Xoldarova Indira Abdukarimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bullingning oldini olishda liderlar salohiyatidan foydalanish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4428.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Madraximova Feruza Ruzimbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabda bullingni oldini olishda pedagogik algoritmini ishlab chiqish hamda modul darslar yordamida liderlarning bilimlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bullingning kelib chiqishi va oldini olishninig pedagogik algoritmi oila hamda ta’lim muassasasining o‘zaro integratsiyasining mazmun-mohiyatini belgilovchi ma’naviy-axloqiy tushunchalarning pedagogik imkoniyatlari intellektual salohiyatni oshirish, o‘zaro munosabatlar amaliyligiga yo‘naltirilgan zamonaviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda standart va nostandart vaziyatlarda makro va mikro  muhitga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bullingni oldini olishda liderlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasining yuksalishidagi tutgan o‘rnini belgilash, holatni xolis baholash, intellektual salohiyatni oshirish, axloqiy bilim, shaxsiy-tajriba, mustaqil faoliyat, tashabbuskorlik mezonlari asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar maktabdan tashqari vaqtda bullingni oldini olishga oid ijtimoiy loyihalardagi faoliyati, ularning bilim va ko‘nikmalari ijtimoiy vaziyatlarni boshqarish, o‘z-o‘zini anglash, sog‘lom munosabat tamoyillari, sabab va oqibat tendensiyalariga davlat va nodavlat tashkilotlarining tahqirlash holatlarining oldini olishda kollaborativ hamkorligi asosida ta’limining paradigmalari va strategiyalari takomillashtirilgan;
jamoada do‘stona muhitni yaratishda “Tengdosh-tengdoshga o‘rgatadi” tamoyiliga muvofiq liderlar salohiyatidan foydalanib bullingning oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarning shakllanishiga oid empatiya, kommunikativ ko‘nikmalar, huquq va majburiyatlarni anglashga yo‘naltirilgan “Biz bullingga qarshimiz”, “Yomon tinglovchilar”, “Mening huquqlarim”, “Bizning savol”, “Bulling mening hayotimda”, “Men emas Biz”, “Xarakter”, “Mening tabiiy his tuyg‘ularim” kabi interfaol o‘yinlar, jamoaviy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan modulli o‘qitish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bullingning oldini olishda liderlar salohiyatidan foydalanish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bullingning kelib chiqishi va oldini olishninig pedagogik algoritmi oila hamda ta’lim muassasasining o‘zaro integratsiyasining mazmun-mohiyatini belgilovchi ma’naviy-axloqiy tushunchalarning pedagogik imkoniyatlari intellektual salohiyatni oshirish, o‘zaro munosabatlar amaliyligiga yo‘naltirilgan zamonaviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda standart va nostandart vaziyatlarda makro va mikro  muhitga ustuvorlik berish kabi taklif va xulosalardan “Maktabning bullingga qarshi kurash bo‘yicha Nizomi” ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasining umumta'lim maktablariga joriy etilgan (Xalq ta'limi vazirligining 2022-yil 23-dekabrdagi 06-06/1-2796-son ma'lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’li maktablarida o‘quvchilar orasida bullingni oldini olishning nazariy asoslarini ishlab chiqishga erishilgan;
bullingni oldini olishda liderlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasining yuksalishidagi tutgan o‘rnini belgilash, holatni xolis baholash, intellektual salohiyatni oshirish, axloqiy bilim, shaxsiy-tajriba, mustaqil faoliyat, tashabbuskorlik mezonlari ishlab chiqilib Yoshlar ittifoqining tizimida joriy etilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2022-yil 20-dekabrdagi 04-13/997-son ma’lumotnomasi). Natijada sinf, maktab, tuman (shahar) viloyat va respublika sardorlarining organigrammasi maqbullashtirilgan va zamonaviy yo‘nalishlar ta’lim, media, madaniyat, sport, inklyuziya asosida faoliyatini olib borishga xizmat qilgan;
o‘quvchilar maktabdan tashqari vaqtda bullingni oldini olishga oid ijtimoiy loyihalardagi faoliyati, ularning bilim va ko‘nikmalari ijtimoiy vaziyatlarni boshqarish, o‘z-o‘zini anglash, sog‘lom munosabat tamoyillari, sabab va oqibat tendensiyalariga davlat va nodavlat tashkilotlarining tahqirlash holatlarining oldini olishda kollaborativ hamkorligi asosida ta’limining paradigmalari va strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Bola huquqlari bo‘yicha vakilining 2022-yil 26-dekabrdagi 02-07/1012-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat va nodavlat tashkilotining bullingni oldini olish bo‘yicha tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
jamoada do‘stona muhitni yaratishda “Tengdosh-tengdoshga o‘rgatadi” tamoyiliga muvofiq liderlar salohiyatidan foydalanib bullingning oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarning shakllanishiga oid empatiya, kommunikativ ko‘nikmalar, huquq va majburiyatlarni anglashga yo‘naltirilgan “Biz bullingga qarshimiz”, “Yomon tinglovchilar”, “Mening huquqlarim”, “Bizning savol”, “Bulling mening hayotimda”, “Men emas Biz”, “Xarakter”, “Mening tabiiy his tuyg‘ularim” kabi interfaol o‘yinlar, jamoaviy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan modulli o‘qitish texnologiyasiga doir taklifi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Bulling profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” hamda Yoshlar forumida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida: Z avlod” loyihasining dasturini ishlab chiqishda metodik yordam sifatida xizmat qilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 26-dekabrdagi 1-15-23-4478-son ma’lumotnomasi). Natijada liderlarning bullingni oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish