Ajimamatov Xalilulla Tashtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlarda oqmali qizilo‘ngach atreziyasini davolash taktikasini belgilash va tashkil qilishga zamonaviy yondashuv», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib2003.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi DSc.04/01.02.2022.tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibullo Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Akmal Abadbekovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chaqaloqlarda oqmali qizilo‘ngach atreziyasini davolash taktikasini belgilash va tashkil qilishga zamonaviy yondashuvlarni tanlash orqali xirurgik davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublika neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazi va AVBKTTM yangi tug‘ilgan chaqaloqlar xirurgiyasi bo‘limi misolida klinik materiallarni umumlashtirish orqali chaqaloqlar orasida qizilo‘ngach atreziyasi turli anatomik shakllarining Respublika hududlari bo‘yicha tarqalish darajasi aniqlangan;
chaqloqlar va ular onalarining klinik-anamnestik xususiyatlari va vizualizatsiya usullari asosida qizilo‘ngach atreziyasi rivojlanishining prenatal xavf omillari o‘rganilgan va mazkur nuqsonning boshqa tug‘ma nuqsonlar tarkibida uchrash darajasi aniqlangan;
qizilo‘ngach atreziyasining oqmali shakli bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda hamrox keluvchi nuqsonlar va somatik kasalliklarni inobatga olgan holda maqbul davolash taktikasi ishlab chiqilgan;
ilk bor qizilo‘ngach atreziyasi aniqlangan chaqaloqlarda operatsiyadan keyingi asoratlanish va letallikning prognostik omillari asosida xirurgik davolash usullarining klinik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti 2023 yil 27 iyundagi 06/18 sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yildagi 24 iyundagi 06/3475 sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tayanch muassasa sifatida respublika perinatal markazi, hududiy muassasa sifatida Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi misolida ishlab chiqilgan “Tug‘ma nuqsonlarni nazorat qilish bo‘yicha sifat registri” nomli elektron platforma yordamida klinik materiallarni umumlashtirish orqali chaqaloqlar orasida qizilo‘ngach atreziyasini boshqa tug‘ma nuqsonlar tarkibida, shuningdek uning turli anatomik shakllarining Respublika hududlari bo‘yicha tarqalish darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2023 y.; №10), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.02.2023 y.; №16) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: respublika hududlari bo‘yicha QA ning umumiy umumiy uchrash diapazoni xar 10000 tirik tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan 0,08 dan 1,61 gachani tashkil qildi, o‘rtacha prevalentligi 10000 chaqaloqqa 0,62 ni tashkil qilishi yoki 1:16129 nisbatda uchrashi aniqlangan. Xazm tizimi rivojlanish nuqsonlari bilan tug‘ilgan chaqaloqlar tarkibida qizilo‘ngach atreziyasining umumiy xissasi 17,5% ni, uning oqmali shakli esa 90,6% ni tashkil qiladi. Mintaqaviy xususiyatardan kelib chiqib, ko‘p hollarda QA yurak tug‘ma nuqsonlari (57,2%) va xazm trakti tug‘ma nuqsonlari (21,6%) bilan birga uchraydi. Ushbu bolalarning 56% Apgar shkalasiga ko‘ra past (7 balldan kam) ball bilan, shuningdek ularning 24,1% muddatidan oldin dunyoga kelishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neonatal xirurgiya bo‘limlarida nuqsonni qayd qilib boruvchi ma’lumotlar bazasi asosida tug‘ma nuqsonlarni nazorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan sifat registri va elektron platforma chaqaloqlarda qizilo‘ngach atreziyasining ante- va postnatal tashxislash mezonlari, standartlashtirilgan tekshiruv bo‘yicha yondashuvlarni belgilash, qizilo‘ngach atreziyasining anatomik shakllariga bog‘liq ravishda operativ davolashga aniq ko‘rsatmalarni belgilash imkonini yaratish bilan birga hududlarda tug‘ruqqa ko‘maklashuvchi va bolalar davolash-profilaktika muassasalarida nuqsonni qayd qilib boruvchi monitoring dasturlari, ma’lumotlar bazalarini o‘z ichiga oluvchi yagona tizimni joriy qilinishi tug‘ma nuqsonlar bo‘yicha real ma’lumotlarni olish, ushbu nuqson bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni yo‘naltirish va davolash usullarini takomillashtish imkoniyatini yaratadi. Xulosa: neonatal xirurgiya bo‘limlarida nuqsonni qayd qilib boruvchi ma’lumotlarni raqamlashtirish natijasida chop etiluvchi ma’lumot manbaalarning qisqarishi, ularni rasmiylashtirishga ketadigan vaqtni tejash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tadqiqot natijasida Respublikaning barcha hududlaridan olingan ma’lumotlar jamlanmasi asosida katta ma’lumotlar bazasida tug‘ma rivojlanish nuqsonlari klinik va epidemiologik tavsifini o‘rganish va boshqa tadqiqotlar bilan taqqoslash, shuningdek, ilk bor tug‘ma rivojlanish nuqsonlari monitoringi va diagnostikasi asosida chaqaloqlarda qizilo‘ngach atreziyasining demografik ko‘rsatkichlarga ko‘ra nisbiy xavfni baholash imkoniyati paydo bo‘lgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2023 y.; №10), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.02.2023 y.; №16) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ma rivojlanish nuqsonlari, xususan qizilo‘ngach atreziyasi bo‘yicha epidemiologik tadqiqotlar o‘tkazish ushbu nuqsonlarni territorial va demogrfik xususiyatlariga ko‘ra tarqalishini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, qizilo‘ngach atreziyasining uchrash darajasining xatar omillarini baholash, uning dinamikasini o‘rganish profilaktik chora-tadbirlar va tibbiy yordam xajmini tanlash uchun imkon yaratadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida qizilo‘ngach atreziyasini tashxislashda umumiy qabul qilingan antenatal belgilar triadasidan tashqari ahamiyatli bo‘lgan xatar omillari bo‘lib homiladorlikni to‘xtatish xavfini keltirib chiqaruvchi feto-platsentar etishmovchilik, homila ichi rivojlanishining tutilishi, onadagi kamqonlik, yuqori nafas va siydik ajratuv tizimi infeksiyalari ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chaqloqlar va ular onalarining klinik-anamnestik xususiyatlari va vizualizatsiya usullari asosida qizilo‘ngach atreziyasi rivojlanishining prenatal xavf omillarini erta aniqlash ushbu nuqson bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni rejali, maxsus transportirovka qilish, jarroxlik amaliyotini erta amalga oshirish imkonini beradi, davolash va intensiv terapiya uchun ketadigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga zamin yaratadi. Qizilo‘ngach atreziyasi rivojlanishining prenatal xavf omillari xomiladorlik davrida oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan UTT orqali aniqlanadi, ushbu belgilarni exografik tashxislash maxsus ko‘nikma talab qilmaydi va akusher-ginekologlar, bolalar jarroxlari yoki neonatologlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Xulosa: qizilo‘ngach atreziyasi mavjud homilasi bor ayollarning homiladorligi kechishidagi ayrim o‘ziga xos xususiyatlar tug‘ilajak chaqaloqlar uchun klinik markerlarni, shuningdek poligidroamnion, homila oshqozonining kichik o‘lchamda ekanligi yoki umuman vizualizatsiyalanmasligi va qizilo‘ngach proksimal segmentining kengayishi kabi xatar omillarini oddiy ultratovush tekshiruvi orqali anetenatal skriningini o‘tkazish homiladorlikni to‘xtatish xavfini keltirib chiqaruvchi feto-platsentar etishmovchilik, homila ichi rivojlanishining tutilishi belgilarini aniqlash bilan birga, qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilish xavfini erta aniqlash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach atreziyasi bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyadan keyingi davrda choklar noturg‘unligi, yiringli-septik asoratlar, qizilo‘ngach stenozi, oqmalar rekanalizatsiyasi kabi asoratlar va letallik ko‘rsatkichlarni kamaytirish, qizilo‘ngachni saqlab qolishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri anastomoz qo‘yish usullarini takomillashtirish orqali xayot sifatini yaxshilovchi operatsiya texnikasi taklif qilingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2023 y.; №10), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.02.2023 y.; №16) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: QA tashxislangan chaqaloqlarda taklif qilinayotgan taktik va texnik yondoshuvlar operatsiyadan keyingi erta asoratlarni 25,3% dan 6,7% gacha, operatsiya bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini 2,5 martagacha kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni baholash uchun diagnostik usulni (tibbiy texnologiyani -TT) tanlash imkonini beruvchi va arzon, biroq samaraliroq bo‘lishi yoki uning afzalliklari qo‘shimcha xarajatlarni oqlashi kabi bir nechta talablarga javob beradigan usul bo‘yicha taxlil qilndi. Taxlil usulining mohiyati, qo‘shimcha ma’lumotlargan ega bo‘lish uchun sarflangan xarajatlar “qiymat/samaradorlik” nisbatini aniqlashdan iborat (masalan, yil davomida nechta xayotning saqlab qolinishi, kasallik asoratlarini kamaytirish soni va h.). Qizilo‘ngach atreziyasini an’anaviy usulda bartaraf etish uchun har bir bemorga kutilayotgan sarf-xarajatlar o‘rtacha 620 000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 482 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajatlarni 0,5 martaga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: mazkur tadqiqot doirasida qizilo‘ngach atreziyasi aniqlangan chaqaloqlarda xirurgik davolashning texnik jixatlarini takomillashtirish orqali ezofago-ezofagoanastomoz o‘rnatish usuli taklif qilingan bo‘lib, ushbu yondoshuvlar operatsiyadan keyingi erta asoratlar va operatsiya bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkoniyatini bergan. Qizilo‘ngach atreziyasida qo‘llanilishi taklif qilinayotgan ushbu usulda operatsiyadan keyingi o‘lim ko‘rsatkichi an’anaviy usulga nisbatan 2,5 martaga kamayishiga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi yashovchanlikka ta’sir qiluvchi omillarni istisno qilgan holda, faqatgina xirurgik taktikaga bog‘liq ravishda qizilo‘ngach atreziyasi bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan chaqaloqlarning bir haftalik, 30 kunlik va 60 kunlik yashovchanligi va letallik ko‘rsatkichi Kaplan-Meyer egriligi va Mantel-Koksning prognostik modeli yordamida taxlil qilindi. Kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi omillarni (hamkor tug‘ma nuqsonlar, yurak tug‘ma nuqsoni va h.) istisno qilgan holda qizilo‘ngach atreziyasi bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan chaqaloqlarda yashovchanlik sezilarli ravishda ortganligi isbotlangan, bu esa bu bemor bolalar toifasida qo‘llanilgan zamonaviy jarrohlik yondoshuvi va tashrixdan keyingi davrda intensiv terapiya usullari samaradorli ekanligidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2023 y.; №10), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.02.2023 y.; №16) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yashovchanlikning prognostik modeliga ko‘ra taklif qilinayotgan taktik va texnik yondoshuvlar natijasida qizilo‘ngach atreziyasi bilan operatsiya o‘tkazilgan chaqaloqlarning 30 kun ichida yashab qolishi ehtimoli 85,0% (95%CI: 24,02-28,14; χ2 – 6,889; r<0,05) ni, 60 kun ichida 87,5% (95%CI: 51,95-61,98: χ2 – 8,869; r<0,001) ni tashkil qildi va umumiy yashovchanlik ehtimolini 1,5 marta orttirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarga ko‘ra qizilo‘ngach atreziyasi aniqlangan chaqaloqlarda ezofago-ezofagoanastomoz o‘rnatishning texnik jixatlarini takomillashtirish orqali taklif qilinayotgan yondoshuvning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Tatbiq qilinayotgan usulda yashovchanlik kafolati 15 sutkaga kelib aniqlashtirilgan bo‘lsa, an’anaviy usulda 7 sutkaga kelib prognozlanadi. Agar viloyat miqyosidagi bolalar tibbiy muassasasiga ichak tutilishi belgilari bilan bir yildagi murojaatlar soni o‘rtacha 12 deb olinsa, u holda mazkur usul tatbiq qilinganidan so‘ng bir muassasa uchun jami iqtisodiy samardorlik 207 000 so‘mni tashkil qiladi. Shu bilan birga, asoratlanishlar sonining kamayishi xisobiga bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartiradi. Buning uchun davolashga ketgan xarajatlarni iqtisod qilinishi quyidagi formula yordamida xisoblandi: Ed=(Kk.kx-Kk.ku)×To‘r.×S; bu erda Ed – davolashga ketgan xarajatlar iqtisodi; Kk.kx – ana’anaviy usulda davolangan bemorlarning koyka-kuni uchun xarajatlar; Kk.ky - taklif qilingan usulda davolangan bemorlar koyka-kuni uchun xarajatlar; To‘r. – taklif qilingan usulda davolangan bemorlarning shifoxonoda o‘rtacha davolanish muddati; S – taklif qilingan usulda davolangan bemorlar soni. Bu holda xisoblashlar quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: El=(620000-482000)×20×104=287 040 000 sum. Shunday qilib, tadqiqot uchun tanlangan va taklif qilingan usulda tashxislangan bemorlarda (104 ta) davolanish uchun ketgan xarajatlar 287 040 000 so‘mga yoki har bir bemordan 2760000 so‘mga iqtisod qilindi. Bir yildagi murojaatlar soniga nisbatan esa (12 ta bemor), tatbiq masshtabi bo‘yicha jami yillik iqtisodiy samaradorlik 33 120 000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: qizilo‘ngach atreziyasi tashxislangan chaqaloqlarda xirurgik davolash natijalarining taxlili shuni ko‘rsatdiki, taklif qilinayotgan taktik va texnik yondoshuvlar operatsiyadan keyingi erta asoratlar va operatsiya bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkoniyatini beradi. Operatsiyadan oldingi munosib tayyorgarlik, operatsiyadan keyingi davrda esa hamrox keluvchi tug‘ma nuqsonlar va somatik kasalliklar va ular asoratlarini inobatga olgan holda etarli intensiv davo va parvarish choralarining ko‘rilishi QA tashxislangan chaqaloqlarda nafaqat davolash natijalarini yaxshilanishiga, balki letal oqibatlarning sezilarli kamayishiga sabab bo‘ladi. Qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqarda yashovchanlik ehtimoli va letallik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan xolda davolash taktikasini belgilash, ushbu anomaliya xirurgik davolash natijalari samaradorligini oshiradi.