Toshmatov Xasanboy Zuxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta yoshli bolalarda Ledd sindromini tashxislash va jarroxlik yo‘li bilan bartaraf qilish usullarini takomillashtirish», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1786.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Shuxrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ollabergenov Odilbek Tojiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: Ledd sindromi aniqlangan bolalarda uning anatomik shakllari va hamrox keluvchi tug‘ma nuqsonlarni inobatga olgan holda exografik tashxislash usullarini takomillashtirish orqali jarroxlik usuli bilan davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tug‘ma rivojlanish nuqsonlari bo‘icha o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar asosida Ledd sindromining turli anatomik shakllarining Respublika hududlari bo‘yicha tarqalish darajasi aniqlangan;
Ledd sindromini tashxislashda tekshiruv muddatlari va hamrox anomaliyalarni inobatga olgan holda mezenterial gemodinamikaning miqdoriy va sifatiy baholash orqali eng axborotli exografik mezonlari aniqlangan;
erta yoshli bolalarda davolashning erta va kechki natijalari taxliliga asosan Ledd sindromining anatomik shakllarini inobatga olgan holda maqbul taktika va samarali xirurgik usuli asoslangan;
Ledd sindromi tashxislangan erta yoshli bolalarda davolash va reabilitatsiya bosqichlarida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar asoslangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti 2023 yil 27 iyundagi 06/19 sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yildagi 24 iyundagi 06/3476 sonli xati yuborilgan)
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tayanch muassasa sifatida Respublika perinatal markazi, hududiy muassasa sifatida Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi misolida ishlab chiqilgan “Tug‘ma nuqsonlarni nazorat qilish bo‘yicha sifat registri” nomli elektron platforma yordamida klinik materiallarni umumlashtirish orqali erta yoshli bolalar orasida ichak rotatsiyasining buzilishi va boshqa anomaliyalar tarkibida Ledd sindromining turli anatomik shakllarining Respublika hududlari bo‘yicha tarqalish darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2023 y.; №11), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.02.2023 y.; №17) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijasida Respublikaning barcha hududlaridan olingan ma’lumolar jamlanmasi asosida katta ma’lumotlar bazasida tug‘ma rivojlanish nuqsonlari klinik va epidemiologik tavsifini o‘rganish va boshqa tadqiqotlar bilan taqqoslash, shuningdek, ilk bor tug‘ma rivojlanish nuqsonlari monitoringi asosida qayd qilingan Ledd sindromining demografik ko‘rsatkichlarga ko‘ra nisbiy xavfni baholash imkoniyati paydo bo‘lgan. Xazm trakti tug‘ma nuqsonlari bilan tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklar populyatsiyasida Ledd sindromining yagona tug‘ma nuqson sifatida umumiy xissasi 62,0% ni tashkil qilgan, 38,0% bemorlarda hamroh tug‘ma nuqsonlar, ularning 27,3% ida xazm traktining ikki va undan ortiq anomaliyalari birga uchrashi aniqlangan. Ledd sindromining umumiy tarqalish ko‘rsatkichi 0,02:10000 dan 0,33:10000 gachani, o‘rtacha prevalentligi esa 0,11:10000 ni yoki 1:92022 nisbatda uchrashi aniqlangan. Ledd sindromi bilan tug‘ilishning xavf omillari bo‘lib onaning homiladorlik pariteti va chaqaloqning tana vazni xisoblanib, maksimal nisbiy xavf ko‘rsatkichi 3000 grammdan kam vaznda tug‘ilgan bolalarga hamda ilk homiladorlikdan tug‘ilgan chaqaloqlarga to‘g‘ri kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neonatal xirurgiya bo‘limlarida nuqsonni qayd qilib boruvchi ma’lumotlar bazasi asosida tug‘ma nuqsonlarni nazorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan sifat registri va elektron platforma Ledd sindromining ante- va postnatal tashxislash mezonlari, standartlashtirilgan tekshiruv bo‘yicha yondashuvlarni belgilash, ichak malrotatsiyasining anatomik shakllariga bog‘liq ravishda operativ davolashga aniq ko‘rsatmalarni belgilash imkonini yaratish bilan birga hududlarda tug‘ruqqa ko‘maklashuvchi va bolalar davolash-profilaktika muassasalarida nuqsonni qayd qilib boruvchi monitoring dasturlari, ma’lumotlar bazalarini o‘z ichiga oluvchi yagona tizimni joriy qilinishi tug‘ma nuqsonlar bo‘yicha real ma’lumotlarni olish, nuqson bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni yo‘naltirish va davolash usullarini takomillashtish imkoniyatini yaratadi. Xulosa: neonatal xirurgiya bo‘limlarida nuqsonni qayd qilib boruvchi ma’lumotlarni raqamlashtirish natijasida chop etiluvchi ma’lumot manbaalarning qisqarishi, ularni rasmiylashtirishga ketadigan vaqtni tejash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Ledd sindromini an’anaviy usulda tashxislash bemor bolaning klinik xolati va rentgenologik tekshiruv ma’lumotlariga asoslanadi. Bunda tasviriy rentgenografiya kam axborotli bo‘lib, unga ko‘ra kasallikni ishonchli tashxislash imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun ichakning buralgan ichak soxasi va ichak tutqichining qon tomir xalqasida mezenterial qon tomirlarning mavjud exografik vizualizatsiya usullarini takomillashtirish va yangi usullarini izlash mezenterial basseynda qon aylanishning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini exodopplerografik baholash imkonini beradi. Exografik jixatdan patognomonik bo‘lgan “girdob” belgisi ushbu guruh bemor bolalarni olib borish taktikasini aniqlash bilan birga jarrohlik aralashuvining shoshilinchlik darajasini belgilashda asosiy bo‘lib xisoblanadi, ichak tutqichi qon tomirlarida qon aylanishining saqlanganligi esa bemorlarni operatsiyadan oldin tayyorlashni rejalashtirish imkoniyatini belgilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2023 y.; №11), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.02.2023 y.; №17) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ultratovushli sonografiya usuli Ledd sindromida ichak buralishining mavjudligi va uning darajasini tezkor tashxislash imkonini beradi va operatsiya oldi tayyorgarlik muddati, tezkor operatsiya bajarilishi xisobiga bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni baholash uchun diagnostik usulni (tibbiy texnologiyani -TT) tanlash imkonini beruvchi va arzon, biroq samaraliroq bo‘lishi yoki uning afzalliklari qo‘shimcha xarajatlarni oqlashi kabi bir nechta talablarga javob beradigan usul bo‘yicha taxlil qilndi. Taxlil usulining mohiyati, qo‘shimcha ma’lumotlargan ega bo‘lish uchun sarflangan xarajatlar “qiymat/samaradorlik” nisbatini aniqlashdan iborat (masalan, yil davomida nechta xayotning saqlab qolinishi, kasallik asoratlarini kamaytirish soni va h.). Xisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanildi: Qiymat/samaradorlik=(TTx ning umumiy qiymati -TTy ning umumiy qiymati)/(TTx samaradorligi-TTy samaradorligi); bu erda, TTx va TTy ning umumiy qiymati – TTx va TTy ni amalga oshirishga sarflangan pul birligidagi bevosita va bilvosita xarajatlar; TTx va TTy samaradorligi – TTx va TTy qo‘llanilishi natijasida olingan tibbiy yoki ijtimoiy samaradorlik. Ichak tutilishlarining yuqori shakllari, xususan Ledd sindromida an’anaviy usulda xazm trakti rentgenokontrast tekshiruvi uchun (qayta tekshiruvlarni inobatga olgan holda) har bir bemorga kutilayotgan sarf-xarajatlar o‘rtacha 172 000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 21 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajatlarni 6 martaga kamaytirish imkonini beradi. Ultratovush sonografiyada ichak rotatsiyasi bilan kechuvchi anomaliyalarni tashxislash imkoniyati 94,1% sezuvchanlikda aniqlansa, an’anaviy usulda 85% ni tashkil qiladi. Rentgenkontrastli tekshiruvga tayyorgarlik muddati bilan xisoblanganda an’anaviy usulda tashxisni aniqlash uchun ketgan vaqt o‘rtacha 8 soatni tashkil qilsa, ultratovushli sonografiyada ushbu muddat 1 soatga qisqaradi. Agar viloyat miqyosidagi bolalar tibbiy muassasasiga ichak tutilishi belgilari bilan bir yildagi murojaatlar soni o‘rtacha 263 deb olinsa, u holda mazkur usul tatbiq qilinganidan so‘ng bir muassasa uchun jami iqtisodiy samardorlik  5 673 173 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: Ledd sindromiga gumon qilingan bolalarda qorin bo‘shlig‘i UTS tekshiruvi 95% li aniqlik bilan tashxislash imkoniyatini beradi. UTS uchun  patognomonik belgi bo‘lib xisoblangan “girdob” belgisi 92,3% bolalarda aniqlandi va intraoperatsion davrda Ledd sindromi tasdiqlangan. Ledd sindromi gumonlangan bemor bolalarda “girdob” belgisini aniqlash bo‘yicha UTS tekshiruvining maxsusligi, sezuvchanligi, musbat va manfiy prognostik ko‘rsatkichlari mos ravishda 85,7%, 91,7%, 90,9% va 94,1% ni tashkil qilgan. Tadqiqot uchun tanlangan va taklif qilingan usulda tashxislangan bemorlarda (26 ta) davolanish uchun ketgan xarajatlar 8 808 800 so‘mga yoki har bir bemordan 338 800 so‘mga iqtisod qilingan. Bir yildagi murojaatlar soniga nisbatan esa (263 ta bemor), tatbiq masshtabi bo‘yicha jami yillik iqtisodiy samaradorlik 89 104 400 so‘mni tashkil qilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: tashxislashdagi kompleks yondoshuv Ledd sindromi va yuqori ichak tutilishining turli anatomik shakllarini aniqlash, asosiy yoki qo‘shimcha kasalliklar, yuzaga kelgan asoratlar bilan bog‘liq bo‘lgan somatik fonni inobatga olgan holda operatsiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ichak bo‘limlarining xolatiga ko‘ra radikal yoki palliativ operatsiyalar o‘tkazish imkonini beradi. Mazkur tadqiqot ishida asoratlanish ko‘rsatkichlarini Clavien-Dindo tasnifidan foydalangan holda baholash amalgan oshirildi va ushbu tasnifning bolalardagi xirurgik asoratlarni standartlashgan holda baholashdagi yaroqlilik darajasi o‘rganildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2023 y.; №11), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.02.2023 y.; №17) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ledd sindromi bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan erta yoshli bolalarda taklif qilinayotgan diagnostik va taktik yondoshuvlar Clavien–Dindo bo‘yicha III-V darajali asoratlarni 85,2% hollarda I-II darajaga ko‘tarish, operatsiyadan keyingi erta xirurgik asoratlarni 2,2 marta (31,0% dan 14,0% gacha) kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: UTS usuli Ledd sindromida ichak buralishining mavjudligi va uning darajasini tezkor tashxislash imkonini beradi va operatsiya oldi tayyorgarlik muddatini qisqartirish va tezkor operatsiya bajarilishi xisobiga bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartiradi. Buning uchun davolashga ketgan xarajatlarni iqtisod qilinishi quyidagi formula yordamida xisoblandi: Ed=(Kk.kχ-Kk.kγ)×To’r.×S; bu erda Ed – davolashga ketgan xarajatlar iqtisodi; Kk.kx – ana’anaviy usulda tashxislangan bemorlarning koyka-kuni uchun xarajatlar; Kk.ky – taklif qilingan usulda tashxislangan bemorlar koyka-kuni uchun xarajatlar; To‘r. – taklif qilingan usula tashxislangan bemorlarning shifoxonoda o‘rtacha davolanish muddati; S – taklif qilingan usulda tashxislangan bemorlar soni. Bu holda xisoblashlar quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: Ed=(108000-59600)×7×26=8 808 800 so‘m. Shunday qilib, tadqiqot uchun tanlangan va taklif qilingan usulda tashxislangan bemorlarda (26 ta) davolanish uchun ketgan xarajatlar 8 808 800 so‘mga yoki har bir bemordan 338 800 so‘mga iqtisod qilindi. Bir yildagi murojaatlar soniga nisbatan esa (263 ta bemor), tatbiq masshtabi bo‘yicha jami yillik iqtisodiy samaradorlik 89 104 400 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: Ledd sindromi yoki ichak malrotatsiyasining boshqa turlarida radikal, palliativ yoki simultan operatsiyalarga ko‘rsatmalar qorin bo‘shlig‘i a’zolari qo‘shma tug‘ma nuqsonlari va hamroh patologiyalari, hamda yuzaga kelgan asoratlarni inobatga olgan holda belgilanishi lozim. Ichak tutqichi va mezenterial qon tomirlar etarlicha kenglik va uzunlikka ega bo‘lganda 38,0% bemorlarda operatsiya tugallangan rotatsiya va appendektomiyasiz yo‘g‘on ichak fiksatsiyasi bilan yakunlanishi mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tatbiq qilingan tavsiyalar operatsiyadan keyingi erta davrda Ledd sindromi bilan operatsiya o‘tkazilgan bemorlarni olib borish taktikasi va davolash chora-tadbirlari operatsiya va og‘riqsizlantirish davomiyligi, qon ketish xajmi, ichak peristaltikasining tiklanishi va bemorlarni faollashtirish kabi ko‘rsatkichlarga asosan hayotiy muhim a’zolar funksiyasini quvvatlab turish, xazm trakti funksiyasini tiklash, suv va elektrolitlar, shuningdek, oqsil va oziq moddalarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojni qoplash, adekvat og‘riqsizlantirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.02.2023 y.; №11), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.02.2023 y.; №17) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot guruhlaridagi bemor bolalarda xirurgik davolash natijalarini baholashda asosan davolashga salbiy ta’sir qiluvchi intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrdagi omillarga asoslandik. Xirurgik davolash natijalari har ikki tadqiqot guruhida asoratlanish ko‘rsatkichi, asorat turlari va letallik darajasini taqqoslama taxlil qilish orqaldi amalga oshirildi. Ushbu tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan xulosalarga asosan eng yaxshi natijalarga erishishga qaratilgan xirurgik taktikani tanlashga imkon berdi. Xirurgik davolashning bevosita yaqin natijalarini taqqoslash jarayonida bemor bolalarning klinik va funksional xolatidan tashqari asoratlanish xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan omillarning ahamiyatlilik darajasi va mezonlarning farqlanish ko‘rsatkichlari inobatga olindi. Ledd sindromi bilan operatsiya o‘tkazilgan erta yoshli bolalarda  operatsiyadan keyingi moslashuv davrlarida kuzatiladigan omillarni erta bartaraf etish operatsiyaning travmatik omilini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi moslashuv davrida tadqiqot guruhlaridagi bemorlarda ichak peristaltikaning tiklanishi 3,1 sutkadan 1,8 sutkagacha kamaytirishga erishildi va ushbu ko‘rsatkichlar enteral oziqlantirishni boshlash uchun ko‘rsatma bo‘lib xisoblandi. Enteral oziqlantirishni boshlash esa 4,3 sutkadan 2,1 sutkagacha qisqartirishga erishildi, va uning natijasida bemorlarni erta faollashtirish, intensiv terapiya muddati, parenteral og‘iqlantirish xajmini kamaytirig imkoniyati yaratildi. Bemorlarning intensiv terapiya sharoitida bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga parenteral oziqlantirish uchun vositalarga bo‘lgan extiyoj kamaytirildi va 1 kunda o‘rtacha 158000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Ledd sindromi bilan xirurgik davolangan erta yoshli bolalarda operatsiyadan keyingi erta moslashuv davrida  intensiv terapiya va parenteral og‘iqlantirish xajmini kamaytirish imkoniyati yaratildi. Bir yildagi murojaatlar soniga nisbatan (o‘rtacha 8 nafar bemor) 1264000 so‘m, tatbiq masshtabiga ko‘ra (50 ta bemor) esa 7900000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish