mushaklar supravital reaksiyalari, shuningdek, bosh miya, yurak va jigar tuzilmalaridagi autolitik jarayonning o‘ziga xos jihatlari va dinamikasiga asoslanib, o‘lim vaqtini aniqlashga doir qo‘shimcha mezonlar ishlab chiqilgani O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (16.08.2023 y.;№ 059/AF/2023) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan algoritm va uslublarning ekspertlik amaliyotiga joriy etilishi natijasida, issiq arid zona sharoitida o‘lim vaqtini doir ekspertiza xulosalarining sifati oshirilgan va ularning ishonchliligi hamda asoslanishi va ob’ektivligi ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan sud tibbiy tekshiruv uslublari qo‘llanilganda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazilishi talab etilmasligi natijasida tadqiqotga talab etiladigan vaqt 8-10 kundan 3,5-4 kungacha qisqarish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (ananaviy usulning o‘rtacha narxi 570000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi esa 275000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 2-2,5 barobar qisqartirib, 1 holat hisobiga byudjet mablag‘larini 295000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: issiq arid zonaning turli harorati sharoitlariga muvofiq, qon yo‘qotish va mexanik asfiksiya holatlari tanatogenezidan kelib chiqqan holda, murda dog‘lari, sovushi, qotishi, qurishi va chirishi jarayonlari hamda mushaklar supravital reaksiyalarining shakllanishi va rivojlanishi dinamikasining o‘ziga xos jihatlari aniqlangani O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (16.08.2023 y.; № 059/AF/2023) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalarining ekspertlik amaliyotiga joriy etilishi natijasida issiq arid zona tashqi muhitining har xil harorat sharoitlarida qon yo‘qotish va mexanik asfiksiya oqibatida vafot etgan shaxslar o‘lim vaqtini ishonchli tarzda aniqlash imkonini bergan. Bundan tashqari, qon yo‘qotish oqibatidagi o‘limdan so‘ng, mexanik asfiksiya tufayli sodir bo‘lgan o‘limga nisbatan, qurish va sovush jarayonlarining rivojlanishi 1,0-2,0 marotaba tezlashadi, murda dog‘larining paydo bo‘lishi va rivojlanish vaqti shuncha marotaba kamayayishi asoslab berilgan. Bu esa o‘z navbatida, ekspertiza xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yoki takroriy ekspertizalar o‘tkazishning oldi olingan, ya’ni ijro muddatini keskin qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan sud tibbiy tekshiruv uslublari qo‘llanilganda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish va vrach mutaxassislar maslaxatlari olinishi talab etilmasligi natijasida tadqiqotga talab etiladigan vaqt 5-6 kundan 2±0,2 kungacha qisqarish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (ananaviy usulning o‘rtacha narxi 472000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi esa 235000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 2-2,5 barobar qisqartirib, 1 holat hisobiga byudjet mablag‘larini 237000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: massiv qon yo‘qotishdan so‘ng issiq arid zona yuqori harorat sharoitida, o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlariga nisbatan, murda dog‘lari, qurish, qotish va chirish jarayonlari 1,5-2,0 marotabagacha tezlashishi va sovushi sekinlashishi hamda mexanik asfiksiyada esa yuqori haroratda, o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlariga nisbatan, murda dog‘lari, qotish va chirish jarayonlari rivojlanishi 2,5-3,0 marotabagacha tezlashishi va sovush jarayoni shu nisbatda sekinlashishi asoslagani O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (16.08.2023 y.; № 059/AF/2023) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalarining ekspertlik amaliyotiga joriy etilishi natijasida issiq arid zona yuqori harorat sharoitida, o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlariga nisbatan, murda dog‘lari, qurish, qotish va chirish jarayonlari 1,5-2,0 marotabagacha tezlashishi va sovushi sekinlashishi, mexanik asfiksiyada esa yuqori haroratda, o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlariga nisbatan, murda dog‘lari, qotish va chirish jarayonlari rivojlanishi 2,5-3,0 marotabagacha tezlashishi va sovush jarayoni shu nisbatda sekinlashishi asoslab berilgan. Bu esa o‘z navbatida, ekspertiza xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yoki takroriy ekspertizalar o‘tkazishning oldini olgan, ya’ni ijro muddatini keskin qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan sud tibbiy tekshiruv uslublari qo‘llanilganda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazilishi talab etilmasligi natijasida tadqiqotga talab etiladigan vaqt 4-5 kundan 2,0-2,5 kungacha tavsiya etilgan sud tibbiy tekshiruv uslublarini amalga oshirish uchun 2±0,1 kun talab qilinadi, an’anaviy tarzda tekshiruv o‘tkazishda esa 4-5 kun qisqarish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (ananaviy usulning o‘rtacha narxi 250000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi esa 125000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 2,0-2,5 barobar qisqartirib, 1 holat hisobiga byudjet mablag‘larini 125000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: issiq arid zonaning turli harorat sharoitlarida qon yo‘qotish va mexanik asfiksiya oqibatidagi o‘limdan so‘nggi davrda bosh miya, miokard va jigar to‘qimalari hamda qon tomirlar tuzilmalaridagi autolitik jarayonlar shakllanishi dinamikasining morfologik ko‘rinishilari va morfometrik ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos jihatlari va ularning yuqori namlikli iqlimning o‘rtacha harorat sharoitlaridagi ko‘rsatkichlari orasidagi farq tafovutlari aniqlangani O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (16.08.2023 y.; № 059/AF/2023) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalarining ekspertlik amaliyotiga joriy etilishi natijasida issiq arid zona tashqi muhitining har xil harorat sharoitlarida qon yo‘qotish va mexanik asfiksiya oqibatida vafot etgan shaxslarda bosh miya, miokard va jigar to‘qimalari hamda qon tomirlar tuzilmalaridagi autolitik jarayonlar shakllanishi dinamikasining morfologik ko‘rinishilari va morfometrik ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos jihatlari va ularning yuqori namlikli iqlimning o‘rtacha harorat sharoitlaridagi ko‘rsatkichlariga nisbatan, farq tofavutlari har ikkala o‘lim holatida o‘lim vaqtini ishonchli tarzda aniqlash imkon bergan. Bundan tashqari, qon yo‘qotish oqibatidagi o‘limdan so‘ng, mexanik asfiksiya tufayli sodir bo‘lgan o‘limga nisbatan, qurish va sovush jarayonlarining rivojlanishi tezlashishi, murda dog‘larining paydo bo‘lishi va rivojlanish vaqti kamayishi asoslangan. Bu esa o‘z navbatida, ekspertiza xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yoki takroriy ekspertizalar o‘tkazishning oldini olgan, sud tibbiy ekspertiza tekshiruvlarining muddatini keskin qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan uslublarga ko‘ra vafot etgan shaxslar jasadini qo‘shimcha tekshirish va mutaxassislar maslahatlari zarurati yo‘qligi natijasida sud tibbiy ekspertiza tekshiruvini amalga oshirish vaqti 6±0,5 kundan 2,2±0,3 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (ananaviy usulning o‘rtacha narxi 478000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi esa 238500 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 2-2,5 barobar qisqartirib, 1 holat hisobiga byudjet mablag‘larini 239500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: issiq arid zonaning turli harorat sharoitlarida murda o‘zgarishlari, mushaklar supravital reaksiyalari hamda bosh miya va ichki organlar tuzilmalaridagi autolitik o‘zgarishlar dinamikasi asosida, qon yo‘qotish va asfiktik holatlarda o‘lim vaqtini postmortal davrning 72-76 soat (3 sutka) davomida ishonchli tarzda aniqlash imkoniyatlari asoslangani O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (16.08.2023 y.; № 059/AF/2023) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bo‘yicha qon yo‘qotish va mexanik asfiksiya holatlaridan o‘limdan keyingi 42-48 soatgacha bo‘lgan davrda bosh miya, uzunchoq miya, miokard va jigar to‘qimalari va qon tomir tuzilmalarida autolitik jarayonlarning vaqt davomidagi dinamikasi o‘lim vaqtini 1,0±0,3 soat oralig‘ida ishonchli aniqlash imkonini beradi va 48-52 soatdan 72-76 soatgacha bo‘lgan davrda 3,0 ± 1,0 soat oralig‘ida o‘lim vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Issiq arid sharoitida o‘lim vaqtini aniqlash yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, ekspertlik amaliyotiga joriy etilishi natijasida, ekspertiza xulosalarining ob’ektivligi va ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Bu esa o‘z navbatida, sud-tergov jarayoni ishtirokchilarining e’tirozlarini bartaraf etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan algoritm va uslublarga ko‘ravafot etgan shaxslar jasadlarini qo‘shimcha tekshirish hamda ish materiallari ma’lumotlarini o‘rganishzarurati yo‘qligi natijasida sud tibbiy tekshiruvni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan vaqt 5-6±0,5 kundan 2,5±0,3 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (ananaviy usulning o‘rtacha narxi 530000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi esa 200000-265000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan usul yordamida ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 1,5-2 baravar qisqartirib, har 1 holat hisobiga byudjet mablag‘larini 265000-330000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.