Shadmanov Mirzamaxmud Alisherovich
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tibbiy ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyani tashkil etish metodikasini takomillashtirish (urologiya fani misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped537.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Baxrom, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: Mirsolieva Muxabbatxon Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Fayzullo Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraximova Lola Anvarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot ta’limida fanlararo integratsiyalashgan o‘qitish metodikasini kredit-modul tizimini joriy etish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik fanlarni o‘qitishda ta’lim dasturlarining vertikal va gorizontal integratsiyasi, ta’lim traektoriyasi hamda tizimni yaratishning ergonometrik talablari, ta’lim elementlariniga ko‘ra tibbiyot ta’limi jarayonining fanlararo integratsiyasi takomillashtirilgan;
urologik kasalliklarni oldini olish, erta tashxislash va davolashga qaratilgan kompleks tizimli chora-tadbirlar - siydik yo‘llari infeksiyasi, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi, siydik tosh kasalligi mavzularini o‘qitish jarayoni mutaxassislarning poliklinika va statsionar sharoitidagi faoliyatlariga ko‘ra optimallashtirilgan;
oilaviy shifokorlar va mutaxasislarni tayyorlashda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi tizimli, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan omillarni e’tiborga olgan holda kasbiy rivojlanishning o‘ziga xos jihatlari - vrach-bemor, ijtimoiy mehnat, vrach-bemor oilasi o‘rtasidagi munosabatlar hamda kasbiy burch va majburiyatlarga oid faoliyat turlarini baholash mezonlari asoslangan;
urologik kasalliklar orasida keng tarqalgan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi simptomlarini yig‘ma baholashning xalqaro “IPSS” savolnomasi bemorning kasbga oid xarakteristikasi, jinsiy hayot tarzi va zararli odatlariga ko‘ra optimallashtirilgan;
tibbiy klinik fanlarni zamonaviy innovatsion, interfaol ta’lim usullarini qo‘llagan holda o‘qitishda darslarni bemor demonstratsiyasi orqali (bemorning roziligi bilan) yoki simulyasion markazlarda olib borilganda talabalarning bilimlari 87-92% ga, amaliy ko‘nikmalari 85-90%ga oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit modul tizimini joriy etishda malakali mutaxassislarni, xususan urologlarni tayyorlash doirasida olingan tadqiqot natijalari asosida:
klinik fanlarni o‘qitishda ta’lim dasturlarining vertikal va gorizontal integratsiyasi, ta’lim traektoriyasi hamda tizimni yaratishning ergonometrik talablari, ta’lim elementlariniga ko‘ra tibbiyot ta’limi jarayonining fanlararo integratsiyasi takomillashtirilganligi hamda urologik kasalliklarni oldini olish, erta tashxislash va davolashga qaratilgan kompleks tizimli chora-tadbirlar - siydik yo‘llari infeksiyasi, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi, siydik tosh kasalligi mavzularini o‘qitish jarayoni mutaxassislarning poliklinika va statsionar sharoitidagi faoliyatlariga ko‘ra optimallashtirilganligiga oid takliflar “Bo‘lajak oilaviy shifokorlarni tayyorlash uchun kredit modul tizimini joriy etishda fanlararo integratsiya asosida o‘quv jarayonini tashkil etish” mavzusidagi (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2023 yil 9 yanvarda 8n-r/44-son bilan tasdiqlangan), “Urologiya fanini boshqa fanlar bilan integratsiyasini ta’minlashda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2023 yil 9 yanvarda 8n-r/42-son bilan tasdiqlangan), “Malaka oshirish tinglovchilari uchun urologiya fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2023 yil 9 yanvarda 8n-r/43-son bilan tasdiqlangan, Sog‘liqni saqlash vazirining 2023 yil 25-iyuldagi №176 “Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalarida tibbiy ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyani tashkil etish metodikasini takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Natijalar tibbiyot yo‘nalishi ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oilaviy shifokorlar va mutaxasislarni tayyorlashda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi tizimli, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan omillarni e’tiborga olgan holda kasbiy rivojlanishning o‘ziga xos jihatlari - vrach-bemor, ijtimoiy mehnat, vrach-bemor oilasi o‘rtasidagi munosabatlar hamda kasbiy burch va majburiyatlarga oid faoliyat turlarini baholash mezonlari asoslanganligiga oid takliflar sog‘liqni saqlash tizimining o‘quv va amaliy faoliyatiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘quv jarayoniga, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 6 iyundagi 08n-z/51-son ma’lumotnomasi). Natijalar kredit modul tizimini joriy etishda tibbiyot fanlari o‘qitishning o‘ziga xos hususiyatlarini inobatga olgan holda fanlararo integratsiya asosida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
urologik kasalliklar orasida keng tarqalgan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi simptomlarini yig‘ma baholashning xalqaro “IPSS” savolnomasi bemorning kasbga oid xarakteristikasi, jinsiy hayot tarzi va zararli odatlariga ko‘ra optimallashtirilganligi hamda tibbiy klinik fanlarni zamonaviy innovatsion, interfaol ta’lim usullarini qo‘llagan holda o‘qitishda darslarni bemor demonstratsiyasi orqali (bemorning roziligi bilan) yoki simulyasion markazlarda olib borilganda talabalarning bilimlari 87-92% ga, amaliy ko‘nikmalari 85-90%ga oshishi isbotlanganligiga oid takliflar sog‘liqni saqlash tizimining o‘quv va amaliy faoliyatiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘quv jarayoniga, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 6 iyundagi 08n-z/51-son ma’lumotnomasi). Natijalar nazariy, amaliy bilimlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini o‘rtacha 29,1% dan 93,7% ga oshirish imkonini bergan.