Sayt test rejimida ishlamoqda

Qayumov Hasan Yusuf o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Eksperimental pankreatitda uglevodlar gidrolizi va so‘rilishi», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/V783.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Lyubov Salijanovna. biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Shaxmurova Gulnara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Gaibov Ulug‘bek Gapparovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim flavonoidlarning o‘tkir pankreatitda uglevodlar gidrolizi va so‘rilishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir pankreatitda me’da osti bezi to‘qimasida α-amilaza faolligining oshishi, gemotsirkulyatsiyada esa α-amilaza, proteazalar, triglitseridlipaza va ishqoriy fosfatazalar faolligining oshishi aniqlangan;
ilk bor Rt, DGK va Tm larning o‘tkir pankreatitda ingichka ichak ximusi va shilliq qavatdagi karbogidrazalar faolligi ingibirlanishiga profilaktik ta’siri ko‘rsatilgan;
L-argininli pankreatitda ingichka ichak bo‘shlig‘idan qonga kraxmal, maltoza, saxaroza, laktoza va glyukoza eritmalaridan glyukoza so‘rilishining ingibirlanishi ilk bor eksperimental isbotlangan;
ilk bor DGK, Pl va Tm flavonoidlar o‘tkir pankreatitning patogeneziga profilaktik ta’sir etishi isbotlangan;
me’da osti bezi atsinuslarning shishishi, yallig‘lanishi, vakuolizatsiyasi va nekroziga Rt va DGK- kuchli, Tm - sezilarli, Pl esa zaif profilaktik ta’sir ko‘rsatishi ilk bor aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir pankreatitda uglevodlarning assimilyatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkir pankreatitda rutin va digidrokversetin kalamushlar qon zardobidagi giperglikemiya, giperamilazemiya va giperxolesterinemiyaga profilaktik ta’sirining fiziologik mexanizmlaridan OT-F6-2-raqamli «Kalamushlar bosh miya mitoxondriyalari bilan ayrim polifenollar asosida bo‘lgan supramolekulyar komplekslarning o‘zaro ta’sirlarining biokimyoviy mexanizmlarini tekshirish» mavzusidagi fundamental loyihada supramolekulyar komplekslarning neyrodegenerativ xossalarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi № 89-05-103-sonli ma’lumotnomasi). Natijada flavonoidlar asosida yaratilgan supramolekulyar komplekslar mitoxondrial buzilishlarni korreksiyalash imkonini bergan;
Pulikaron preparati bilan bo‘shliq gidrolizi, membrana gidrolizi va so‘rilishini me’yorlashtirish bo‘yicha natijalari FA-A11-T040 raqamli «Pulicaria gnaphaloides» o‘simligi komponentlaridan antioksidant «Pulikaron» dori vositasini yaratish» ilmiy loyihasida Pulikaron ovqat hazm qilish motorika ko‘rsatkichlari disfunksiyasini me’yorlashtirish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 19 sentyabrdagi № 4/1255–2293–sonli ma’lumotnomasi). Natijada pulikaron preparati me’da-ichak yo‘lining motorikasi disfunksiyalariga repressiv ta’sir etish imkonini bergan;
o‘tkir pankreatitda uglevodlarning bo‘shliq va membrana gidrolizining hamda glyukozaning so‘rilishi repressiyalanishi bo‘yicha natijalari Pridnestrov’e davlat universitetining «Adaptivnie perestroyki pishhevaritel`noy sistemi v razlichnix usloviyax funksionirovaniya i razrabotka differensirovannix podxodov k ratsional`nomu pitaniyu» loyhasida giperglikemiya sharoitida uglevodlar assimilyatsiyasining qonuniyatlarini solishtirma tahlil qilish uchun foydalanilgan (Pridnestrove davlat universitetining 2022 yil 28 sentyabrdagi №100 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar stress chaqirgan giperglikemiya sharoitida ingichka ichakda disaxaridazalar faolligi dinamikasidagi qonuniyatlarni aniqlash va uglevod gomeostazini siljishlarini oldini olish usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish