Kaliev Nadjibulla Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston tarixiy me’moriy yodgorliklarini saqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish» 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/A22.
Ilmiy rahbar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSC.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: O‘rolov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Shnekeev Jumabay Kalimbetovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston tarixiy me’moriy yodgorliklarini saqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimiy Xorazmning antik davrga oid (eramizdan oldingi VII-I asrlar) inshootlarini tiklanishida tamaddunga xos barqaror me’morchilik-qurilish an’analarining shakllanganligi va o‘ziga xos xalq me’morligining Kanguy davri, Kushon davri, Afrig‘iylar davri kulolchilik va qurilish ustachilik maktablari yaratilganligi isbotlangan;
Qadimgi Xorazmda zilzilaga qarshi tadbir sifatida inshootlar asosi qum-paxsa, qum-g‘isht bilan ishlanganligi, antik mudofaa qurilmalarining zarur elementi kursi (sokol) bo‘lmaganligi, obidaning gumbazlari turli shakldagi qator elementar ravoqlar hamda yarim ravoqlardan tashkil topganligi dalillangan;
Qoraqalpog‘iston hududidagi gil xom-ashyoli tarixiy me’moriy yodgorliklarning me’morlik tarixi, ularda ishlatilgan ashyolar, arxitekturaviy tuzilishi, aniq o‘lchamlari, tarixiy fotosuratlari, qurilish usullari, qurilmalari va obidalarining bugungi kundagi holati bo‘yicha “Ma’lumotlar bazasi”  yaratilgan;
vohada zardushtiylik dini ta’siri ostida rejalashtirilgan qal’alar arxitekturasi va rejaviy echimida ibodatxonalar muhim o‘ringa ega bo‘lganligi, ularning markazida muqaddas olov doimo yonib turishi uchun otashdonlar, yon taraflarida esa supachalar, ibodat qiluvchilar uchun diniy marosimlar o‘tkazish xonalaridan iboratligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘ison me’moriy yodgorliklarini saqlash va ta’mirlash metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Qadimiy Xorazmning antik davrga oid (eramizdan oldingi VII-I asrlar) inshootlarini tiklanishida tamaddunga xos barqaror me’morchilik-qurilish an’analarining shakllanganligi va o‘ziga xos xalq me’morligining Kanguy davri, Kushon davri, Afrig‘iylar davri kulolchilik va qurilish ustachilik maktablari yaratilganligi hamda Qadimgi Xorazmda zilzilaga qarshi tadbir sifatida inshootlar asosi qum-paxsa, qum-g‘isht bilan ishlanganligi, antik mudofaa qurilmalarining zarur elementi kursi (sokol) bo‘lmaganligi, obidaning gumbazlari turli shakldagi qator elementar ravoqlar hamda yarim ravoqlardan tashkil topganligi bo‘yicha taklif loyihalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-GOO1 raqamli fundamental loyihaning «Qoraqalpog‘iston jahon madaniyati kontekstida. Amudaryoning qo‘yi tomonidagi shaharlar va shahar madaniyatining tarixiy istiqbollari» qismini bajarishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2020 yil 17 sentyabrdagi 178/1-son ma’lumotnomasi va 2020 yil 17 sentyabrdagi dalolatnomasi). Olingan ilmiy natijalarning qo‘llanilishi xalqaro sayyohlik yo‘nalishiga kiritilgan noyob me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va saqlab qolish usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston hududidagi gil xom-ashyoli tarixiy me’moriy yodgorliklarning me’morlik tarixi, ularda ishlatilgan ashyolar, arxitekturaviy tuzilishi, aniq o‘lchamlari, tarixiy fotosuratlari, qurilish usullari, qurilmalari va obidalarining bugungi kundagi holati bo‘yicha “Ma’lumotlar bazasi”  yaratilganligi hamda vohada zardushtiylik dini ta’siri ostida rejalashtirilgan qal’alar arxitekturasi va rejaviy echimida ibodatxonalar muhim o‘ringa ega bo‘lganligi, ularning markazida muqaddas olov doimo yonib turishi uchun otashdonlar, yon taraflarida esa supachalar, ibodat qiluvchilar uchun diniy marosimlar o‘tkazish xonalaridan iboratligi bo‘yicha taklif loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-GOO1 raqamli fundamental loyihaning «Qoraqalpog‘iston jahon madaniyati kontekstida. Amudaryoning qo‘yi tomonidagi shaharlar va shahar madaniyatining tarixiy istiqbollari» qismini bajarishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2020 yil 17 sentyabrdagi 178/1-son ma’lumotnomasi va 2020 yil 17 sentyabrdagi dalolatnomasi). Ilmiy tavsiyalarning qo‘llanilishi me’moriy obidalarning badiiy ko‘rinishi va ularning turg‘unlik holatini uzaytirish imkoniyatini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish