Sayt test rejimida ishlamoqda

Ernazarov Zafarjon Mamurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ayrim izoxinolin alkaloidlari va ularning kon’yugatini mitoxondriya funksiyasiga ta’siri hamda ularning antistress xossalari», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B539.
Ilmiy rahbar: Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Kabul Erkinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Urmanova Gulbaxor Urinbaevna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: digidrokversetin, ayrim izoxinolin alkaloidlari va DKV-11 kon’yugatini jigar mitoxondriyasi funksional holatiga ta’sirini aniqlash hamda ularning antistress xossalarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
DGK flavonoidi, izoxinolin alkalodlari va DKV-11 kon’yugati jigar mPTPning Ca2+-ga bog‘liq ochilishini ingibirlashi hamda mitoKATF-kanaliga faollovchi ta’iri aniqlangan;
in vitro tajribalarda mitoxondriya membranasi LPOda kislorod sarfi ortishini DGK va DKV-11 kon’yugati me’yoriy darajaga keltirganligi aniqlangan;
organizmning PbCl2 intoksikatsiyasi bilan bog‘liq OS sharoitida DGK va DKV-11 kon’yugati jigar mPTPni ingibirlashi hamda mitoKATF-kanalini faollashtirishi aniqlangan;
PbCl2 intoksikatsiyasiga bog‘liq OS sharoitida DGK va DKV-11 kon’yugati jigar mitoxondriyasi membranalarida Fe2+/sitratga bog‘liq LPOni ingibirlashi hamda OF samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
DGK va ayrim izoxinolin alkaloidlari hamda DKV-11 kon’yugatini OS sharoitida jigar mitoxondriyasi disfunksiyasini korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
1,2,3,4-tetragidroizoxinolin hosilalari va DGK flavonoidi asosida sintez qilingan birikmalarning antistress xossalari bo‘yicha natijalardan MUK-2021-42 raqamli «Bir vaqtning o‘zida analgetik va mahalliy anestetik faolligi bo‘lgan, yangi antiaritmik preparatni yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada 1-aril-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin qatori tuzilishga ega moddalarni sintez qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 27 yanvardagi №4/1255-194 – son ma’lumotnomasi). Natijada membrana faol birikmalarni yangi vakillarini sintez qilish imkonini bergan;
DGK flavonoidi, F - 18 izoxinolin alkaloidi va ular asosida olingan DKV - 11 kon’yugatni kalamush jigar mitoxondriyasini funksional holatiga ta’siri bo‘yicha natijalardan «The project of Medical Center at Training & Research Institute - Jeramba Ilmu Sukses» loyihasida yangi antistress xossaga ega moddalarni tanlab olishda foydalanilgan (University of Gothenburg Research Center of Molecular and Clinical medicine, Sweden 2022 yil 21 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada izoxinolin alkaloidlari asosida mitoprotektor va sitoprotektor dori vositalar yaratishda yangicha yondashuvni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish